Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet220/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag’ ajratish ko’zda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar – a) ijtimoiy: ijtimoiy sug’urta fondi; pensiya fondi; bandlik fondi; majburiy tibbiyot sug’urtasi fondi, b) noijtimoiy: yo’l fondi; ekologiya va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo’lib, ularning barchasi byudjet tizimida konsolida-tsiyalanadi.
Byudjet tuzilmasi – byudjet tizimi tuzilishini tashkil etish va printsiplarini, uning tarkibiy tuzilmasini, ular alohida bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan aniqlanadi. O’zbekston Respublikasining byudjet tuzilmasi a) Davlat byudjeti; b) respublika byudjeti hamda v) Qorqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respu-blikaga (Qoraqalpog’istonga) bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini, viloyatning byudjeti viloyat byudjetini va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini, tumanlarga bo’linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetini, tumanga bo’ysunuvchi shag’arlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tumanga bo’ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi.
Byudjet tizimi – turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va ularni tuzish printsiplarini, byudjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlarni ifodalaydi. Mamlakatning butun hududida amal qiladigan, iqtisodiy munosabatlar va yuridik normalarga asoslangan barcha byudjetlarning majmui. Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.
Byudjet tizimining asosiy printsiplari - byudjet tasnifi tizimi, hisobga olish-byudjet hujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi; byudjet tuzilishining ma’muriy-hududiy tuzilishga muvofiqligi; turli darajadagi byudjetlarning o’zaro bog’liqligi; Davlat byudjetining balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar bo’yicha va xarajatlarini yo’nalishlar (moddalao) bo’yicha rejalashtirish; Davlat byudjeti xarajatlarini tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida sarflash; barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligidan iborat.
Byudjet tizimini boshqarish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari – Davlat byudjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etish va uni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish, Davlat byudjetining ijrosini tashkil etish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, davlat maqsadli fondlari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash, Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tasdig’iga kiritish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlardan iborat.
Byudjet tizimini boshqarish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatlari - davlat byudjeti loyihasini tayyorlash (shakllantirish), Davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjet mablag’lari tushumi va sarfining tartibini belgilash hamda nazoratini amalga oshirish, respublika byudjeti xarajatlarini amalga oshirish, byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish, byudjet mablag’lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, o’z vakolatlari doirasida umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni o’z ichiga oladi.
Byudjet tizimini boshqarish sohasidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlari – a) Qoraqalpog’iston Respu-blikasi Juqorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari: belgilangan tartibda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish, shuningdek ularning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash, qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va to’lovlar miqdorini hamda ular bo’yicha imtiyozlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vakolatlarni amalga oshirish; b) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar: Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini belgilangan tartibda Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish va ularning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tuzish, byudjetga tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag’laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boshqa vakolatlardan iborat.
Byudjet transferti – byudjetdan yuridik va jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag’lari.
Byudjetlarga (Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga) cheklovlar - quyidagilardan iborat: 1) Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarning defitsitli bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi; 2) Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni tasdiqlash va ijro etishda: a) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobidan fondlar tashkil etishga; b) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno); v) o’z byudjetlari xarajatlariga tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan ortiqcha mablag’ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); g) byudjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar ka kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.
Byudjetlararo munosabatlar - davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari o’rtasida munosabatlar.
Byudjet huquqi - mamlakat byudjet tuzilishining (qurilishining) asoslarini, mamlakatning byudjet tizimiga kiruvchi byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish (muhokama qilish), tasdiqlash va ijro etish tartibini aniqlovchi yuridik me’yorlar majmui.
Birja solig’i - birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan soliq. Proportsional stavkalar bo’yicha olinib, uning darajasi bitimlar summasiga nisbatan 1%dan 2,5% gacha tebranadi. Uning soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, fond birjasidagi qimmatbaho qog’ozlar oboroti (aylanmasi) hisoblanadi. Soliqqa tortishda asos sifatida qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha bitimlarning imzolanishi maydonga chiqadi. Soliqning ikki xil ko’rinishi bo’lishi mumkin: a) birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan respublika solig’i. Uning soliqqa tortish ob’ekti – fond birjasidagi qimmatbaho qog’ozlar oboroti (aylanmasi)ning hajmi. Soliq respublika byudjetiga borib tushadi; b) birja mahalliy solig’i. Bu birjada sodir bo’ladigan qimmatbaho qog’ozlar bitimi bo’yicha yig’imdan iboratdir.
Biriktirilgan daromadlar – o’zlarining tegishli byudjetga biriktirilganligiga qarab to’liq yoki qat’iy belgilangan hissada (foizda) doimiy ravishda yoki ma’um bir muddat davomida u yoki bu byudjetga tushuvchi daromadlar (soliqlar).
Boqimanda – belgilangan muddatda byudjetga o’tkazilmagan va so’zsiz undirilishi lozim bo’lgan soliq yoki boshqa majburiy to’lovning summasi.
Bojxona bojlari - ma’lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish, undan chiqarish va olib o’tishda undiriladigan iste’mol soliqlaridan biri. Ularning asosiy maqsadi daromad olish bo’lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va qishloq xo’jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi bilan ichki bozordagi xuddi shunga o’xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus me’zonlar (masalan, og’irlik, maydon) ham qo’llanilishi mumkin.
Bojxona bojlarining stavkalari – hukumat tomonidan o’rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan mahsulotlarni olib o’tuvchi shaxslarga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo’lib xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari bo’lishi mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan mahsulotlarning boj qiymatiga nisbatan foizda o’rnatiladi); b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan mahsulotning birligiga nisbatan aniqlanadi); v) kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti birgalikda qo’llaniladi).
Boj deklaratsiyasi – milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o’zida chegaradan o’tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning qo’lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o’tkazib yurishda asos bo’lib hisoblanadi. Deklaratsiya bojxonaga qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki haftagacha mahsulot bojxonaga yetib kelgan kunni ham hisobga olgan holda) taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj tarifining tegishli moddasiga asoslanish (suyanish), mahsulot partiyasining qiymati va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati kabilar o’zining aksini topishi shart. Boj deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga tortilish yoki tortilmasligiga bog’liqdir.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish