3.BOSHQARUVNING TASHKILIY TUZILMALARI VA FUNKSIYALARI
Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funktsiyalarini bajaruvchi turli xil bo`lim, xizmat va bo`linmalar tarkibi, o`zaro munosabatlari va bir-biriga bo`ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va aloqida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi. U boshqaruv organlarining ma`lum bir tartibini, qokimiyat va bo`ysinish aloqalarini, vertikal va gorizontal meqnat taqsimotining integratsiyalashuvini etadi. Boshqaruv tuzilmasi dinamik tarzda bo`ladi. U ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishi, boshqaruv ob`ektlarining qarama-qarshiliklari va qonuniyatlari qaqidagi bilimlarimiz darajasining o`sishiga bog`liq qolda o`zgarib boradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasiga korxonaning qajmi, uning ixtisoslashuvi va kooperatsiya aloqalari, mulkchilik shakli, qaysitarmoqqa tegishliligi, joylashgan hududi kabi omillar katta ta`sir ko`rsatadi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi bilan aloqada va ko`p jiqatdan unga bog`liq bo`ladi. Korxona qanchalik katta, ishlab chiqarish va unda foydalanuvchi meqnat qurollari va texnologiyalar qanchalik murakkab bo`lsa, boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatining funktsiyalari shunchalik murakkablashadi. Boshqaruv elementlari va bo`g`inlari o`rtasidagi aloqalarning shakli, tuzilmaviy bo`linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo`ysinuvchanligiga ko`ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud:
− chiziqli;
− funktsional;
− aralash (chiziqli-funktsional);
− matritsali.
CHiziqli boshqaruv tuzilmasining eng ko`p tarqalgan turi bo`lib, unga ko`ra boshqaruvning qar bir bo`g`ini o`zidan yuqorituruvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo`ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali qal etiladi. Bunday tuzilmada boshqaruv bo`g`inlari tizimi to`laligicha ishlab chiqarish bo`g`inlari tizimi bilan mos tushadi. Qar bir ishlab chiqarish jamoasi tepasida raqbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita bo`ysinadilar. Barcha boshqaruv funktsiyalari raqbar qo`lida mujassamlanadi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi qal qilinayotgan masalalar ko`lami unchalik katta bo`lmaganida samaraliroq bo`ladi. SHu sabablibunday tuzilmadan asosan tsex, ishlab chiqarish uchastkalari va kichik korxonalarni boshqarishda foydalaniladi. Bunday tuzilmaning quyidagi afzalliklari mavjud:
− boshqaruvning qar bir bo`g`ini uchun raqbar tayinlashning nisbatan osonligi
− boshqaruv qarorlarini tayyorlash va bajarishning tezkor (operativ) amalga oshirilishi
− boshqaruv funktsiyalarini bajarishning nisbatan osonligi.
Biroq boshqaruvning bu tizimida bir qancha kamchiliklar qam mavjud bo`lib, ularning asosiylari gorizontal aloqalarning tarqoqligi, boshqaruvdagi qaddan tashqari qattiqlik va ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi sharoitlaridagi cheklangan imkoniyatlarida namoyon bo`ladi. Boshqaruvning chiziqli tizimi quyidagi qollarda qo`llanadi:
− xodimlar soni 300-500 kishini tashkil qiluvchi qamda predmetli va texnologik ixtisoslashuv darajasi yuqori korxonalarda (metallga ishlov berish, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish, yig`ish, bir turdagi xizmat ko`rsatish);
− mahalliy sanoat korxonalarida (masalan, yog`ochni qayta ishlash, maqalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlash va hokazo).
Boshqaruvning funktsional tuzilmasi uchun boshqaruv va ob`ekt funktsiyalari bo`yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir. Bu yacheykalar bajarilishi shart bo`lgan qarorlarni boshqaruvning quyi pog`onasiga yoki bevosita ishlab chiqarish bo`g`inlariga etkazib beradi. Demak, boshqaruv funktsiyalar bo`yicha taqsimlanadi va funktsional bo`g`inlar tomonidan amalga oshiriladi, ular tomonidan tayyorlanuvchi boshqaruv qarorlari esa bajaruvchilarga kesishuvchan aloqa kanallari bo`yicha yetkaziladi. Boshqaruvning funktsional tuzilmasiga misol qilib bosh mutaxassislarning, ya`ni bosh iqtisodchi, bosh mexanik, bosh texnolog, bosh metallurg, bosh konstruktor xizmatlari(bo`limlari, guruqlari), shuningdek, korxona bosh buxgalteriyasini ko`rsatish mumkin. Boshqaruvning funktsional tuzilmasi amalda chiziqli tuzilma bilan kesishib o`tadi. Bunday sintez chiziqli yoki funktsional tuzilmaga qaraganda boshqaruvning chiziqli- funktsional tuzilmasini samaraliroq bo`lishi va keng tarqalishiga sabab bo`ladi. Bu holda boshqaruv ham chiziqli, ham funktsional rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning funktsional strukturasini quyidagi chizma orqali aks ettirish mumkin:
Boshqaruvning ushbu tuzilmasi afzalliklari quyidagilar:
•boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirish darajasining yuqoriligi;
•boshqaruv faoliyatining deyarli barcha soqalarini vakolat doirasida qamrab olish;
•ishlab chiqarish diversifikatsiyasining turli talab va shart-sharoitlariga moslashish imkoniyatlari;
•boshqaruv xizmatlari yoki bo`limlariga xodimlar tanlashning nisbatan osonligi.
Uning kamchiliklari qatoriga esa quyidagilarni kiritish mumkin:
• yakkaqokimlik tamoyilining buzilishi;
• kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish qamda ularning kompleksligini ta`minlash qiyinligi;
• boshqaruvning yuqori pog`onalari uchun raqbar tanlashning murakkabligi.
CHiziqli-shtabli tuzilma boshqaruv aralash tuzilmasining bir ko`rinishi bo`lib, unga chiziqli struktura asos qilib olingan. Boshqaruvning qar bir bo`g`inida shtablar tuzilib, uning tarkibiga muammolarni echish uchun malakali mutaxassislar taklif etiladi. Masalan, shtabli tuzilmalar tabiiy ofat, qalokat va kulfatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, yangi maqsulot yoki texnologiyani o`zlashtirish, to`satdan yuzaga kelgan, odatiy bo`lmagan vazifalarni echishda tuzilishi mumkin. Bunday qollarda boshqaruv shtabiga raqbarlarning vakolatlaridan kam bo`lmagan haq-huquqlar, vakolatlar beriladi.
Boshqaruvning matritsali tuzilmalari turli xil bo`lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funksiyalarini tashkiliy tuzilmalar o`rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan. Bu tuzilmalar ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, texnologik byurolar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik izlanishlari olib boriluvchi yirik korxonalarda keng qo`llaniladi.
Boshqaruvning matritsali tuzilmalari raqbarlardan juda yuqori boshqaruv vakolatini talab qiladi. Bunday tuzilmadan foydalanganda yuzaga keluvchi muammo va vazifalarni echish uchun vaqtinchalik ijodiy guruqlarni tuzish mumkin. To`g`ri, buning uchun jamoa oldida yuzaga keluvchi loyiqa topshiriqlarni bajarish uchun qo`shimcha xarajatlar talab qilinishi mumkin. Boshqaruvning istalgan tashkiliy tuzilmasini loyiqalashtirishda qamda amaliyotda qo`llashda tezkorlik, optimallik, ishonchlilik va tejamkorlik kabi asosiy talablarga javob bera olishiga e`tibor qaratilish lozim. Bu talablar qanchalik to`liq va yaxshi bajarilsa, korxonani boshqarish tizimining sifat ko`rsatkichlari shunchalik yuqori bo`ladi.
Amaliyot shuni ko`rsatadiki, boshqaruv ob`ekti va boshqaruvchi tizim (boshqaruv apparati) o`rtasida, boshqaruv funktsiyalari yordamida tartibga solinuvchi ma`lum bir munosabatlar yuzaga keladi.
Boshqaruv funktsiyalari ob`ektiv jihatdan zarur va albatta qaytariluvchi xattiqarakatlar majmuasi bo`lib, mazmuni va yo`nalish maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turadi. Boshqaruv funktsiyalari butun boshqaruv jarayoni davomida uzluksiz tarzda amalga oshiriladi qamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarishning turli bosqichlarida turli xil salmoqqaega bo`ladi. Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi funktsiyalarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1. Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullabyashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish.
2. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)– joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish qamda istiqbolni ko`ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish. Rejalashtirishdan farqli ravishda prognozlashtirish eqtimollik tavsifiga ega bo`ladi.
3. Tartibga solish – ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko`rsatkichlardan chetga og`ishlarni to`g`rilab borish.
4. Tashkillashtirish – kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalga oshirishga yo`naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo`naltirish.
5. Nazorat– joriy ko`rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(norma)larga mos kelish darajasini aniqlash.
6. Hisobga olish– korxonaning ma`lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga yakun yasash.
7. Tahlil – ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash qamda ulardan boshqaruvni asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish.
B o ` l i n m a l a r
Do'stlaringiz bilan baham: |