24-Mavzu: Soliq qonunchiligi iborasining nazariy ta’rifi
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida soliqlardan imtiyozlar berish ko`rsatib o`tilgan. Imtiyoz deganda boshqa shaxsga nisbatan ustunlik tushuniladi. Imtiyozda odatda, a'lo baholarga o`qigan talaba boshqalarga nisbatan ko`proq stipendiya oladi va hokazo. Lekin soliqlarda imtiyoz deganda soliq ko`p olinmaydi, balki soliq og`irligi yengillashtiriladi (kamaytiriladi). Shuning uchun ham soliqlarda imtiyoz emas balki yengillik so`zi soliq munosabatlarini to`liqroq ifodalaydi.
1. Soliqlar orqali iqtisodiyotni qanday boshqariladi?
2.. Soliq imtiyozlari nima? NAZORAT SAVOLLARI: 1. Soliqqa tortish obektiga qarab soliqlar qanday guruhlanadi? 2. Oborotdan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi? 3. Daromaddan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi? 4. Mol-mulk va yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlami kiritish mumkin? 5. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab qanday guruhlanadi? 6. To‘g‘ri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi va u nima uchun to‘g‘ri soliq deb ataladi? 7. Egri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi? 8. Egri soliqlaming ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsating. 9. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlaming farqi nimadan iborat? 10. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlaming o‘ziga xos xususiyatlari nima?
25-Mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari Soliq davlat yashashining moliyaviy manbayi bo`lganligidan soliq siyosatini ishlab chiqishning asosiy tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o`z qo`lidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib uni ishlab chiqadi. Bunday tashkilotlarga Davlat soliq qo`mitasi, Moliya vazirligi va boshqa ilmiy uslubiy tashkilotlar kiradi. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlar mohiyati, ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o`rganiladi. Yangi kiritilayotgan soliqlaming ilmiy asoslanganligi tekshiriladi. Amaliyotchi yirik mutaxassislar fikrini eshitib, erkin bahslashuvlar o`tkazib, so`ng bir qarorga kelishi zarur. Hech qachon faqat biron soha mutaxassislari taklifini ic/da olib, ularga qarab qaror qilishi to`g`ri bo`lmaydi. Chunki har sohaning vakili o`z sohasining vazifalaridan kelib chiqib taklif qilishi mumkin.