I
Ikki marta soliqqa tortish – 1) soliqlarni daromad (kapital)ning yagona manbaidan olinishi; 2) qo’shma korxona xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o’tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xuddi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi; 3) sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) va undan to’lanadigan dividentlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to’langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish yo’li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979 yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konventsiya ishlab chiqilgan bo’lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan o’rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko’ra qo’shma korxona xorijiy ishtirokchisi o’z foydasini xorijga o’tkazayotgan paytda qo’shimcha soliqdan ozod qilinadi.
Investitsiyalar – yuridik jihatdan mustaqil bo’lgan korxonaga uzoq muddat (bir yildan kam bo’lmagan) davomida qo’shimcha foyda olish, ta’sir etish doirasini sotib olish maqsadlarida yoki shu sohada o’z faoliyatini tashkil qilgandan ko’ra uni shunday qo’yish (sarf etish) afzalroq bo’lganligi uchun kapitalni joylashtirish. Foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida pul mablag’lari, maqsadli bank omonatlari, aktsiyalar va boshqa qimatbaho qig’ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, boshqa har xil mulklar yoki mulkiy huquqlar hamda intellektual boyliklarni tadbirkorlik va faoliyatning boshqa turlari ob’ektlariga qo’yilishining barchasi investitsiyalar hisoblanadi. Investitsiyalarning moliyaviy, real, yalpi, sof, xususiy va davlat kabi turlari bo’lishi mumkin.
Investitsion soliq krediti – soliq to’lovchi tomonidan ma’lum bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha juda muhim buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan yengillik, imtiyoz (soliq to’lovining kechiktirilishi). Bu kredit soliq to’lovchi va mahalliy ma’muriyat o’rtasida tuziladigan soliq bitimi bilan rasmiylashtiriladi. Investitsion soliq kreditini taqdim etish (berish), rasmiylashtirish va qaytarish tartibi “Investitsion soliq krediti to’g’risida”gi qonunga muvofiq belgilanadi.
Investor – 1) o’z, qarziy va jalb qilingan mablag’larni investitsiyalar shaklida joylashtirishni amalga oshiruvchi va ularning maqsadli foydalanilishini ta’minlovchi investitsion faoliyat sub’ekti; 2) qimmatbaho qig’ozlarni sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Imtiyoz – ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to’liq) ozod etish, ma’lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega bo’lish, masalan, soliq imtiyoziga.
Ish faolligi solig’i - bir necha xorijiy mamlakatlarning (masalan, AQSHda) soliqqa tortish amaliyotida qo’llanilib, o’z tarkibiga ikki elementni oladi: 1) korxonaning umumiy yillik oborotni soliqqa tortish (odatda 1,0%dan 2,5% gacha); 2) ish haqi fondini soliqqa tortish.
Ish haqi solig’i – yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.
Import-eksport solig’i – soliqqa tortishning ko’rinishlaridan biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa tortish ob’ekti bo’lib belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og’irlik va miqdor birliklarida ifodalangan tovarlarning soni hisoblanadi.
Iste’mol solig’i – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy byudjetlarga borib tushadi.
Ijtimoiy soliqlar – ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo’llaniladigan soliqlar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ijtimoiy ta’minotga badallaridan (ajratmalaridan) tarkib topadi.
Imtiyozli soliqqa tortish – jismoniy yoki yuridik shaxslarni soliqlardan to’liq yoki qisman ozod etish.
Ijara haqi – ijara sharoitida (sharti bilan) taqdim etilgan mulk uchun to’lovning turi. Asosiy fondlarning alohida ob’ektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda (qismlarda) mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |