2. Soliqni hisoblab chiqarish va tо‘lash tartibi О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan, mehnatga haq tо‘lash fondiga soliq yuklamasi, barcha jismoniy shaxslar daromadlariga 12 foizlik yagona soliq stavkasi joriy etilishi orqali pasaytirildi, shundan 0,1 foizi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblariga yо‘naltiriladi, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy badallari bekor qilindi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning ayrim turdagi daromadlariga eng kam stavka bо‘yicha JSHDS solinishi bekor qilindi. О‘zbekiston Respublikasi rezidenti bо‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bо‘yicha soliq solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi 1-qismi).
Butun yil davomida JSHDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2019 yilning 1 yanvarь holatiga kо‘ra belgilangan EKIH – 202 730 sо‘m qо‘llanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).
2019 yilda fuqarolarning SHJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi xodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 0,1 foizni tashkil etadi (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorning 5-bandi).
SHJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JSHDSdan chegiriladi (Adliya vazirligi tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan Nizomning 3-bandi).
О‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning mehnatga haq tо‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari tо‘lovi bekor qilindi (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmonning 3-bandi “a” kichik bandi).
I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB Xodimning yanvar oyidagi ish haqi 1 000 000 sо‘mni tashkil qildi.
Olingan daromadga 12foiz lik stavka bо‘yicha solinadigan JSHDS:
1 000 000 x 12foiz = 120 000 sо‘mga teng.
Majburiy badallar summasi 1 000 000 x 0,1foiz = 1 000 sо‘mni tashkil etadi. Yanvar oyi uchun byudjetga 119 000 sо‘m (120 000 – 1 000) о‘tkaziladi
JSHDS va majburiy badallar ushlanganidan keyin xodimga 880 000 sо‘m (1 000 000 – 120 000) tо‘lanadi.
II. IMTIYOZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA 1-VAZIYAT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qо‘llanilgan holda JSHDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 180-moddasiga muvofiq imtiyozga ega bо‘lgan xodimning mehnat haqi 1 800 000 sо‘mni tashkil qildi.
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega bо‘lgan fuqarolarning(masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari bо‘lgan yolg‘iz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.
Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:
1 800 000 – 202 730 x 4 = 989 080 sо‘mga teng.
Yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz:
989 080 x 12foiz = 118 689,6 sо‘m.
SHJBPHga majburiy badallar 989,08 sо‘mni (989 080 x 0,1foiz) tashkil etadi. Byudjetga 117 700,52 sо‘m (118 689,6 – 989,08) JSHDS о‘tkaziladi.
Xodim qо‘liga 1 684 310,4 sо‘m (1 800 000 – 118 689,6) ish haqi oladi.
2-VAZIYAT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qо‘llanilgan holda JSHDS hisob-kitobi.
Soliq kodeksining 180-moddasiga muvofiq imtiyozga ega bо‘lgan xodimning mehnat haqi 800 000 sо‘mni tashkil qildi.
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega bо‘lgan fuqarolarning(masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari bо‘lgan yolg‘iz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.
Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:
202 730 x 4 = 989 080 sо‘mga teng.
Xodimning daromadi (800 000 sо‘m) imtiyoz miqdoridan (989 080 sо‘m) kam bо‘lganligi bois yanvarь oyi uchun soliq hisoblanmaydi.
SHJBPHga majburiy badallar soliq solinadigan daromad mavjud bо‘lmaganligi sababli hisoblanmaydi.
Xodim qо‘liga 800 000 sо‘m ish haqi oladi.