Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Davlat byudjetining daromadlari



Download 5,22 Mb.
bet52/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2. Davlat byudjetining daromadlari
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bо‘lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bо‘lgan daromadlar va jamg‘armalarning bir qismini byudjetga о‘tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bо‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, tо‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratil-gan (ishlab chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini kо‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat byudjetida mablag‘larni yig‘ish miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi.
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:
- soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;
- soliqlar ularni tо‘lovchilar о‘rtasida teng taqsimlanmog‘i lozim;
- soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir kо‘rsatmasligi;
- soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
- davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bо‘lishi lozim;
- soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak;
-sub’ektlarning mustaqil faoliyat kо‘rsatishiga sharoit yaratish. YA’ni, sub’ektlarga tegishli bо‘lgan mablag‘larning bir qismini davlat byudjetiga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatmasligi kerak. Chegaradan о‘tib ketilganda sub’ektlarning mustaqilligini yо‘qotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning о‘sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi;
- sub’ektlarning xatti - harakati va intilishiga bog‘liq bо‘lmagan holda vujudga kelgan daromadlarning tо‘liq yoki qisman byudjetga olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga о‘tishi kerak. Bu prinsipning ta’siri ostiga sub’ektlar ma’muriyatining notо‘g‘ri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan daromadlar ham kiritilmog‘i lozim;
- ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu prinsip davlat byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag‘lari hisobidan tashkil etishda qо‘llanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi va bir vaqtning о‘zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning manfaatlarini ta’minlaydi;
- byudjet mexanizmining rag‘batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. Mablag‘larni sub’ektlar ixtiyorida byudjetga о‘tkazilishi ularning samarali faoliyat kо‘rsatishga rag‘batlantirishi kerak. Bunda maqsad faqat davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu yо‘l bilan korxonada faoliyat kо‘rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular faoliyatining sifat kо‘rsatkichlariga tо‘lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir;
-byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu prinsip byudjet daromadlarini aholi mablag‘lari hisobidan shakllantirishda qо‘llanilib, uning natijasida aholi daromadlari darajasiga bog‘liq ravishda bir qismi byudjetga о‘tkaziladi.
Davlat byudjetining daromadlari о‘zlarining manbalari, ijtimoiy -iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va tо‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish