Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari. Yer qobig’I



Download 421 Kb.
bet1/8
Sana16.03.2022
Hajmi421 Kb.
#495114
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari. Yer qobig’I (litosfera, gidrosfera)


Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari. Yer qobig’I (litosfera, gidrosfera)


Reja:
1. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati.
2. Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari
3.Quyosh sistemasi haqida tushuncha.
4 . Sayyoralarning yulduzdan farqi


Insonni o‘zi yashab turgan dunyoni bilish va o‘rganish masalasi juda qadimdan qiziqtirib kelgan. Darhaqiqat, bizni o‘rab turgan havo qatlami, oyog’imiz ostidagi yer, tirikligimiz asosi havo, butun borliqning hayot manbai Quyosh, Koinot, yulduz, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda ham qiziqarliligi bilan e'tiborni tortmay qolmaydi. Shu bois borliq olam va undagi tirik organizmlar, bu organizmlarning yashash tarzi, oziqlanish, ko‘payish tartiblari, odamning paydo bo‘lishi, atom molekulalari, hujayra, bir hujayrali organizmlar va ularning shakllanishi fanda alohida ahamiyatga ega. XIX asrga kelib, fanning taraqqiyoti o‘ta jadallashdi, u qator bo‘limlarga, shuningdek, gumanitar va tabiiy fanlarga bo‘lindi. Tabiiy fanlar barcha fanlarning boshlang’ich nuqtasi bo‘lib, u dunyoning boshlanishidan hozirgacha bo‘lgan jarayonlarni insonga bog’liq holda emas, balki tabiiy ravishda rivojlanishini o‘rgatadi. "Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi" fani oliy ta'lim tizimida yangi fan bo‘lib, qator tabiiy fanlarni o‘z ichiga oladi. Bu fan haqida yozishga chog’lanar ekansan o‘ylab qolasan, o‘zingga o‘zing yashab turganimiz organik dunyoni va uning barcha tabiiy fanlarini mukammal bilamanmi, deya savol berasan. Yo‘q, ularni hali hech kim mukammal bilmagan, bilmaydi ham.  Lekin bu borada o‘rganishlar, izlanishlar davom etayapti, davom etaveradi... Va bu jarayonda ishtirok etayotganing taskin beradi. Tabiiy fanlarning hammasi aniq fanlar bo‘lib, inson bu fanlarning rivojida to‘g’ridan-to‘g’ri yoki nisbiy holda ishtirok etadi. Fan keng va jadal taraqqiy etgan bugungi sharoitda, tabiiy fanlarni bilmagan va o‘rganishga qiziqmaganlarni tom ma'noda ma'lumotli deb bo‘lmaydi. Chunki odamning o‘zi tabiat ilmi yoki fani bilan yonma-yon qadam qo‘ymoqda. Qolaversa, odam o‘zi tashkil topgan hujayra va oqsillarga qiziqishi va ularni bilishga harakat qilishi lozim. "Hujayra", "oqsil" yoki "elektr" so‘zlarining o‘zi odamga deyarli hech narsa bermaydi. Fanga qiziqish ularni nazariy jihatdan o‘rganishga intilgandagina boshlanadi. Ushbu fan, ijtimoiy gumanitar sohalardagi talabalarga biz yashab turgan organik olam va tabiatning bir butunligini tirik organizmlar va jismlarning o‘zaro bog’liqligini, aloqasini tabiiy fanlar vositasida o‘rgatadi. Gumanitar fanlarni tabiiy fanlarga bog’lab, yashab turgan dunyomizdagi bog’liqlikni talabalarga o‘rgatish ularning tabiiy- ijtimoiy ongini boyitadi, deb o‘ylaymiz. Hozirgi zamon tabiiy fanlarini o‘rganishda nimalarga e'tibor qaratiladi? Ma'lumki, bunda avvalo biologiya, genetika, ijtimoiy biologiya, nisbiylik nazariyasi, sinergetika, ekologiya, etalogiya, astronomiya va boshqa fanlarni o‘rganishga ahamiyat beriladi. Ko‘p qirrali bo‘lgani uchun ham bu fandan dars berish o‘qituvchidan katta bilim va izlanishni talab qiladi. Har bir mavzuni bayon qilishda ham, unga aloqador turli misol va nazariy tushunchalar, tajribalar hamda voqelikni yetkazishda ham tegishli sohalardagi buyuk olimlarning fikrlariga tayaniladi. Ta'kidlash kerakki, hayotimizdagi ko‘p narsalar ilmiy uslubga asoslangan. Turmush tarzimizda va ish faoliyatimizda bilib-bilmagan holda ilmga asoslanib yashaymiz. Qolaversa, faoliyatimizning ko‘p tomonlari ilm bilan bog’liq. Har bir insonga tabiiy fanlar u yoki bu darajada kerak. Bugungi talaba faqat ijtimoiy gumanitar fanlar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Aks holda dunyoning rivojlanishini va voqelikni ijtimoiy, falsafiy jihatdangina anglaydi. Dunyoviy fanlarni yaxshi o‘rganish uchun gumanitar va tabiiy fanlarni bir-biriga bog’liq holda o‘rganish lozim. Bu vazifani ta'lim tizimiga yangi kirib kelgan «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» fani bajaradi. Bu fan tabiiy va gumanitar fanlarning bir-biri bilan chambarchas bog’liqligini, biz yashab turgan olamni o‘rganishdagi, bilishdagi ahamiyatini, bu haqda umumiy tushuncha berish uchun xizmat qiladi. Bu fan nomidagi "konsepsiya" so‘zi nimani anglatadi? Ma'lumki qator tabiiy fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog’liq. Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, shu bilan birga barcha fanlarning rivojlanish jarayonlaridagi ilmiy izlanishlar va kuzatuvlarning natijalarida nazariyalarda, qonunlarda, gipoteza yoki farazlarda, modellar, yo‘nalishlar, empirik umumlashmalar tarzida bo‘ladi. "Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi" fanini o‘rganar ekanmiz, avvalo, u qanaqa fan, qachon va qanday paydo bo‘lgan, uning tarixi,tarkibi va rivojlanish jarayoni qanday bormoqda, degan savollarga javob izlaymiz.Ustiga ustak bu jarayonda qadimgi zamon fani, o‘rta asrlar fani, hozirgi zamon fani, Sharq va G’arb olimlarining fandagi xizmatlari, ijtimoiy, falsafiy va tabiiy qarashlari, borliqning va odamning paydo bo‘lishiga oid bir-biriga zid fikrlarga duch kelamiz. O‘qituvchi bunday paytda talabalarga bu boradagi ijobiy fikrlarini yetkazishi, ular orasida o‘zaro qizg’in bahs olib borilishiga turtki berishi, uni asosli fikrlarga tayangan holda o‘zi xulosalashi zarur.

Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish