4.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bо‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari yer solig‘ini tо‘lovchilardir.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun tо‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ini tо‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni tо‘lash tartibi tatbiq etiladi. Uy-joy, yashash uchun mо‘ljallanmagan imorat va inshootlar meros bо‘yicha о‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi о‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxо‘rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti hisoblanadi: 1) dehqon xо‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bо‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham о‘tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Kо‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti bо‘lmaydi.
Kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bо‘yicha soliq solinadigan baza Soliq yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bо‘yicha aniqlanadi.
Quyidagi jismoniy shaxslar yer solig‘i tо‘lashdan ozod qilinadi: 2) “О‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bо‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz “О‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi tо‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bо‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
3) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bо‘limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bо‘lgan huquqi tо‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
4) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bо‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) boquvchisini yо‘qotgan kо‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada о‘n olti yoshga tо‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bо‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yо‘qotgan kо‘p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bо‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
7) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bо‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
8) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan tо‘liq uzib qо‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - muqobil energiya manbalari о‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan tо‘liq uzib qо‘yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish tо‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bо‘ladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xо‘jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bо‘lgan huquqlarini davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni amalga oshiruvchi organda rо‘yxatdan о‘tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq tо‘lovchining tanlashi bо‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.
Soliq stavkasini qо‘llashning о‘ziga xos xususiyatlari Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bо‘lgan, yashash uchun mо‘ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini tо‘lash uchun belgilangan stavkalar bо‘yicha undiriladi hamda kо‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, yer solig‘i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bо‘yicha tо‘lanadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uylarni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xо‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda yer solig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch baravar miqdorda tо‘lanadi.
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari yer solig‘ini tо‘lovchilar bо‘lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi. Kо‘rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bо‘lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga Soliq imtiyozlarga bо‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Yer solig‘i summasi va uni tо‘lash muddatlari kо‘rsatilgan tо‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga imzo qо‘ydirilgan holda yoki tо‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Yil mobaynida er uchastkasi maydoni о‘zgarganda va imtiyozlarga bо‘lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur о‘zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig‘ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq tо‘lovchiga yer solig‘i summasi va uni tо‘lash muddatlari kо‘rsatilgan yangi yoki qо‘shimcha tо‘lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Yer solig‘i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga tо‘lanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran tо‘lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig‘ini tо‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tо‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer solig‘i bо‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran tо‘lanmaydi. Yer solig‘i bо‘yicha imtiyozlarga bо‘lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran tо‘lana boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’iy nazar, jismoniy shaxslar tomonidan tо‘lanadi.