28-Mavzu: Aksiz solig‘i
Aksizlar tabiiy monopolistlarning narx belgilashlaridagi jarayonda ham foydalaniladi (shuning bilan joriy qonunchiligimizda aksiz tovarlar qatoriga gaz va neft kirishini tushuntirish mumkin bо‘ladi). Aksiz solig‘iga О‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va О‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan tovarlar tortiladi.
Aksiz solig‘i stavkalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va ular quyidagicha:
- tovar narxiga nisbatan foizlarda belgilanadi - advalor stavka;
- tovarning natural kо‘rinishidagi har bir о‘lchamiga mutloq summada belgilanadi - qat’iy stavka.
Bu erda eslatib о‘tish lozimki, О‘zbekistonda kо‘pgina rivojlangan davlatlardan farqli birinchi о‘rinda inson hayotida zarur bо‘lgan paxta yog‘i, gurunch, sovun va boshqa kо‘pgina tovarlarga nisbatan ham aksiz solig‘i qо‘llaniladi. Bunda aksiz solig‘i bо‘yicha soliqqa tortishning asosiy, ya’ni narxlarning о‘sishi bilan ushbu tovarlarga nisbatan bо‘lgan talab о‘zgarmaydigan va asosan qimmatbaho buyumga nisbatan yoki inson sog‘lig‘i va jamiyat uchun zararli bо‘lgan tovarlarga nisbatangina soliq solish tamoyillari buzilgan.
1.Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.
2. Qanday toifadagi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig‘i tо‘lovchilvr hisoblanadi?
3.Aksizosti tovarlar rо‘yxatini sanab о‘ting va ularni qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi
29-Mavzu: Aksiz solig‘ini hisoblash tartibi
Aksiz solig‘ishng summasi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi.
1. Aksiz solig‘ining qat’iy soliq stavkalari belgilangan holatlarda, jumladan:
1.1. Suvsiz etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bо‘yicha mahsulot birligiga alkogolli mahsulot (spirti kam vino, shampan vinosidan tashqari)
(M x A) : 100,
bunda: M - tayyor mahsulot tarkibidagi spirt о‘tkirligi, foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qatьi nazar);
A - aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, о‘lchov birligi sо‘mlarda.
1.2. Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bо‘yicha (spirti kam vino, shampan vinosi, pivo, vino mahsulotlari, etil spirti, hamda tamaki mahsulotlari va о‘simlik moyi)
F x A,
bunda: F - tegishli о‘lchov birliklarida sotilgan mahsulotning tabiiy hajmi;
A - aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, о‘lchov birligiga sо‘mlarda.
2. Boshqa foiz (advalor) kо‘rinishidagi stavkalar belgilangan aksizlanadigan mahsulotlar bо‘yicha aksiz solig‘ining summasi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
(O x A) : 100,
bunda:
O - о‘z ichiga aksiz solig‘ini oladigan narx, QQSsiz;
A - aksiz solig‘i stavkasi, foizlarda.
Aksiz solig‘i summasining hisob-kitobi uchun aksizni о‘z ichiga oladigan narx quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |