Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet116/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Boshqa xarajatlar:
Boshqa xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) soliq tо‘lovchining faoliyatini amalga oshirish uchun о‘zga yuridik yoki jismoniy shaxslar bajargan ishlar va xizmatlar qiymati, bularga quyidagilar kiradi:
-mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) bо‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish, xom ashyoga (materiallarga) ishlov berish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy vositalarga texnik xizmat kо‘rsatish va boshqa shu kabi ishlar;
-о‘zga yuridik va jismoniy shaxslarning transport xizmatlari;
-ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun yoki soliq tо‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq boshqa vazifalarni bajarish uchun о‘zga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni (texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar uchun xarajatlari;
2) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni ish holatida saqlash xarajatlari (texnik kо‘rik va qarov, о‘rtacha, joriy hamda kapital ta’mirlash xarajatlari). Asosiy vositalarni kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlarining bir maromda kiritib borilishini ta’minlash uchun soliq tо‘lovchi asosiy vositalarning kelgusi ta’mirlanishi uchun belgilangan tartibda zaxiralar tashkil etishga haqli;
3) ijara tо‘lovlari, shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlar;
4) konservatsiyaga qо‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
5) vakolatli tashkilotlar tomonidan muayyan huquqlar yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berishni nazarda tutuvchi hujjatlarni berganlik uchun yig‘imlar, bojlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha xarajatlar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ekspertizadan о‘tkazish hamda mahsulotni sertifikatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar;
6) mahsulotni sotish bozorlarini о‘rganish xarajatlari;
7) inventarni, xо‘jalik anjomlarini va maxsus ish kiyimlarini yuvish, tuzatish hamda dezinfeksiya qilish xarajatlari summasi yoki ularga tо‘langan haq;
8) qat’iy hisobotdagi blanklarni, kvitansiyalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash xarajatlari summasi yoki ularni olish uchun tо‘langan haq;
9) tushumni inkassatsiya qilish xarajatlari;
10) reklama uchun xarajatlar;
11) vakillik xarajatlari. Vakillik xarajatlariga soliq tо‘lovchining о‘zaro hamkorlik о‘rnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek soliq tо‘lovchining boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat kо‘rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini о‘tkazish, transport ta’minoti, ovqatlanishi va turar joyi, soliq tо‘lovchining shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq tо‘lash xarajatlaridir.
12) kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli ta’mirlash va ularga kafolatli xizmat kо‘rsatish xarajatlari;
13) telekommunikatsiyalar va pochta xizmatlari uchun tо‘lanadigan haq;
14) xizmat safarlari uchun xarajatlar:
a) tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib kelish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qо‘yish haqi. Yо‘l hujjatlari bо‘lmagan taqdirda, xarajatlar temir yо‘l transportidagi (yoki agar temir yо‘l aloqasi bо‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yо‘l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan kо‘p bо‘lmagan miqdorda chegirib tashlanadi;
b) tasdiqlovchi hujjatlar asosida joyni ijaraga olish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qо‘yish xarajatlari;
v) xizmat safarida bо‘lingan vaqt uchun tо‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
g) qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa xarajatlar;
15) qonunlarga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan kompensatsiya tо‘lovlari;
16) soliq tо‘lovchining faoliyatida talab etiladigan boshqa shaharlik, chet ellik mutaxassislarni ishga taklif qilish bilan bog‘liq xarajatlar;
17) auditorlik tekshiruvlari bо‘yicha xarajatlar;
18) maslahat, axborot xizmatlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va tiklash bо‘yicha xizmatlarga haq tо‘lash;
19) bankning, qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq tо‘lash;
20) kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari;
21) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan hamda soliq tо‘lovchining xarajatlariga kiritiladigan byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tо‘lanadigan soliqlar, boshqa majburiy tо‘lovlar;
22) assotsiatsiyalarga, jamg‘armalarga va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga tо‘lanadigan badallar, agar bunday badallarni tо‘lash soliq tо‘lovchi faoliyatining amalga oshirilishi uchun majburiy shart bо‘lsa yoki О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilsa;
23) mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va ta’minlash, texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi va soqchilik muhofazasini hamda texnikaviy foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash xarajatlari;
24) litsenziya bitimlariga kо‘ra huquq egasi bilan shartnoma bо‘yicha elektron-hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazalari dasturlaridan foydalanish huquqini olish bilan bog‘liq xarajatlar. Mazkur xarajatlarga elektron-hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni yangilashga doir xarajatlar ham kiradi;
25) intellektual faoliyat natijalariga bо‘lgan huquqlardan va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalardan (xususan, ixtirolarga, sanoat namunalariga va intellektual mulkning boshqa turlariga bо‘lgan patentlardan yuzaga keladigan huquqlardan) foydalanganlik uchun tо‘lovlar;
26) buxgalteriya hisobotini e’lon qilish, shuningdek boshqa axborotni, agar qonun hujjatlarida ularni e’lon qilishni (oshkor qilishni) amalga oshirish majburiyati soliq tо‘lovchining zimmasiga yuklangan bо‘lsa, e’lon qilish va boshqacha tarzda oshkor qilish xarajatlari;
27) xodimning mehnatda mayib bо‘lishi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast etkazilishi yoxud xodim oila a’zosining vafoti munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga beriladigan moddiy yordam;
29) qonun hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etilishi, xodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi munosabati bilan ozod etiladigan xodimlarga tо‘lovlar;
30) tibbiy yordam punktini saqlab turish xarajatlari, xodimlarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazganlik va profilaktika tadbirlari uchun tibbiyot muassasalariga tо‘lanadigan haq;
31) sog‘liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, sog‘lomlashtirish oromgohlari, madaniyat hamda sport ob’ektlari, ta’lim ob’ektlari, shuningdek, uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga doir xarajatlar (shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari va barcha turdagi ta’mirlash ishlarini о‘tkazish xarajatlari);
32) ixtiyoriy sug‘urta uchun sug‘urta mukofotlari (badallari), yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxslar foydasiga tо‘lanadigan sug‘urta mukofotlari (badallari;
33) О‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bо‘lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bо‘yicha tо‘lanadigan sug‘urta mukofotlari summalari;
34) sug‘urtaning majburiy turlariga sug‘urta mukofotlari (badallari);
35) atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida kompensatsiya tо‘lovlari;
36) faoliyat bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun xarajatlar, bundan asosiy vositalarni sotib olish, ularni о‘rnatish hamda kapital tusdagi boshqa xarajatlar mustasno. Loyiha-smeta hujjatlari, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va tegishli ilmiy-tadqiqot, loyihalash, izlanish hamda tajriba-konstruktorlik ishlari о‘tkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bunday xarajatlarni chegirmalar jumlasiga kiritish uchun asos bо‘ladi;
37) ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperimental ishlarini о‘tkazish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bо‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash hamda ularni sinash, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bо‘yicha kо‘rgazmalar va kо‘riklar, tanlovlar tashkil etish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bо‘yicha boshqa tadbirlar, mualliflik haqini tо‘lash, yangi texnologiyalar yaratish hamda qо‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, yangi turdagi xom ashyo va materiallarni yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari;
38) soliq tо‘lovchi tomonidan geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olish bо‘yicha tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan, jami daromaddan keyingi yillar mobaynida bir maromda yiliga 15 foizdan oshmagan miqdorda chegirib tashlanadigan xarajatlar;
39) qazib oluvchi tarmoqlarda xarajatlarni qoplashning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmiga va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladigan tayyorgarlik ishlariga doir xarajatlar;
40) zararlar va yо‘qotishlar:
a) bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bо‘yicha;
b) tara bilan bog‘liq operatsiyalar bо‘yicha;
v) umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan kо‘rilgan zararlar, bundan shubhali qarzlar bо‘yicha tashkil etilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarish mustasno;
g) hisobot yilida aniqlangan о‘tgan yillardagi operatsiyalar bо‘yicha xarajatlar va zararlar;
d) tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bо‘lishi hamda buzilishi, ishlab chiqarishning tо‘xtashi oqibatidagi yо‘qotishlar va boshqalar) tufayli kо‘rilgan о‘rni qoplanmaydigan yо‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarini oldini olish yoki ularni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar;
e) О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul topshirishdan kо‘rilgan zararlar, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini bepul topshirishdan hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat kо‘rsatishdan kо‘rilgan zararlar;
j) uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan kо‘rilgan zararlar;
z) asosiy vositalarni har yili amalga oshiriladigan qayta baholash natijasida vujudga keladigan ilgarigi qо‘shimcha baholashdan (bahoning arzonlashtirilgan summasidan) olinadigan о‘sishdan ortadigan bahoni arzonlashtirish summasi;
i) yaroqsiz mahsulotdan kо‘rilgan yо‘qotishlar;
k) ichki ishlab chiqarish sabablariga kо‘ra bekor turib qolishlardan kо‘rilgan yо‘qotishlar;
l) tashqi sabablarga kо‘ra (yuridik shaxsning aybisiz) bekor turib qolishlardan kо‘rilgan, aybdorlar tomonidan kompensatsiya qilinmaydigan yо‘qotishlar;
m) qarz summasi bilan mazkur qarzni yuzaga keltirgan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi о‘rtasidagi farqdan oshmaydigan summa doirasidagi qarzni talab qilish huquqidan о‘zganing foydasiga voz kechishdan kо‘rilgan zararlar;
41) kreditlar (zayomlar) bо‘yicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qо‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar bо‘yicha foizlar mustasno;
42) kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalar doirasida muddati о‘tgan va uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bо‘yicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qо‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar bо‘yicha foizlar mustasno;
43) valyuta hisobvaraqlari, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar bо‘yicha kursdagi salbiy farq, bu farq buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda jami daromaddan chegirib tashlanadi:
- chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga bо‘lgan mulk huquqining о‘tish sanasida О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past narxda sotilganda;
- chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga bо‘lgan mulk huquqining о‘tish sanasida О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori narxda sotib olinganda;
- chet el valyutasi kursining о‘zgarishi munosabati bilan tegishli hisobot davri uchun balansning valyuta moddalari qayta baholanganda.
Baholari chet el valyutasida belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun о‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradigan soliq tо‘lovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilingan yoki olingan sanadan ushbu tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq tо‘langan sanagacha bо‘lgan davrda О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi о‘zgarish munosabati bilan yuzaga keluvchi salbiy farq buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq tо‘langan sanadagi jami daromaddan chegirib tashlanadi;
44) о‘zining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar;
45) moliyaviy ijara, shu jumladan lizing bо‘yicha ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi bо‘lgan mablag‘larni tо‘lashga doir xarajatlar;
46) soliq tо‘lovchi tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha foizlar tarzidagi xarajatlar;
47) favqulodda zararlar. Favqulodda zararlar - soliq tо‘lovchilarning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiquvchi voqealar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va rо‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlarning moddalaridir. U yoki bu modda favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- yuridik shaxsning odatdagi xо‘jalik faoliyati uchun xos bо‘lmasligi;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi;
48) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektining muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uning majburiyatlarini bajarish uchun yо‘naltiriladigan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tо‘xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablag‘lar chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida qaralmaydi;
49) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini, bolani ikki yoshga tо‘lguniga qadar parvarishlash nafaqalarini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalarni tо‘lash xarajatlari.
50) xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan ishdan bо‘shatish nafaqasi va boshqa tо‘lovlar shuningdek pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yо‘la tо‘lanadigan nafaqalar;
51) mehnat sharoitlari noqulay bо‘lgan ishlarda band bо‘lgan xodimlarni mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shо‘r suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash xarajatlari;
52) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
53) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bо‘lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni о‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlari;
54) xodim boshqa joyga ishga о‘tkazilganda yoxud kо‘chib borganda kо‘chish, mol-mulkini kо‘chirib borish, joy ijarasi (yо‘l xarajatlari uchun beriladigan pul) xarajatlari;
55) mehnatda mayib bо‘lganlik, kasb kasalligi yoki sog‘liqqa boshqacha shikast etganligi bilan bog‘liq zararning о‘rnini qoplash bо‘yicha tо‘lovlar.
56) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi tо‘lovlar:
- marhum о‘rtacha oylik ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bо‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bо‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga tо‘g‘ri keladigan ulushi miqdoridagi tо‘lovlar;
- boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bо‘lgan shaxslarga bir yо‘la tо‘lanadigan nafaqa tariqasida marhumning о‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi tо‘lovlar.
57) abonent raqamidan foydalanganlik uchun tо‘lanadigan haq.
58) yordamchi xо‘jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan va soliq tо‘lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun beriladigan tovarlarning narxlaridagi farqlar (zararlar);
59) xо‘jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
60) nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar;
61) ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini tо‘lashga doir xarajatlar;
62) boshqa xarajatlar.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish