Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Byudjet deffitsiti va uni moliyalashtirish



Download 5,22 Mb.
bet58/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

4. Byudjet deffitsiti va uni moliyalashtirish
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog‘lom (normal) faoliyat kо‘rsatishi unga tegishli bо‘lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bо‘lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bо‘lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi.
Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan kо‘p bо‘lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan kо‘proq bо‘ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan kо‘p bо‘lishiga byudjet defitsiti deyiladi.
Boshqa hollar teng bо‘lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
- iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
- favqulodda hodisalarning mavjudligi;
- iqtisodiyotdagi krizisli holatlar, uning emirilishi;
- moliya-kredit aloqalarining etarli darajada samarali emasligi;
- hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada nazorat qilolmasligi;
- ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
- tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nisbatan kamligi;
- byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)-ning oqilona emasligi;
- mamlakat miqyosida mavjud bо‘lmagan mablag‘lar hisobidan yashashga intilish;
- yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotining mavjudligi;
- harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
- real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;
- davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga rag‘batlantiruvchi sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bо‘lmagan byudjet mexanizmining mavjudligi;
- boshqa sabablar.
Byudjet defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:
- byudjet defitsitining mavjudligini matematik yо‘l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i о‘rniga “kasalligi” kuchayadi;
- byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajat-lardan kо‘pligi sog‘lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bо‘lishi mumkin:
- byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy mahsulotining 2-3 foizidan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini kо‘rish kerak;
- byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog‘ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuv-chi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak;
- byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning о‘zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun kо‘zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffa-qiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bо‘lgan chora - tadbirlarning eng asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- byudjet xarajatlarining (mablag‘larining) investi-sion yо‘nalishini о‘zgartirish, ularni eng kо‘p samara beradigan yо‘nalishlarga yо‘naltirish;
- xо‘jalik yuritishning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
- davlatdan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam kо‘rsatishni keskin kamaytirish;
- harbiy xarajatlarni qisqartirish;
- eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni tо‘xtatib turish;
- Markaziy bankning qarzlarni davlat qimmatbaho qog‘ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishini taqiqlab qо‘yish;
- xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
- va boshqalar.
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir.
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bо‘lib, hukumat oldida qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarishi bо‘yicha kafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bо‘lib, ular bо‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bо‘yicha ham kafolatchi sifatida hukumatning о‘z milliy valyutasida ifodalangan qarziy majburiyatlari paydo bо‘ladi.
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bо‘lib, ular bо‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bо‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarziy majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag‘larning asosiy turlari bо‘yicha navbatdagi moliyaviy yilga mо‘ljallangan byudjet tо‘g‘risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan, albatta tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarziy majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bо‘lish qabul qilingan:

  1. ichki manbalar;

  2. tashqi manbalar.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
- mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
- mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqa-rish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
- davlat mulkiga tegishli bо‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
- davlat zaxiralari va rezervlar bо‘yicha daromadlarning xarajatlardan о‘sgan qismi summasi;
- byudjet mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraq-laridagi mablag‘lar qoldig‘ining о‘zgarishi;
- va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
- mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
- xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bо‘yicha majburiyatlarni qо‘shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi.
Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan tо‘liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bо‘yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bо‘lishi mumkin:
- qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
- mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqa-rish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
- mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish tо‘g‘risidagi shartnomalar;
- о‘tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini о‘zgartirish tо‘g‘risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
-va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari о‘zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), о‘rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bо‘lishi mumkin. Ular zayomning aniq shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, tо‘lov muddatlari, foiz tо‘lovlarining miqdori, muomala muddatlarini о‘zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
- hukumatning davlatni qimmatbaho qog‘ozlari bо‘yicha qarzining asosiy nominal summasi;
- hukumatga taqdim etilgan kreditlar bо‘yicha asosiy qarzning hajmi;
- mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bо‘yicha majburiyatlar hajmi;
- va boshqalar.
О‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
- xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bо‘yicha majburiyatlar hajmi;
- xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bо‘yicha asosiy qarz hajmidan iborat bо‘ladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish