Ta’kidlash joizki, korporativ boshqaruv mezonlari juda xilma-xil. Biz zarur hollarda kompaniya faoliyatining detalli tahlilini ularga asoslash yoki korporativ boshqaruv samaradorligi bahosini chiqarishda muayyanlashtirilishi mumkin bo‘lgan eng umumiy mezonlarni ajratdik, xolos.
Sanab o‘tilgan mezonlar samarali korporativ boshqaruvdan qator afzalliklarni hadya etadi:
Strategik qarorlar qabul qilishni takomillashtirish.
Moliyaviy resurslar jalb qilish.
Kompaniyaning davlat organlari bilan aloqalarini yaxshilash.
Menejerlarning aksiyadorlar bilan aloqalarini yaxshilash.
Korporativ nizolarning oldini olish.
Korporativ boshqaruvni baholashning mavjud usullari orasida kompaniyalarda korporativ boshqaruv reytinglari va u yoki bu kompaniyada korporativ boshqaruv monitoring tizimi ajratib ko‘rsatiladi.
Korporativ boshqaruv tahliliy reytinglari moliyaviy va statistika ma’lumotlari asosida tuzilib, ekspertlar tomonidan tahlil qilinadi.
Dastlabki korporativ boshqaruv sifat reytinglari O‘zbekistonda 1999 yilda paydo bo‘lgani, bu reytinglar soni bo‘yicha biz dunyoda etakchi o‘rinlardin birida ekanimizga qaramay, investorlar hali ulardan to‘liq qoniqqani yo‘q. Qoidaga ko‘ra, reytinglar o‘ntadan o‘ttizta, uzog‘i bilan qirqtagacha kompaniyalarni qamrab oladi, bu esa ikkinchi eshelon aksiyalari bilan ishlaydigan investorlar uchun etarli emas. Birinchi navbatda aynan shu investorlar axborot ko‘magiga muhtojlik sezadi. Bundan tashqari, ko‘plab reytinglar yoki korporativ boshqaruvning tor jihatlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi, yoki ularga asos sifatida kam qo‘llanadigan ideal model olingan bo‘ladi.
«RID-Eks-pert RA» korporativ boshqaruv reytingi to‘rt guruhdagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha integral baholashni ifodalaydi:
I. Aksiyadorlar huquqlari (mulkchilik huquqini amalga oshirish, jamiyatni boshqarishda qatnashish, foydadan ulush olish, huquqlarni buzishning risk darajasi, aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamiyatning qo‘shimcha majburiyatlari mavjudligi).
II.Nazorat va boshqaruv organlari faoliyati (direktorlar Kengashi va ijroiya organlari tarkibi va faoliyati, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat tizimi, nazorat va boshqaruv organlari o‘rtasida o‘zaro alqalar). Axborotni ochib berish (moliyaviy va nomoliyaviy axborotni ochish darajasi, axborotni ochish umumiy intizomi, axborotning hamma uchun bir xilda ochiqligi).
Boshqa manfaatdor tomonlarning manfaatlariga rioya qilish va korporativ ijtimoiy javobgarlik (ijtimoiy javobgarlik va boshqa manfaatdor guruhlar manfaatlarini hisobga olish siyosati, mehnat nizolari, xodimlar va mahalliy aholi uchun ijtimoiy loyihalar, ekologiya).
Korporativ boshqaruv sifatiga qarab reyting qatnashchisi bo‘lgan kompaniyalar quyidagi reyting sinflaridan biriga kiritilishi mumkin:
A sinfi. A sinfiga korporativ boshqaruv darajasi yuqori bo‘lgan, mamlakat qonunchiligi talablariga rioya qiladigan, shuningdek, o‘z amaliyotida sezilarli darajada korporativ xulq-atvor kodeksiga amal qiladigan kompaniyalar kirititiladi. Reyting bahosi berish paytida bu kompaniyalarda aksiyadorlar huquqlarini buzish, kompaniya ijroiya organlarining insofsiz faoliyat yuritish va sifatsiz axborot taqdim etish riski bo‘lmaydi. Aksiyadorlik jamiyatlari «boshqa manfaatdor shaxslar»ning manfaatlarini hisobga oladi va korporativ ijtimoiy javobgarlik borasida faol siyosat yuritadi. A sinfidagi kompaniyalar korporativ boshqaruv umumiy darajasi konservativ portfelli investorlar mablag‘larini jalb qilish uchun etarli hisoblanadi;
V sinfi. V sinfitarkibiga korporativ boshqaruv darajasi qoniqarrli bo‘lgan, amaldagi qonunchilik talablarini buzmaydigan va korporativ xulq-atvor kodeksi asosiy qoidalarini qisman bajaradigan kompaniyalar kiradi. V sinfidagi kompaniyalar faoliyati aksiyadorlar huquqlarini buzish, kompaniya ijroiya organlarining insofsiz faoliyat yuritish va sifatsiz axborot taqdim etish bo‘yicha ma’lum bir risklar bilan bog‘liq. Ushbu reyting sinfiga mansub aksiyadorlik jamiyatlari o‘z amaliyotida «boshqa manfaatdor shaxslar»ning manfaatlarini qisman hisobga oladi. SHu bilan birga, V sinfidagikompaniyalar korporativ boshqaruv jami risklari qisqa muddatli yo‘naltirilgan investorlarning mablag‘larini jalb qilish uchun etarli. V sinfidagikompaniyalar aktivlariga resurslarni investitsiyalash esa investorlarga «daromadlilik-risk» optimal nisbatini taqdim etadi;
S sinfi. S sinfi korporativ boshqaruv darajasi past bo‘lgan, o‘z faoliyatida u yoki bu darajada amaldagi qonunchilik talablarining buzilishi va korporativ xulq-atvor kodeksining asosiy qoidalariga amal qilmaslikka yo‘l qo‘yadigan kompaniyalarni birlashtiradi. S sinfi kompaniyalariga reyting baholari berish davomida aksiyadorlar huquqlarini buzish, kompaniya ijroiya organlarining insofsiz faoliyat yuritish va sifatsiz axborot taqdim etish yoki umuman axborot bermaslik risklari aniqlandi. Reyting bahosi berish paytda aksiyadorlik jamiyatlari «boshqa manfaatdor shaxslar»ning manfaatlarini umuman hisobga olmagan va korporativ ijtimoiy javobgarlik borasida siyosat yuritmagan. Korporativ boshqaruv darajasi past kompaniyalarni investitsiyalash jami risklari ancha katta;