Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet222/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

D

Davlat byudjeti – davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlash-tirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo’lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag’lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funktsiyalari 1) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish; 3) davlatning ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul mablag’larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.


Davlat byudjeti tuzilmasi – respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining Respublika byudjetini hamda tumanlar va respublikaga (Qoraqalpog’istonga) bo’ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga olsa, viloyat byudjeti esa viloyat byudjetini, tumanlar va viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. O’z navbatida, tumanlarga bo’linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iboratdir. Tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi.

Davlat byudjeti daromadlari – davlat byudjetiga jalb qilinadigan soliqli va nosoliqli mablag’lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’lari. O’z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig’imlar, bojlar, shuningdek majburiy to’lovlar hamda soliq bo’lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.


Davlat byudjeti xarajatlari - davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari funktsiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’lari. Tarkibi quyidagilardan iborat: 1) byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari; 5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish - davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag’ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag’larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti mablag’larini byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlash - 1) quyi byudjetlarga yuqori byudjetlardan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari berish; 2) byudjet ijrosi jarayonida paydo bo’lgan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni yuqori byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek, quyi byudjetdan yuqori byudjetga yo’naltirish; 3) byudjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika byudjetidan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar doirasida ajratilishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda paydo bo’ladigan daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi vaqtinchalik xazinaviy uzilish naqd pul aylanishi, yuqori byudjetlarga beriladigan byudjet ssudalari, foydalanilmagan byudjet mablag’lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida, viloyatlar va Tashkent shahri byudjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika byudjetiga o’tkazishi mumkin.
Davlat boji – yuridik ahamiyatga ega bo’lgan harakatlarni sodir etganligi yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan tegishli hujjatlari berilganligi uchun olinadigan majburiy to’lov. Turli instantsiyalardagi sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir etilganligi, fuqarolik holati aktining davlat qaydidan o’tkazilganligi va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujjatlarning xarakteriga bog’liq.
Davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi. Bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Bunda davlat qarz oluvchi sifatida maydonga chiqadi.
Davlat ichki qarzlari – davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat qarzlarining (zayomlarining) butun summasi.
Davlat maqsadli fondlari – Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushish normalari va shartlari, shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo’ljallangan pul fondlari. Aholiga taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlarning ko’lamini kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo’shimcha resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning maqsadidir. Bu fondlar Pensiya fondi, Respublika yo’l fondi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus fondi (hisob varag’i), Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat fondidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni (etishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo’yicha respublika byudjetiga to’liq yoki qisman olib qo’yilishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazorati - davlat byudjeti va nobyudjet fondlar, soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul hisob-kitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida qonunchilikka rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi.
Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish – aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish - aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi.
Davlat tomonidan (ichki va xorijdan) mablag’ jalb qilish – quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xarajatlari o’rtasida tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni to’g’rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) byudjet defitsitini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog’ozlari; 2) kreditlar (qisqa, o’rta va uzoq muddatli); 3) O’zbekiston Respublikasining kafolatlari; 4) byudjet daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko’payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat valyuta monopoliyasi - valyuta boyliklari (valyutaviy boyliklar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki operatsiyalarni amalga oshirishni ma’lum organlar, korxonalar, firmalar zimmasiga o’tkazishga ruxsat berish, valyutaviy mablag’lardan foydalanish tartibini belgilash bo’yicha davlatning tanho huquqi. Valyuta operatsiyalarini reglamentatsiya (tartibga solib turish) qilishni, valyutaviy mablag’lardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishni va ularning qo’llanilish samaradorligini oshirish bo’yicha choralar ko’rishni taqoza etadi.
Daromadlar to’g’risida deklaratsiya – o’tgan davr mobaynida olingan daromadlar, mulklar va ularga tegishli bo’lgan soliq chegirmalari hamda imtiyozlari to’g’risida soliq to’lovchining rasmiy arizasi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda asosiy moliyaviy hujjat bo’lib, ulardan olinadigan daromad solig’ining hajmini aniqlash uchun fuqarolarning daromadlari unda qayd etiladi.
Daromad solig’ining shedulyar shakli - daromadning manbaini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedullarga) bo’linishini taqoza etadi. Dastlab, Buyuk Britaniya soliq tizimida qabul qilingan. Unga ko’ra har bir shedul o’ziga xos tarzda soliqqa tortiladi. Bunday tartib daromadni o’zining manbai oldida “tutish”ni maqsad qilib qo’yadi. Mamlakatda bu sohada oltita shedul amal qilib, ularning ayrimlari yana ichki taqsimlanishga ham ega. Masalan, “A” shedul o’z tarkibiga mulkdan olinadigan daromadlarni (erga mulkchilikdan, bino va inshootlarga egalikdan, uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni), “V” shedul tijoriy maqsadlar uchun foydalaniladigan o’rmon massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat qimmatbaho qog’ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigaen daromadlarni (bu shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko’p turlari kirganligi uchun uning o’zi yana olti qismga bo’linadi), “E” shedul ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlarini va nihoyat, “F” shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to’lanadigan dividentlar va boshqa to’lovlarni o’z ichiga oladi.
Daromad solig’i bo’yicha jarimalar – ushbu soliq to’lanmaganda, noto’liq to’langanda yoki to’lash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko’rsatishdan iborat. O’z vaqtida ushlab qolinmagan, noto’liq ushlangan yoki tegishli byudjetga o’tkazilmagan soliq summalari jismoniy shaxslarga daromad to’laydigan korxona, tashkilot va muassasalardan undirishga mo’ljallangan summaning 10% hajmidagi jarimani birgalikda qo’shib, soliq organlari tomonidan so’zsiz undirib olinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan o’tgan jismoniy shaxslardan soliq o’z vaqtida tegishli byudjetga o’tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to’lov muddatidan keyingi kundan boshlab to’langan kungacha (bu kun ham qo’shiladi) 0,5% miqdorida penya undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
Daromadiy (daromadli) soliqqa tortish – daromadlarning olinish vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
Daromadlardan olinadigan soliq – foyda solig’idan tashqari aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog’izlar bo’yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividentlar va foizlardan, kazinolar, videosalonlarning daromadlaridan, o’yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o’tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to’lanadi.
Dividentlar – taqsimlashga mo’ljallangan aktsionerlarning sof foydasi (daromadi); aktsionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aktsiya uchun aktsionerlarga ma’lum davrdan so’ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to’lanadigan daromad.
Dotatsiya – davlat byudjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag’lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.
Dempingga qarshi bojxona bojlari - mahsulotni chiqarayotgan mamlakatdagi tovarlarning qiymatidan shu tovarlar olib kirilayotgan mamlakatda shu tovarlarning bahosi past bo’lsa, bu narsa mamlakat o’z ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish xavfini tug’dirsa yoki shunga o’xshash tovarlarni mamlakat doirasida ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yishi mumkin bo’lsa joriy etiladi.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish