Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliqni hisoblab chiqarish va soliqni tо‘lash tartibi



Download 5,22 Mb.
bet128/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

3.Soliqni hisoblab chiqarish va soliqni tо‘lash tartibi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq tо‘lovchi - О‘zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Agar kо‘chmas mulk soliq tо‘lovchining soliq bо‘yicha hisobga olish joyida joylashmagan bо‘lsa, hisob-kitob kо‘chmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Soliq davri mobaynida soliq tо‘lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bо‘yicha joriy tо‘lovlar tо‘laydilar.
Joriy tо‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq tо‘lovchilar joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan sanadan e’tiboran о‘ttiz kundan kechiktirmay, davlat soliq xizmati organlariga mо‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun mol-mulkning о‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (о‘rtacha yillik qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi tо‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bо‘yicha majburiyatlari soliq davrida yuzaga kelgan soliq tо‘lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi tо‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran о‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar.
Hisoblab chiqarilgan joriy tо‘lovlar quyidagicha tо‘lanadi:
- mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining tо‘rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay;
- mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq tо‘lovchilar tomonidan - yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining о‘n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Soliq davri mobaynida mо‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza о‘zgargan taqdirda soliq tо‘lovchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi tо‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy tо‘lovlarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning о‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida tо‘lanishi lozim bо‘lgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi joriy tо‘lovlar hisobga olingan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay byudjetga о‘tkaziladi.
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bо‘yicha joriy tо‘lovlar summasi hisob-kitobga kо‘ra byudjetga tо‘lanishi lozim bо‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy tо‘lovlarni yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
О‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bо‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq О‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay tо‘lanishi kerak.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish