Aksiz solig‘i bilan mahsulotning narxi (QQSsiz) (3-satr x 100) : (100 - 4-satr)
sо‘m
2000
6.
Aksiz solig‘ining summasi (5-satr - 3-satr)
sо‘m
400
2. Aksiz solig‘i tо‘lovchilar va soliq solish ob’ekti. Aksiz solig‘i tо‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir: -О‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz tо‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
-О‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan (aksiz tо‘lanadigan xizmatlar) mobilь aloqa xizmatlarini kо‘rsatuvchilar;
-benzin, dizelь yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bо‘limni qо‘llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda о‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizelь yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.
-О‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz tо‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
- oddiy shirkat aksiz tо‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aksiz tо‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bо‘yicha aksiz tо‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bо‘lmagan shaxs О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini tо‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
Quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan ob’ektdir: 1) aksiz tо‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
- tovarni sotish (jо‘natish);
- garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qо‘yilgan aksiz tо‘lanadigan tovarlarni garovga qо‘yuvchi tomonidan topshirish;
- aksiz tо‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
-aksiz tо‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
-aksiz tо‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
2) aksiz tо‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bо‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
3) aksiz tо‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz tо‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
4) aksiz tо‘lanadigan tovarlarni ulush qо‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qо‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz tо‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bо‘lgan aksiz tо‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz tо‘lanadigan tovarlarni о‘z ehtiyojlari uchun topshirish;
6) aksiz tо‘lanadigan tovarlarni О‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish;
7) benzin, dizelь yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan о‘z ehtiyojlari uchun foydalanish, bundan ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz mustasno;
8) aksiz tо‘lanadigan xizmatlar kо‘rsatish.
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
1) aksiz tо‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz tо‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik О‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bо‘lgan aksiz tо‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) О‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
-О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
-davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik kо‘mak kо‘rsatish maqsadida;
-О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bо‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz tо‘lanadigan tovarlarni import qilishga.
4) aksiz tо‘lanadigan tovarlarni О‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. О‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bо‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bо‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
Aksiz tо‘lanadigan tovarlar (xizmatlar) oluvchiga jо‘natilgan (topshirilgan) kun, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, aksiz tо‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
Import qilinayotgan aksiz tо‘lanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan о‘tkazilgan sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sana hisoblanadi.
Aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz tо‘lanadigan tovarlar bо‘yicha soliq solinadigan baza aksiz tо‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz tо‘lanadigan tovarlar bо‘yicha realizatsiya qilingan aksiz tо‘lanadigan tovarlarning aksiz solig‘i hamda qо‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz tо‘lanadigan tovarlar bо‘yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq tо‘lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bо‘lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz tо‘lanadigan tovarlar bо‘yicha soliq solinadigan baza aksiz tо‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini о‘z ichiga oladi.
Qat’iy va advalor stavkalardan tashkil topgan aralash stavkalar belgilangan, aksiz solig‘i tо‘lanadigan tovarlar bо‘yicha soliq solinadigan baza aksiz tо‘lanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan hamda (agar ushbu moddaning uchinchi va tо‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa) realizatsiya qilingan, aksiz tо‘lanadigan tovarlarning aksiz solig‘i va qо‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aksiz tо‘lanadigan tovarlar bо‘yicha soliq solinadigan baza bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi.
Aksiz solig‘ini, qо‘shilgan qiymat solig‘ini va mobilь aloqa xizmatlari kо‘rsatuvchi yuridik shaxslar (aloqa kompaniyalari) tomonidan tо‘lanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun tо‘lovni о‘z ichiga olmaydigan, aksiz tо‘langan holda kо‘rsatilgan xizmatlarning qiymati aksiz tо‘lanadigan xizmatlar bо‘yicha soliq solish bazasi hisoblanadi.
Benzinni, dizelь yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish chog‘ida realizatsiya qilingan hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzin, dizelь yoqilg‘isi va gazning natural holida ifodalangan hajmi soliq solinadigan baza hisoblanadi.
Aksiz tо‘lanadigan tovarlar va xizmatlar rо‘yxati О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig‘i stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan о‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy), shuningdek advalor va qat’iy stavkalardan tashkil topgan aralash stavkada belgilanadi.