Nazorat uchun savollar
1. QQS qanday soliqlar tarkibiga kiradi va uning boshqa soliqlardan farqli xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Hisobvaraq-faktura qanday xujjat va unda qanday ma’lumotlar kо‘rsatiladi?
3.QQSni hisoblash tartibini tushuntirib bering
4.QQS bо‘yicha belgilangan imtiyozlarni sanab о‘ting.
17-Mavzu:Aksiz solig‘i
Reja
1.Aksiz solig‘i va uning soliq tizimida tutgan о‘rni.
2. Aksiz solig‘i tо‘lovchilar tarkibi. Aksiz solig‘ining soliqqa tortish obyekti va soliq solinadigan baza.
3. Soliq stavkalari va ularning tabaqalanish mezonlari. О‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari. 4.О‘zbekiston respublikasiga import qilinadigan aksizosti mahsulotlariga qо‘llaniladigan soliq stavkalari.
5. Aksiz solig‘ini bо‘yicha imtiyozlar. Aksiz solig‘ini hisoblash tartibi. 6.Aksiz solig‘ini hisobga olish.
7. Aksiz solig‘ini tо‘lash muddatlari.
8.Aksiz solig‘ini buxgalteriya hisobvaraqlarida rasmiylashtirish. Aksiz markalari va ularni qо‘llash tartibi.
Aksiz solig‘i va uning soliq tizimida tutgan о‘rni.
Soliq psixologiyasi nuqtai-nazaridan barcha soliqlar iste’mol predmeti hisoblanadi, aksizlar ham shular jumlasiga kiradi. Tovarning narxida о‘tirganligi uchun ular kо‘zga kо‘rinmaydi, soliqning katta-kichikligini bilmagan sotib oluvchi uning narxida soliq о‘tirganligini bilmay turib tovarni sotib oladi. Bu odatda bilvosita soliq bо‘lib, uni yaxshisi kо‘rinmas deb atash maqsadga muvofiq bо‘lur edi. Soliq undirishning bu usuli hukumatning eng yaxshi kо‘rgan usulidir.
Aksizlar - tovarlar uchun qо‘yiladigan bilvosita soliqlarning bir turi bо‘lib, qо‘shilgan qiymat solig‘idan farqli ma’lum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning narxiga yoki kо‘rsatilayotgan xizmatlarning tarifiga qо‘shiladi.
“Aksiz” sо‘zi fransuz tilidan kelib chiqqan bо‘lib, “chopib tashlash” ma’nosini bildiradi. Bu erdan ushbu tо‘lovning о‘ziga xos xususiyatlari kelib chiqadi. Aksizlar tovar narxiga qо‘shiladi va hukumatga uning qiymatidan bir qismini olishga yoki kesib olishga imkon beradi. Ustiga qо‘yilgan qо‘shimcha narx mahsulot ishlab chiqarishning unumdorligini yoki biron bir alohida xususiyatlarini bildirmaydi, balki aksiz tovarlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning alohida sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Aksizlarning asosiy ajratib turadigan xususiyatlari quyidagilar:
-aksizlar kо‘pgina holatlarda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatga nisbatan unga bо‘lgan talabning yuqoriligi va doimiyligi natijasida, uning sotilish narxi ancha yuqori bо‘lganda paydo bо‘ladi, masalan, aroq, tamaki, kofe (О‘zbekiston sharoitida paxta yog‘i ham kiradi).
Hukumat aksizlar yordamida tovar qiymatida о‘tirgan о‘ziga xos ishlab chiqarish va realizatsiya sharoitlari bо‘lgan, ammo tovarning unumliligini va iste’mol xususiyatlarini aks ettirmaydigan qismlarini undirib oladi. Agarda hukumat ushbu xususiyatlarini aksiz solig‘i yordamida undirmasa, u holda aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchilar о‘zlari bunga yarasha xizmat kо‘rsatmagan holda yuqori daromadga ega bо‘ladilar;
- aksizlar jamiyat tomonidan iste’mol qilish keraksiz deb topilgan tovarlarga, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va benzinga qо‘yiladi. SHunday qilib, aksizlar iste’molni me’yorga solib turuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi. Ular yordamida hukumat bir tomondan inson salomatligiga, jamiyat va atrof muhitga zarar keltiradigan tovarlarni (tamaki, vino, aroq mahsulotlari va h.q.) sotilishini ushlab tursa, ikkinchi tomondan, ushbu tovarlarni sotish natijasida jamiyatda etkaziladigan zararlarni moliyaviy qoplash uchun mablag‘ undiradi.
Hukumatning bunday tutgan yо‘li esa о‘z vaqtida aholi tomonidan adolatlik deb hisoblanadi, chunki alkogol ichuvchilar, chekuvchilar, avtomobil yordamida atrof-muhitni zaharlovchilar qanchalik kо‘p iste’mol qilsalar, shunchalik kо‘p soliq tо‘laydilar, bu esa davlat byudjetini mablag‘ bilan ta’minlashiga olib keladi.
Barcha bilvosita soliqlar kabi aksiz ham soliqning fiskal funksiyasini tо‘liq bajaradi, ya’ni byudjetni juda ham yaxshi mablag‘ bilan ta’minlaydi. Avval qimmatbaho buyumlar yoki katta daromad keltiradigan faoliyat turlari aksiz solig‘iga tortilgan edi. Aholining kо‘pgina qismining daromad topish darajasi yuqori bо‘la boshlagandan buyon aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarning turlari ham kо‘paydi.
Aksizlar tabiiy monopolistlarning narx belgilashlaridagi jarayonda ham foydalaniladi (shuning bilan joriy qonunchiligimizda aksiz tovarlar qatoriga gaz va neft kirishini tushuntirish mumkin bо‘ladi). Aksiz solig‘iga О‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va О‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan tovarlar tortiladi.
Aksiz solig‘i stavkalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va ular quyidagicha:
- tovar narxiga nisbatan foizlarda belgilanadi - advalor stavka;
- tovarning natural kо‘rinishidagi har bir о‘lchamiga mutloq summada belgilanadi - qat’iy stavka.
Bu erda eslatib о‘tish lozimki, О‘zbekistonda kо‘pgina rivojlangan davlatlardan farqli birinchi о‘rinda inson hayotida zarur bо‘lgan paxta yog‘i, gurunch, sovun va boshqa kо‘pgina tovarlarga nisbatan ham aksiz solig‘i qо‘llaniladi. Bunda aksiz solig‘i bо‘yicha soliqqa tortishning asosiy, ya’ni narxlarning о‘sishi bilan ushbu tovarlarga nisbatan bо‘lgan talab о‘zgarmaydigan va asosan qimmatbaho buyumga nisbatan yoki inson sog‘lig‘i va jamiyat uchun zararli bо‘lgan tovarlarga nisbatangina soliq solish tamoyillari buzilgan.
Aksiz solig‘ishng summasi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi.
1. Aksiz solig‘ining qat’iy soliq stavkalari belgilangan holatlarda, jumladan:
1.1. Suvsiz etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bо‘yicha mahsulot birligiga alkogolli mahsulot (spirti kam vino, shampan vinosidan tashqari)
Do'stlaringiz bilan baham: |