Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq



Download 5,22 Mb.
bet129/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

4.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bо‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq tо‘lovchilaridir.
Agar kо‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bо‘lmasa, shuningdek kо‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bо‘lsa, о‘sha shaxs soliq tо‘lovchi hisoblanadi.
О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.
Kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati tо‘lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir (01.01.2018 y.)
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bо‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bо‘lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bо‘yicha tо‘lovchi bо‘lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bо‘yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bо‘lgan mol-mulkka soliq solinmaydi:
1) “О‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bо‘lgan, uchala darajadagi SHuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha “О‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi tо‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bо‘yicha bо‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bо‘limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bо‘lgan huquqi tо‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) о‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bо‘ladi;
4) pensionerlarning. mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
7) sobiq SSSRni, О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bо‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bо‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bо‘lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining).
Imtiyoz “Halok bо‘lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok bо‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qо‘yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va Soliq muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner bо‘lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qо‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok bо‘lganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi.
Sobiq SSSRni, О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoki frontda bо‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bо‘lgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan о‘tmagan taqdirda beriladi.
8) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan tо‘liq uzib qо‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - muqobil energiya manbalari о‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan tо‘liq uzib qо‘yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish tо‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bо‘ladi.
Belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bо‘ladi.
Soliq stavkasini qо‘llashning о‘ziga xos xususiyatlari.
Jismoniy shaxslar soliq solish ob’ektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganda yoxud bu ob’ektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bо‘lgan yashash uchun mо‘ljallanmagan binolar bо‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bо‘yicha tо‘lanadi hamda kо‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk solig‘i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bо‘yicha tо‘lanadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq tо‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Kо‘rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bо‘lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bо‘lgan holatiga kо‘ra kadastr qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bо‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning Soliq imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda tо‘lanadi.
Mol-mulkka bо‘lgan mulk huquqi kalendarь yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga о‘tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bо‘lgan mulk huquqini yо‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran tо‘lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bо‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan e’tiboran tо‘lanadi.
Meros bо‘yicha о‘tgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxо‘rlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran tо‘lanadi.
Soliq solish ob’ekti yо‘q qilingan, vayron bо‘lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yо‘q qilingan, vayron bо‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tо‘xtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yо‘q qilinganlik, vayron bо‘lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bо‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendarь yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish Soliq huquq vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni tо‘lash tо‘g‘risidagi tо‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq tо‘lovchilarga imzo qо‘ydirilgan holda yoki tо‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun tо‘lash hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish