Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet53/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Davlat byudjetining daromadlari о‘z manbalariga kо‘ra quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
- soliqli daromadlar;
- soliqsiz daromadlar;
- tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda о‘tkaziladigan pul mablag‘lari.
Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj tо‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar vayig‘imlar tо‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tо‘langan soliq va yig‘imlardan sо‘ng);
- byudjet tashkilotlari tomonidan kо‘rsatilgan tо‘lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar tо‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tо‘langan soliq va yig‘imlardan sо‘ng);
- fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qо‘llash natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon tо‘lashlar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bо‘yicha olingan mablag‘lar hamda majburiy undirilgan boshqa mablag‘lar;
- moliyaviy yordam kо‘rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);
- boshqa soliqsiz daromadlar.
Tushumlarning quyidagi kо‘rinishlari ham byudjet daromadlarining tarkibida hisobga olinishi mumkin:
- davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa kо‘rinishda olinadigan mablag‘lar;
- kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjet mablag‘larining qoldig‘i bо‘yicha foizlar kо‘rinishida olinadigan mablag‘lar;
- davlat mulkiga tegishli bо‘lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;
- qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;
- davlatga qisman tegishli bо‘lgan xо‘jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bо‘yicha dividendlarga tо‘g‘ri keladigan foyda kо‘rinishidagi daromadlar;
- davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig‘imlar tо‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tо‘langan soliq va yig‘imlardan sо‘ng);
- davlatga tegishli bо‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda kо‘zda tutilgan boshqa daromadlar.
Byudjetning daromadlar qismini tо‘ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi byudjetning daromadlarida о‘z ifodasini topishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda о‘tkazilayotgan mablag‘lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiyalanadi:
1. Tо‘g‘ri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq tо‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq tо‘lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxs-larning daromadidan olinadigan qat’iy soliqlar kiradi.
2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qо‘shilgan qiymat solig‘i; aksizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj tо‘lovi; transport vositalari uchun benzin, dizelь yoqilg‘isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan iborat.
3. Resurs tо‘lovlari va mol-mulk solig‘i. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va tо‘lovlar mol-mulk solig‘i; er solig‘i; er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni о‘z ichiga oladi.
4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
5. Boshqa daromadlar.
О‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga kо‘ra davlat byudjetining daromadlari ikki guruhga bо‘linishi mumkin:
- xо‘jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan daromadlar;
- aholidan tushumlar.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish