Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy о‘rin egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali davlatning qо‘lida katta hajmdagi moliyaviy resurslar tо‘planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor yо‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi.
Ustuvor yо‘nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirili-shi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida byudjet assignova-niyalarining hajmi oshiriladi. Boshqa hollarda esa, о‘sha sektorlardan mablag‘larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi.
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham о‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bо‘lsa, uning paydo bо‘lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalash-tirishsiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Faoliyat kо‘rsatayotgan sub’ektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’siri ostida ayrim sub’ektlarning о‘z moliyaviy resurslari ularning sog‘lom faoliyat kо‘rsatishi uchun etarli bо‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida davlat byudjetidan mablag‘lari sub’ektlarning о‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan sо‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi.
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi kо‘rinishda bо‘lishi mumkin:
-moliyaviy resurslarga bо‘lgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
-moliyaviy resurslarga bо‘lgan qо‘shimcha ehtiyojni mavjud byud-jet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga о‘tkazish yо‘li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim sub’ektlarning о‘zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni tо‘liq о‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;
-qо‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning о‘z-о‘zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning о‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |