Boshqaruvning matritsali strukturasi
SHuni qayd qilib o`tish kerakki, boshqaruv funktsiyalari o`rtasida qat`iy chegara yo`q. Boshqaruv faoliyatining bitta turi boshqaruvning bir nechta funktsiyalari belgilariga ega bo`lishi va ular o`zaro chambarchas bog`lanib ketishi mumkin. SHu bilan birga qar bir funktsiya o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularni bilish raqbarning professional maqorati shakllanishida muqim rol o`ynaydi.
Korxonani boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o`tish va jamiyatning demokratik tamoyillari kuchayishi,
turli korxonalarning - yirik va kichik korxonalarning, shuningdek, xodimlar soni 20
kishigacha bo`lgan mikrofirmalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bermoqda.
Amaliyotdan shu narsa ma`lumki, korxona turi boshqaruv apparatining
shakllanishi va tashkiliy tuzilmasiga sezilarli ravishda ta`sir ko`rsatadi. Masalan, o`rta va ayniqsa, kichik korxonalar uchun yirik korxonalarning boshqaruv tuzilmasini ko`rko`rona ko`chirib olish maqsadga muvofiq emas. Bu qimmatga tushishi va ko`p mehnat talab qilishidan tashqari ma`nosiz qamdir. SHu sababli o`rta va kichik korxonalarning moslashuvchanligi, qarakaatchanligi va bozor kon`yunkturasiga ta`siri ularning tashkiliy tuzilmasi soddaroq va optimal tarzdaligi bilan asoslab beriladi. Kichik korxonalarda asosan yirik korxonalarga xos bo`lgan katta funktsional bo`lim va xizmatlar mavjud bo`lmaydi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sharoitlarida aktsionerlik
korxonalarini (jamiyatlarini) boshqarishga katta qiziqish uyg`ongan. Bunday
korxonalarning jamoalari ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmani boshqarishda
ishtirok etadi. YAkka boshqaruv tamoyillariga asoslangan davlat korxonalaridan
farqli ravishda aktsionerlik korxonalari (jamiyatlari) boshqaruv shakli, usuli va
tuzilmasini o`zlari mustaqil ravishda tanlaydilar, ishlab chiqarish faoliyati siyosati va
shtatlarini belgilaydilar.
Aksiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)da kuzatuv kengashi, boshqarma va
aktsionerlarning umumiy yig`ilishi boshqaruv organi vazifasini bajaradi. Ularning
faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar
ququqini qimoya qilish to`g`risida”gi qonuniga, shuningdek, boshqa ququqiynormativ qujjatlarga, jumladan, aktsiyadorlik jamiyatining ichki tartib va qoidalariga asosan yuritiladi.
Aksiyadorlik korxonasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasida ta`sischilar
tarkibiga bog`liq bo`lgan-ta`sischilar kengashi muqim o`rin egallaydi. Masalan, ochiq
turdagi aktsiyadorlik korxonalarida ta`sischining eng kam soni belgilanmagan, yopiq
turdagi aktsiyadorlik korxonalarida esa ta`sislarning eng kam miqdori uch kishi qilib
belgilangan. Bundan tashqari ularning qar biri aktsiyador bo`lishi shart.
Ta`sischilar aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ning raqbarini tayinlaydilar
qamda bu raqbar keyinchalik aktsiyadorlar nomidan ishlab chiqarish va xo`jalik
faoliyati bo`yicha barcha xatti-qarakatlarni bajaradi va buning uchun javobgar
qisoblanadi. Aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ni boshqarishda kuzatuvchilar
kengashi muqim o`rin tutadi qamda quyidagi ququqlarga ega bo`ladi:
•korxona faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini belgilash;
•aktsiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig`ilishlarini chaqirish;
•aktsiyadorlarning umumiy yig`ilishi kun tartibini tayyorlash;
•umumiy yig`ilishda qatnashish ququqiga ega bo`lgan aktsiyadorlar ro`yxatini tuzish;
•korxona (jamiyat) Nizomiga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish masalasini kiritish;
•korxonaninng Nizom jamg`armasini e`lon qilingan aktsiyalar turi va miqdoriga ko`ra, aktsiyalarning nominal qiymatini oshirish yordamida ko`paytirish;
•obligatsiya va qimmatbaqo qog`ozlarni joylashtirish;
•korxona mulkining bozor qiymatini belgilash;
•ijroiya organi raqbari (direktor, boshqarma raisi) va a`zolarini tayinlash;
•jamiyat nomidan xodimlarni ishga yollash bo`yicha meqnat shartnomalarini tuzish;
•ijroiya organiga to`lanuvchi mukofot, rag`batlantirish va kompensatsiyalar hajmini belgilash;
•jamiyatning zaqira va boshqa jamg`armalaridan foydalanish;
•aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ning sho``ba bo`limlari va vakolatxonalarini ochish;
•jamiyat Nizomida belgilangan, kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa masalalarni qal qilish.
Kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan vazifalarni echish jamiyatning ijroiya organiga o`tkazilishi ijroiya organi a`zolari kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas.
Kuzatuv kengashi asosan saylov asosida tuziladi hamda saylov davomida eng ko`p ovoz olgan shaxs kengash a`zoligiga nomzod hisoblanadi. Jamiyatning moliyaviy va xo`jalik faoliyatini nazorat qilishda taftish qay`ati muhim o`rin egallaydi. Ushbu xay`at a`zolari umumiy yig`ilish tomonidan aktsiyadorlar qamda korxonaning aktsiyalarini sotib olmagan boshqa xodimlar orasidan saylanadi. Xay`at boshqaruvning moliyaviy-xo`jalik faoliyati nazoratini doimiy ravishda yoki umumiy yig`ilish, kuzatuv kengashi, korxona aktsiyalarining
10% dan ko`prog`iga birgalikda egalik qiluvchi bir guruq aktsiyadorlarning,
shuningdek, o`z tashabbusi bilan amalga oshirishi mumkin. Taftish hay`atining
xulosalari aktsiyadorlik korxonasining yillik qisoboti va balansini tasdiqlashda katta
aqamiyatga ega.
Ochiq turdagi aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ni boshqarishning namunaviy tuzilmasini quyidagi ko`rinishida aks ettirish mumkin:
Aktsiyadorlik korxonasini boshqarishning na`munaviy tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |