Korporativ boshqaruvning nemis modeli. Nemis modelining AQSH modelidan farqli o‘laroq, aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko‘pini bir-birining aksiyalariga egalik qilish tizimi o‘z ichiga oladi. SHaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalarning taxminan 16 foiziga egalik qiladi) ular aksiyalarining ko‘p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko‘rinishiga ega bo‘lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig‘iga ko‘ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. SHuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo‘lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig‘i) tashkilot-investorlar tomonidan boshqariladi (o‘zlari aksiya egalari bo‘lmasa ham).
Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlar qo‘lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari o‘z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bo‘ladilar. Oqibatda, ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan ko‘proq darajada manfaatdordirlar. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali boiishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan o‘zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga monand bo‘lsa.
SHunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan O‘zbekiston uchun o‘ziga xos echimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellarning shunchaki nusxasi bo‘lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bo‘ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham o‘zgartirib boriladi (-rasmlar).
Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil qilinish sur’atlari o‘sishiga va korporativ tuzilmalarning tubdan o‘zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada to‘g‘riroq bo‘ladi. Kompaniyalar o‘z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlarning muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qiiish mas’uliyatini o‘z zimmalariga olishlari kerak.
Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari -jadvalda ko‘rib o‘tiladi.
-jadval
Korporativ boshqaruv modellarining o‘zaro farqli jihatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |