Doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun yer uchastkalari taqdim etiladi: - О‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga;
- sanoat, transport hamda boshqa noqishloq xо‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga;
- chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish hukuqi yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat xujjati bilan tasdiqlanadi.
Yer uchastkalariga egalik qilish, foydalanish, ijaraga olish va ularga mulk huquqini berish (sotish) yer uchastkarini ajratish tartibida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda ajratiladi.
Egalik huquqidagi, foydalanishdagi, ijaradagi va ularda mulk huquqidagi bо‘lgan yer uchastkalarini ajratishdan (sotishdan) avval yer uchastkalarini belgilangan tartibda olib qо‘yilgandan (qayta sotib olingandan) keyingina amalga oshirish mumkin.
Sanoat korxonalari, temir yо‘llar va avtomobil yо‘llari, aloqa va elektr uzatish liniyalari qurish, magistral о‘tkazuvchi quvurlar yotqizish uchun, shuningdek qishloq xо‘jaligi bilan bog‘liq bо‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xо‘jaligiga mо‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xо‘jaligi uchun yaroqsiz bо‘lgan yerlar yoxud qishloq xо‘jaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi).
О‘rmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan о‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.
Yer tuzish xizmati organlari tomonidan berilgan (realizatsiya qilingan)y er uchastkasining chegaralarini naturada (joyning о‘zida) belgilagunlariga va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar ana shu uchastkaga egalik qilish va undan foydalanish ta’qiqlanadi.
Yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanish uchun berish (realizatsiya qilish) tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkalaridan muddatli foydalanish quyidagicha bо‘lishi mumkin:
- qisqa muddatli - uch yilgacha;
- uzoq muddatli - uch yildan о‘n yilgacha;
Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari qishloq xо‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yigirma besh yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasiga nisbatan huquq vakolat berilgan organlar qarorlari asosida yer maydonining chegarasi, yerning plani, yer uchastkasi tuzilishi va davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi hujjatlari rasmiylashtirilgandan sо‘ng beriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bо‘lgan huquqni Davlat rо‘yxatidan о‘tkazish vakolat berilgan organlar tomonidan arizani (yer uchastkasiga egalik huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) taqdim etilgandan sо‘ng о‘n kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlari asosida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir. Yer uchastkasini shartnoma asosida quyidagilar ijaraga beradilar:
- О‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga - tuman va shahar hokimlari;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Qishloq xо‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xо‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qо‘yishi mumkin. Ular о‘zlarining yer uchastkalarini boshqa yuridik shaxslarga ijaraga berish huquqiga ega emaslar.
Ijaraga berilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish ta’qiqlanadi. Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, xadya, ayirboshlash obyekti bо‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlarni olish uchun garovga qо‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bо‘lgan о‘zining ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qо‘yishga haqlidir.
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlab qо‘yiladi.
Qishloq xо‘jaligiga mо‘ljallanmangan erlar ijaraga 50 yilgacha bо‘lgan, biroq 30 yildan kam bо‘lmagan muddatga berilishi mumkin.Ijara haqi tо‘lash majburiyati fuqarolik-huquqiy xarakterga ega bо‘lgan shartnomalardan va uning byudjetga tо‘lanishi esa yerning davlat mulki bо‘lganligidan kelib chiqadi.
Ijara haqini byudjetga (savdo-sotiq korxonalaridan tashqari) yer uchastkalarini О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat organ-larining qarorlariga asosan ijaraga olgak shaxslar tо‘laydi. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bо‘lgan yer uchastkalari ijaraga berilganda tо‘lanadigan ijara haqi byudjetga emas, balki yer uchastkalari egalariga tо‘lanadi.
Yerdan foydalanganlik uchun haq tо‘lanadi. Yer uchun haq ikki kо‘rinishda undiriladi: 1. О‘z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bо‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq tо‘laydilar. Yer uchun haq har yili tо‘lanadigan yer solig‘i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.
2. Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin u yer solig‘i stavkasining bir baravaridan kam va uch baravaridai kо‘p bо‘lmasligi kerak, yerdan qishloq xо‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqsirda yer solig‘i stavkasining bir baravari miqdorida bо‘ladi.
Belgilangan tartibda taqdim etilgan yer uchastkalari uchun yer uchastkasining foydalanishligidan qat’iy nazar yer solig‘i tо‘lanadi.
Yer solig‘i, soliq tо‘lovchining joylashgan sektoridan qatiy nazar, hududida yer uchastkasi joylashgan tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga tо‘lanadi. Agar yer uchastkasi ham tuman, ham shahar hududida joylashgan bо‘lsa, soliq huddi shu tartibda tо‘lanadi.
Masalan, Toshkent shahrining ma’muriy chegarasi korxona yerlarining о‘rtasidan о‘tgan va uning yerlari bir qismi Toshkent shahri Akmal Ikromov tumanining hududida, boshqa qismi esa Toshkent viloyati Zangiota tumanining hududida bо‘lib qolsa, korxona shahar hududida joylashgan yer qismi uchun yer solig‘ini shahar uchun stavkalar bо‘yicha hisob-kitob qiladi va hisob-kitobni Akmal Ikromov tumani Davlat soliq inspeksiyasiga topshiradi hamda soliqni shahar byudjetiga tо‘laydi. Zangiota tumani hududida joylashgan yer qismi uchun hisob-kitob Toshkent viloyatining qishloq joylari uchun stavkalar bо‘yicha amalga oshiriladi, hisob-kitob tuman Davlat soliq inspeksiyasiga topshiriladi va Soliq tuman byudjetiga soliq tо‘lanadi.