Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Davlat byudjetining xarajatlari



Download 5,22 Mb.
bet55/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

3. Davlat byudjetining xarajatlari
Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bо‘lgan byudjetning kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, unga tegishli bо‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi.
Shu bilan birgalikda avlat byudjetining xarajatlari bir butunning о‘ziga xos qismi bо‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni dshakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yо‘naltirilayotgan byudjet mablag‘larining harakatidan iborat.
Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning aniq turlari orqali namoyon bо‘ladi. Byudjet xarajatlari aniq turlarining xilma-xilligi esa, о‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag‘larining namoyon bо‘lish shakllari va xokazo
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga kо‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular о‘zlarining iqtisodiy mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha va ma’lum maqsadlariga kо‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga kо‘ra davlat byudjetining xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bо‘linadi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yо‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mо‘ljallangan xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar;
v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bо‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
d) Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish idoralari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yо‘naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida kо‘rsatiladigan, davlat tomonidan qо‘llab - quvvatlash bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga kо‘ra davlat byudjetining xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xо‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab - quvvatlash xarajatlariga bо‘linadi.
Bu xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bо‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab - quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bо‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq.
Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mо‘ljallangan. Bunda Davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni tо‘liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi.
Shu bilan birgalikda, byudjet mablag‘larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi о‘rtasidagi farqlarni qoplash, kо‘p bolali va kam ta’minlangan oila-larga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bо‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bо‘yicha guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyot (xо‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bо‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va xokazo xarajatlariga bо‘linishi mumkin.
Byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyot (xо‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bо‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xо‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yо‘nalishga о‘zgartiradi.
Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning о‘zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (mashinasozlik, qishloq xо‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) keng kо‘lamlarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy yо‘nalishi bо‘yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni о‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish