9. Yer solig‘i hisoblash va uni byudjetga undirish tartibi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini tо‘lash muddatlari.
1. Yer uchun haq tо‘lashning mohiyati va zarurligi
О‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga kо‘ra quyidagi toifalarga bо‘linadi:
1) qishloq xо‘jaligiga mо‘ljallangan yerlar - qishloq xо‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan ekin ana shu maqsadga mо‘ljallangan yerlar. Qishloq xо‘jaligiga mо‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, kо‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bо‘linadi;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) erlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mо‘ljallangan erlar - kо‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mо‘ljallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bо‘lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;
6) о‘rmon fondi yerlari - о‘rmon bilan qoplangan, shuningdek о‘rmon bilan qoplanmagan bо‘lsa ham, о‘rmon xо‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
7) suv fondi yerlari - suv obyektlari, suv xо‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bо‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zaxiray yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga о‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi о‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi. Yerlarni yer fondi toifalariga bо‘lish va bir toifadan boshqasiga о‘tkazish yerni egalik qilishga va foydalanishga berish huquqiga ega bо‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi (Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar, tuman davlat boshqaruv organlari).
Yer fondining toifasi yerni egalik qilishga va foydalanishga berish huquqiga ega bо‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish tо‘g‘risidagi qarorlarda, yerga egalik qilish va yerdan foydala-nish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida, yer uchastkalariga bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatiga olish hujjatlarida kо‘rsatiladi.
Yerlarni bir toifadan boshqasiga о‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday о‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga bо‘lgan huquqdarni davlat rо‘yxatiga olishni rad etishga asos bо‘ladi.
Yuridik shaxslar doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bо‘lishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bо‘lishlari mumkin.
О‘zbekiston Respublikasi Er kodeksiga asosan yer davlat mulki - umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi va garovga qо‘yilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bо‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin:
- yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bо‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat kо‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi;
- diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglaiggirilgan, О‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning er uchastkalariga mulk huquqlari vakolatxona binosi sifatida foydalanaetgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi;
- chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning - diplomatiya korpusi xodimlarining, О‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bо‘lgan shaxslarning yer uchastkalariga bо‘lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
Yer uchastkalariga doimiy va muddatli (vaqtincha) egalik qilish hamda ulardan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq va о‘rmon xо‘jaligi yuritish uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa maqsadlar uchun ham doimiy egalik qilishga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |