Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet50/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bо‘linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi:

  1. taqsimlash;

  2. nazorat.

Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bо‘ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol kо‘rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. SHuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatga ega bо‘lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi.
Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag‘lari (byudjetga tо‘lovlar) milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bо‘linadi va kо‘p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yо‘naltiriladi.
Aholining byudjetga tо‘lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga ega. Ularning byudjetga turli soliqlar kо‘rinishida kelib tushishi ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlar tomonidan turli kо‘rinishdagi soliqlarning byudjetga tо‘lanishi ham bu mablag‘larning kо‘p sonli taqsimlash bosqichlaridan о‘tishini taqozo etadi. Chunki juda kо‘p hollarda bu mablag‘lar ancha oldinroq byudjet yordamida taqsimlanish bosqichidan о‘tib, ijtimoiy sohaga byudjet assigno-vaniyalari shaklida etib borgan bо‘ladi.
Demak, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar kо‘lamining, pul oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining ikkinchi xususiyati bо‘lib hisoblanadi. Byudjet yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning kattagina qismini taqsimlab, turli maqsadlarga mо‘ljallangan kо‘p sonli fondlarni shakllantiradi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bо‘linmalari be-vosita yoki bilvosita bog‘langandir.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy ob’ekti bо‘lib jamiyatning sof daromadi (qо‘shilgan qiymat solig‘i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylikning boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Byudjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, byudjet mexanizmi orqali xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar о‘rtasida ham mablag‘lar qayta taqsimlanishi mumkin.
Byudjet kanallari bо‘yicha qiymatning jamg‘arish va iste’mol fondlari tomon harakati sodir bо‘ladi. Iqtisodiyotga xarajatlarning ma’lum bir qismi, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlarning asosiy qismi byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlatning moddiy rezervlari о‘sgan qismining hammasi ham byudjetdan tо‘liq moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning asosiy manbai bо‘lib xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi. Byudjet orqali taqsimlash jarayoni kо‘p bosqichda amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, byudjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) sodir bо‘ladi.
Uning uchinchi bosqichi (byudjetdan moliyalashtirish) iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning bо‘linmalarini qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning ayrim elementlari byudjet orqali kо‘p martalab ham taqsimlanishi mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug‘urta fondiga tо‘lovlari byudjetli taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi byudjetdan moliyalashtirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan о‘tib, ular yana ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar shaklida byudjetga kelib tushadi.
Shunday qilib, davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning kо‘p martaligi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon bо‘ladi. Jamiyat iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, san’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalanadi. Faqat davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning ana shunday xilma - xil shakllari va metodlari taqdim etilgan.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bо‘linmalarida ahvolning qandayligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi.
Mablag‘larning byudjetga kelib tushishi, byudjet assignovaniyalarining yо‘nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste’moldagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklarning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bо‘layotgan taqsimlash jarayonlarining tо‘g‘riligi va о‘z vaqtidaligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar tо‘g‘risida gо‘yo signal berib turadi.
Milliy iqtisodiyotning istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti bilan bо‘ladigan о‘zaro munosabatlarga - soliqlarda, tо‘lovlarga, byudjetdan moliyalashtirish hajmlariga, byudjet assignovaniyalarini о‘zlashtirishda va hokazolarga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Demak, byudjet orqali rejadan og‘ish tufayli tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproporsiyalar, jamg‘armalarning hajmi, mablag‘larni о‘zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi о‘zgarishlar yaqqol kо‘rinib turadi. Bularning barchasi davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, о‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli bо‘lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda bо‘ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, о‘z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli bо‘lgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki bо‘lganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi.
Nazorat funksiyasining ob’ektiv ravishda byudjetga xosligi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlatning huquqiy asosga egaligini taqozo etadi. Shuning uchun ham byudjet nazorati eng ta’sirchan va samarali sanaladi. Davlat bunday nazoratni amalga oshira borib, sub’ektlarning moliyaviy faoliyatiga tezkor ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qо‘llashi mumkin.
Ob’ektiv ravishda byudjetga xos bо‘lgan nazorat funksiyasi faoliyatning barcha sohalarida davlat tomonidan keng qо‘llaniladi. Byudjetni rejalashtirish jarayonlarida va uni ijro etishda sub’ektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni kо‘zda tutadi:
1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag‘larini jalb qilish;
2) mablag‘larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
3) moliyaviy (byudjet) mexanizm orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish.
Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ifoda etib, byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda о‘zini namoyon etadi.
Byudjetning taqsimlash va nazorat funksiyalari о‘z harakatlari davomida miqdoriy va sifat tomonlarga egadir.
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning hajmiga tegishli hisoblanadi. Bunda turli fondlarning nisbatlari, ular о‘rtasidagi proporsiyalar, ularning miqdoriy parametrlarini tо‘g‘ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu erda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar byudjetning taqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki kamaytirish yо‘li bilan uni kо‘zlangan darajaga etkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga imkon beradi.
Taqsimlashning sifat tomoni byudjetning sub’ektlar faoliyatiga har tomonlama faol ta’sir kо‘rsatadi va о‘zida chuqur aloqalarni ifodalaydi. Byudjetdan moliyalash-tirishdan tо‘g‘ri foydalangan holda fondlarning shakllantirilishi byudjet mablag‘larini iqtisod qilib, ulardan samarali foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, sub’ektning barcha bо‘linmalarida samaradorlikni oshirishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Bunga byudjetning taqsimlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bо‘ysundirilganda emas, balki u sifat kо‘rsatkichlariga ham bog‘langandagina erishilishi mumkin. Bunda byudjetning nazorat funksiyasi ham о‘z yо‘nalishini biroz о‘zgartiradi: u faqat fondlarning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi tо‘g‘risida emas, balki ana shu nomuvofiq-liklar sifat kо‘rsatkichlariga ham ta’sir kо‘rsatganligi tо‘g‘risida signal beradi.
Davlat byudjetining ikkala funksiyasidan foydalanish nati-jasida byudjet mexanizmi vujudga keladi. Byudjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qо‘lida akkumulyatsiya qilish va ularni byudjet kanallari bо‘yicha taqsimlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi.
Bu mexanizmning detallari juda kо‘p: soliqlar va byudjetga tо‘lovlar, byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllari, mablag‘larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shular jumlasidandir. Byudjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli bо‘lgan detallarning о‘zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish