Mashg’ulotning maqsadi: Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi hamda O‘zbekiston Respublikasining soliq solishga oid xalqaro shartnomalarining qo‘llanilishi o’rganish.
TOPSHIRIQ
Insert usulidan foydalanib jadvalni to’ldiring
Insert - samarali o’qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o’qib-o’rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o’qib chiqib, «V. q. -. ?» belgilari orqali o’z fikrini ifodalaydi.
Matnni belgilash tizimi
(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(q) – yangi ma’lumot.
(-) – men bilgan narsaga zid.
(?) – meni o’ylantirdi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur.
Insert jadvali
Tushunchalar
|
V
|
q
|
-
|
?
|
Soliqqa tortish tizimining normativ-huquqiy asoslari
|
|
|
|
|
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi
|
|
|
|
|
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi
|
|
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasining soliq solishga oid xalqaro shartnomalarining qo‘llanilishi
|
|
|
|
|
YUridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari
|
|
|
|
|
moliyaviy munosabatlar
|
|
|
|
|
Konstitusiyaning 51-moddasi
|
|
|
|
|
Soliq huquqi manbalari
|
|
|
|
|
TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
Soliqqa tortish tizimining normativ-huquqiy asoslari.
Soliqqa tortish tizimining huquqi normalari ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi (ma’muriy-buyruqbozlik) uslubidan butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish – bozor munosabatlarining tub negizini tashkil etdi. Ushbu jarayonda soliq tizimini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, uning asosini - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi tashkil etadi. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – soliq huquqining asosiy manbasi sifatida, soliq tizimining boshlang‘ich huquqiy asoslarini va asosiy prinsiplarini belgilab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |