Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


-Mavzu: Qо‘shilgan qiymat solig‘i



Download 5,22 Mb.
bet174/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

26-Mavzu: Qо‘shilgan qiymat solig‘i.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibini qо‘llayotgan soliq tо‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning umumbelgilangan tartibini qо‘llayotgan soliq tо‘lovchi uchun Kodeksga muvofiq qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish uchun asos bо‘ladi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibiga о‘tgan soliq tо‘lovchilar uchun qо‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:



T.r.

Tо‘lovchilar

Soliq stavkalari soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar, 2 6 bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno

7

2.

Qurilish tashkilotlari

8

3.

Chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari

6

4.

Umumiy ovqatlanish, mehmonxona xо‘jaligi korxonalari

10

5.

Kasbiy xizmatlar kо‘rsatadigan yuridik shaxslar (auditorlik xizmatlari, soliqmaslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar)

15

6.

Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini, realizatsiya qiladigan yuridik shaxslar о‘zining ishlab chiqarish mahsulotlari bundan mustasno

4

Qо‘shilgan qiymat solig‘ining turli farqlangan stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bо‘yicha alohida-alohida hisob yuritish hamda soliq tо‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lashi kerak.


Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida qо‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bо‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
QQSni hisoblash bо‘yicha misollar.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tekinga berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori soliq tо‘lovchida berish paytida vujudga kelgan narxlar darajasidan kelib chiqib, ularga qо‘shilgan qiymat solig‘ini qо‘shmasdan, biroq bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarilishi (xarid qilinishi) bо‘yicha amalda tarkib topgan xarajatlardan kam bо‘lmagan miqdorda aniqlanadi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilishida ularni beruvchi korxona soliq tо‘lovchi hisoblanadi.
1-misol. Tekinga 150 ming sо‘mlik tovar berilgan.
Ushbu summaga 15 foiz QQS hisoblanadi, ya’ni 45 ming sо‘m va byudjetga tо‘lanishi lozim (bunda tegishli bо‘lgan chegirmalarni hisobga olish lozim).
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori, uni berilishda shakllangan narxlar va qoldiq qiymati orasidagi farq kо‘rinishida aniqlanadi. Shunday qilib, agarda asosiy vosita va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatida bepul berilsa, soliq solinadigan aylanma bо‘lmaydi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni bepul berilganda ham huddi sotilgandagi kabi hisob-varaq-faktura yozilishi shart.
2-misol. Shartnomaga asosan korxona mahsulotini QQSni (15 ming sо‘m) hisobga olgan holda 115 ming sо‘mga sotdi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 110 ming sо‘mni tashkil etadi, bunday holatda QQS 115 x 15 foiz = 17,25 ming sо‘mga nisbatan hisoblash lozim. Ular orasidagi farq (17,25 — 15) = 2,25 ming sо‘m sotib oluvchidan olinmaydi, u tovarni sotgan korxona hisobidan qoplanadi.
Ish haqini qonunlarda belgilangan tartibda tovarlar (shu jumladan, о‘zi ishlab chiqargan) bilan natura shaklida tо‘laydigan yoki ularni о‘z xodimlariga kassa orqali tannarxidan past narxlar bо‘yicha sotadigan korxonalar uchun soliq solinadigan aylanma yuqorida keltirilgan usulda aniqlanadi.
3-misol. Korxona mahsulotni о‘zining ishchisiga 15 000 sо‘mdan sotadi, vaholanki, mahsulotning tannarxi 20 000 sо‘mni tashkil etadi. Bunday holatda QQS 20 000 sо‘mga hisoblanib, soliq summasi 4 000 sо‘mni tashkil etadi.
Shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, О‘zbekiston Resggublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi 88-sonli “Ish haqi о‘z vaqtida tо‘lanishiga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Qaroriga binoan 2002 yil 1 apreldan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarning ish haqini tovarlar bilan natura shaklida tо‘lashi ta’qiqlangan, bunda qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan etishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga kо‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xо‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno.
Korxona ichida о‘zi ishlab chiqargan, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan foydalanilishda ularning ishlab chiqarishdagi tannarxi soliq solinadigan aylanmani belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi.
4-misol.Tо‘qimachilik korxonasi о‘z kuchi bilan tikkan choyshablarni о‘zining sog‘lomlashtirish markaziga bermoqda. Agar choyshabning tannarxi misol uchun 10 000 sо‘mni tashkil etsa, ushbu summa soliqqa tortish oboroti hisoblanadi. Choyshablarni sog‘lomlashtirish markaziga berish vaqtida korxona QQSni 15 foiz x 10000 = 15 000 sо‘mni byudjetga о‘tkazishi lozim. Sog‘lomlashtirish markazida choyshablar QQSni hisobga olgan holda 15 000 sо‘mda hisobga olinadi.
Mahsulotni sotish bilan bog‘liq bо‘lmagan bunday holatlarning barchasida QQS hisoblanadi. Bunda oddiy mantiq mavjud: xaridor tomonidan tо‘lanishi lozim bо‘lgan, ammo QQSni о‘z ichiga olgan va daromad olishga mо‘ljallangan mahsulot tekinga berilgan. Bunda korxona о‘zi daromad olishdan kechib mahsulotni tekinga berib yubormoqda, ammo davlat bu erda о‘zining asosii manbai. ya’ni qо‘shimcha qiymat solig‘ini tushishidan mahrum bо‘lmoqda. Agarda korxona barcha mahsulotini tekinga tarqatgan taqdirda ham davlat byudjetiga о‘tkazishi kerak emas. Shuning uchun korxona huddi mahsulotni sotgani kabi tо‘lanishi lozim bо‘lgan QQS kerakli me’yorda byudjetga о‘tkazib berishi shart.
Asosiy vositalarni har xil variantdagi sotilish holatlarini kо‘rib chiqamiz:
1) agar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati hisobotda QQS hisobga olinib aks ettirilishicha 120 000 sо‘mni, eskirish - 50 000 sо‘mni, qoldiq qiymati 70 ming sо‘mni (120 000- 50 000) va sotish narxi - 200 000 sо‘mni tashkil etsa, soliq solinadigan aylanma miqdori (200 000— 70 000) = 130 000 sо‘mni tashkil etadi. QQS summasi esa (130 000 x 15: 120 000) = 16,25 000 sо‘mni tashkil etadi , va u byudjetga tо‘lanishi lozim;
2) agar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati hisobotda QQS hisobga olinib aks ettirilishicha 120 000 sо‘mni, eskirish – 50 000 sо‘mni, qoldiq qiymati 70,0 000 sо‘mni (120 000 — 50 000) va sotish narxi - 70 000 sо‘mni tashkil etsa, soliq solinadigan aylanma miqdori (70 000— 70 000) = 0 sо‘mni tashkil etadi. QQS summasi ham (00 x 20 : 120 000) = 00 000 sо‘mni tashkil etadi, ya’ni soliq solinadigan aylanma yо‘q;
3) agar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati hisobotda QQS hisobga olinib aks ettirilishicha 120 000 sо‘mni, eskirish - 50 000 sо‘mni, qoldiq qiymati 70 000 sо‘mni (120 000 — 50 000) va sotish narxi - 50 000 sо‘mni tashkil etsa, unda bu misolda ham soliq solinadigan aylanma yо‘q, chunki sotish narxi qoldiq qiymatidan kam.
Yangi soliq soliq konsepsiyasiga muvofiq qо‘shilgan qiymat solig‘i xususida ayrim ma’lumotlarni keltirib о‘tamiz. Keyingi yillarda QQS hisobidan byudjet daromadlarining 30 foizidan kо‘prog‘ini tashkil topmoqda.
Bu soliq yuqorida ta’kidlaganimizdek, bizning mamlakatimizda 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan bо‘lsa-da xorijda о‘tgan asrning 50-yillaridanoq ma’lum bо‘lgan.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish