Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Yer solig‘i tо‘lovchilar va soliq solish obyekti



Download 5,22 Mb.
bet133/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2. Yer solig‘i tо‘lovchilar va soliq solish obyekti
Yer solig‘i tо‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari - о‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
2) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “О‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bо‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bо‘lgan xodimlar kiritiladi;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari - yuridik shaxslarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish tо‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tо‘xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, Soliq imtiyoz qо‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qо‘llanilgan butun davr uchun tо‘liq miqdorda undiriladi.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
1) bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yо‘llari, sug‘orish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining erlari;
2) davlat qо‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qо‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qо‘riqxonalarning (ovchilik xо‘jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qо‘riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari, yuqorida kо‘rsatilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xо‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlari bundan mustasno;
3) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xо‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bо‘lgan yer uchastkalari;
4) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xо‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xо‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bog‘lari egallagan yerlar.
6) suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, kо‘llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xо‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xо‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari hamda boshqa suv obyektlari sohillari bо‘ylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;
7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorelealoqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat kо‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
9) madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;
10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yо‘llari egallagan yerlar;
11) umumiy foydalanishdagi temir yо‘llar, shu jumladan tuproq kо‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yо‘l binolari, temir yо‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yо‘l qurilmalaridan iborat temir yо‘llar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yо‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan erlar;
12) shahar elektr transporti yо‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
13) sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda о‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
14) aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga о‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga о‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
16) magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (kо‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga о‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
17) samolyotlarning uchish-qо‘nish maydonlari, yerda boshqarish yо‘lkalari va tо‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
18) О‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;
19) konservatsiyaga qо‘yilishi tо‘g‘risida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
21) yuridik shaxs balansida bо‘lgan va xо‘jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’ektlar egallagan yerlar;
22) ihota о‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota о‘rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: о‘rmonlarning daryolar, kо‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bо‘ylab о‘tgan taqiqlangan mintaqalari; о‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan о‘rmonlar; о‘rmonlarning temir yо‘llar va avtomobil yо‘llari yoqalab о‘tgan ihota mintaqalari; chо‘l va chala chо‘l zonalaridagi о‘rmonlar; shahar о‘rmonlari va о‘rmon-bog‘lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining kо‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi о‘rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi о‘rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi о‘rmonlar; alohida qimmatga ega bо‘lgan о‘rmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan о‘rmonlar;
23) qishloq xо‘jaligi maqsadlari uchun yangi о‘zlashtirilayotgan yerlar, ularni о‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular о‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
24) melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
25) yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xо‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda о‘tkazilgan yangi kо‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda о‘tkazilgan kо‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi;
26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xо‘jaligi ahamiyatiga molik va о‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xо‘jaligi va о‘rmon xо‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda о‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va о‘quv-tajriba xо‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda о‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan erlari.
Soliq bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi о‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va о‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq tо‘lashdan ozod qilinadi.
Yuridik shaxslar - davlat mulki obyektlarini sotib oluvchilar uchun yer solig‘i summasi davlat mulki obyektlariga tо‘g‘ri keladigan soliq summasiga kamaytirilib, bо‘shagan mablag‘lar xususiylashtirilgan obyektlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yо‘naltiriladi. Soliq imtiyoz oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan e’tiboran 12 oy mobaynida qо‘llaniladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish