Sud hokimiyati organlarining tizimi va hududiy birliklarda tashkil etilishi



Download 14,76 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi14,76 Kb.
#11836

Aim.uz

Sud hokimiyati organlarining tizimi va hududiy birliklarda tashkil etilishi.

Konstitutsiya oliy darajadagi yuridik kuchga ega bо`lib, Respublikaning butun hududida birdek qо`llaniladi. Shunga muvofiq sudlov ishlarini kо`rib chiqishda sudьyalar Konstitutsiya qoidalari va qonun osti me`yoriy-hujjatlar talablariga amal qilishlari lozim. Bunda sudьyalar avvalo Konstitutsiyani bevosita birlamchi manba sifatida tan olishlari shart.

Bundan tashqari, О`zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalar talablaridan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq normalariga amal qilish nazarda tutilgan.

Xalqaro shartnoma normalariga zid bо`lgan qonunlar amalda sudyalar tomonidan qо`llanilmaydi. Qonunga rioya (amal) qilinmagan joyda qonuniylik tо`g`risida sо`z yuritish mumkin emas. Bu hol о`zboshimchalik hisoblanadi. Demak, bu holatlarda qonuniylik о`zining ijtimoiy vazifasini bajara olmaydi. Tom ma`nodagi qonuniylik jinoiy va fuqarolik ishlari bо`yicha sud tomonidan asosli, adolatli hukm va qarorlar chiqarilishini ta`minlaydi.. Bu holat nafaqat ularning о`z huquqlaridan foydalinishi, balki ular zimmasiga yuklatilgan ma`lum majburiyatlarni ham bajarish zarurligi odil sudlovni amalga oshirishga oid qonun hujjatlarida belgilab berilgan.

Sudyalarning huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari, saylanish tartibi, tayinlanishi va lavozimini egallashi, ular mustaqilligining kafolatlari, shuningdek ularning moddiy va ijtimoiy ta`minoti Konstitutsiya va 2001 yil 13 fevralda e`lon qilingan yangi tahrirdagi "Sudlar tо`g`risida"gi qonun normalarida belgilab qо`yilgan. Qonunning 63-modadsiga muvofiq, Oliy sud va Oliy hо`jalik sudlarining sudyalari, О`zbekiston Respublikasi Prezidentining takdimnomasiga binoan, О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan saylanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi sudyalari Qoraqalpogiston Respublikasi Jо`qorgi Kengesi Raisining О`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalporiston Respublikasi Jо`qorgi Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi.

Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudyalari О`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bо`yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga kо`ra, hо`jalik sudlarining sudyalari esa, О`zbekiston Respublikasi Oliy hо`jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan О`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi

Harbiy sudlar sudyalari О`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bо`yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan О`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Sudyalar besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi.Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxsqonunning 64-moddasida belgilangan tartibda qasamyod qiladi.

Qonun sudyalarning shaxs dahlsizligini belgilaydi. Sudьyaning dahlsizligi uning turar joyiga, hizmat honasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, hat-habarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.

Qonun sudyalarning о`zlarini ham jinoiy javobgarlikka tortishning alohida tartibini belgilaydi. Shuningdek, sudyalarning tegishli malaka hay`atining roziligisiz ma`muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.Sudyani jinoiy javobgarlikka tortish faqat qonun bilan belgilab qо`yilgan tartibda amalga oshiriladi. Sudьyaga nisbatan jinoyat ishi faqat О`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qо`zgatilishi mumkin. Shuningdek, sudьya О`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki О`zbekiston Respublikasi Oliy hо`jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.

Sudyalar dahlsizligining barcha kafolatlari sudda о`z vazifalarini bajarayotgan xalq maslahatchilariga ham tatbiq etiladi.Sudyalar vakolati, qonunda belgilanishicha, vakolat mudadti tugagunga qadar tugatilmaydi. Sudya vakolatini muddatidan ilgari tugatishga faqat qonuniy asoslar mavjud bо`lgan quyidagi hollardagina yо`l qо`yiladi: sudyaning qasamyodini bо`zgan taqdirda; yozma ariza bergan taqdirda; sudyalarning tegishli malaka hay`ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari tо`htatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shug`ullanishini davom ettiravergan takdirda; sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda; О`zbekiston Respublikasi fuqaroligini yо`qotgan takdirda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda; sudning qarori bilan vafot etgan deb e`lon qilingan taqdirda; sog`liqi holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga kо`ra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir bо`lmay qolgan taqdirda.

О`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy hо`jalik sudi sudyasining vakolatlari muddatidan ilgari О`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan; viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari.



Deputatlik mandatiga ega bо`lish, siyosiy partiyalarga va harakatlarga a`zo bо`lish, haq tо`lanadigan boshqa lavozimni egallashi mumkin emas. Shuningdek, sudda, hо`jalik sudida yoki boshqa organlarda qonuniy vakil bо`lishidan tashqari himoyachi yoki vakil bо`lib, shaxslarning manfaatiga yoki majburiyatidan qutilishiga ta`sir о`tkazuvchi homiylik qilishiga yо`l qо`yilmaydi.
Download 14,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish