Asosiy fondlarning qayta tiklash va takomillashtirish.
Ishlab chiqarishning jadallashtirilgan taraqqiyoti tufayli asosiy fondlarni yangilash va jamg‘arish ularni qayta ishlab chiqarish (tiklash) deb ataladi.
Qayta tiklash oddiy va kengaytirilgan shaklida bo‘ladi.
Asosiy fondlarning oddiy tiklash eskirgan mehnat vositalarni yangilari bilan almashtirish (texnik xarakteristikalari o‘zgarmagan xolda) va kapital ta’mirdan iborat. Asosiy fondlarning kengaytirilgan tiklashi – bu yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, ularning rekonstruksiya va texnik jixatdan qayta jixozlash,
modernizatsiyalashtirish demakdir.
Bu ikkala tur tiklash ma’lum vazifalarni bajaradi, lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida birinchi o‘rinda korxonalarni texnik jixatdan qayta jixozlash va rekonstruksiya turadi.
Bu tur tiklashda kapital mablag‘larning asosiy qismi asosiy fondlarni aktiv qismini takomillashtirish va yangilashga sarflanadi.
Dastgohlarga sarf xarakatlarni o‘sishi ishlab chiqarish o‘sishiga olib keladi, mehnat unumdorligini, fond samarasini o‘sishini, mahsulot tannarxini kamayishiga imkon beradi.
Korxonalarni qayta jixozlash – bu alohida ishlab chiqarish, sex, uchastkalarni ilg‘or texnika, texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish, modernizatsiyalashtirish hamda eskirgan va emirilgan dastgohlarni yangi, unumliroq turlari bilan almashtirish, yordamchi o‘jaliklarni takomillashtirish asosida texnik-iqtisodiyot darajasini o‘stirishga qaratilgan chora- tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Korxonalarni rekonstruksiya va texnik qayta jixozlash asosiy fondlarni qayta tiklashining eng samarali yo‘nalishi hisoblanadi, chunki yangi qurilishga nisbatan yangi quvvatlarni joriy etish, ularni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy darajada yangilash qisqarok muddatda va kamroq kapital mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarning kengaytirilgan qayta tiklash shakliga yana modernizatsiya ham kiradi, ya’ni ularni ma’naviy emirilishini (to‘liq yoki qisman) bartaraf etish maqsadida yangilash va shu bilan barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini zamonaviy konstruksiyalar darajasiga ko‘tarish.
Dastgohlar modernizatsiyasi natijasida mahsulot hajmi va mehnat unumdorligi oshganda mahsulot tannarxi kamaysa, u iqtisodiy samara beradi va ishlab chiqarish rentabelligi oshadi.
Asosiy fondlar ta’miri va uni moliyaviy ta’minlash manbaalari
Asosiy fondlarning alohida ob’ektlari va ularning tarkibiy qismlari jismonan turlicha emiriladir.
Aktiv qismi – mashina va dastgohlar sust qismiga nisbatan intensiv jismoniy emiriladi.
Mehnat vositalarning ekspluatatsion foydalanish xususiyatlari, xossalarini tiklash hamda ekspluatatsiya muddati to’g’aguncha qadar ishchi xolatini ta’minlash ta’mir ishlari asosida amalga oshirladi.
Ta’mir ishlari joriy (tekuщiy) va kapital ishlarga bo‘linadilar.
Joriy ta’mir mobaynida murrakab bo‘lmagan detal, uzellarni almashtiriladi.
Kapital ta’mir asosiy fondlarning konstruktiv elementlari, uzellarni yangilash va tiklashdan iboart kapital ta’mir o‘tkazish vaqtida dastgohlarning ma’naviy emirilishini bartaraf etish maqsadida bir yo‘la ularning modernizatsiyasi ham amalga oshiriladi.
Kimyo korxonalarida texnologik jarayonlar agressiv muhit, yuqori xarorat va bosim, sutka bo‘yi, dam olish va bayram kunlari uzluksiz sharoitda o‘tishi bois ta’mirlarni rejali ravishda va sifatli amalga oshirish katta ahamiyatga ega.
xozirgi sharoitda korxona mexnat vositalarning ta’mirlari ishlab chiqarib sarflar evaziga o‘tkaziladi (normativlar asosida maxsulot tannarxi hisobiga ta’mirlash fondi tashkil etiladi).
Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Bozor munosabatlariga o‘tish va intensiv taraqqiyot yo‘liga o‘tish davrida asosiy fondlardang unumli, yaxshiroq foydalanish katta ahamiyatga ega. Buning natijasida mahsulot hajmi oshadi, mahsulot tannarxi kamayib, korxona jamg‘armalari ko‘payadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish darajasini tavsifi bo‘yicha 3 guruh ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
Dastgohlardan foydalanish darajasi ularning ekstensiv va intensiv nagruzkalariga bog‘liq hamda dastgohning vaqt va quvvat bo‘yicha foydalanish ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi;
dastgohlar parkidan foydalanish koeffitsienti Kp (bor apparatlardan qanchasi ishlatilishini aqs ettiradi);
dastgohlardan ekstensiv nagruzka darajasi ularning yil mobaynida ishlagan soati bilan belgilanadi.
Dastgohning ekstensiv foydalanish koefitsienti Keks uni xaqiqy ishlagan soatining reja bo‘yicha umumiy ishlashi zarur bo‘lgan soatlar soni nisbatiga teng:
eks=td.x./td.r.
Bu erda:
d.x. – dastgohning xaqiqiy ishlagan vakti (soat),
td.r. – dastgoxning norma bo‘yicha ishlaydigan vaqti (soat).
vaqti.
Misol: 5-ta sentrifuga birinchi kvartal mobaynida uzluksiz ishlagan kalendar
24*5*90-10800 soatga teng, xaqiqiy ishlagan ish vaqti fondi esa 8500 soat. U xolda sentrifugalarning Keks=8500/10800=0,787 ga teng, ya’ni ularning kalendar ish vaqti fondidan 78,7% darajada foydalanilgan.
Dastgohdan ekstensiv foydalanish yana uni ishining smenalik koeffitsienti bilan xam izohlanadi. Bu koeffitsient xar bir dastgoh har kuni o‘rtacha qancha smena ishlashini ko‘rsatadi.
Misol: ishlab chiqarish birlashmada 80 pech ishlaydi, jumladan bir smenada 20, ikki smenada 24, uch smenada 36 pech.
Pechlar ishining smenalik koeffitsienti:
Ksm=(1*20-2*24-3*36)/80=2,2 teng
Dastgoxdan quvvati bo‘yicha foydalanish yoki intensiv nagruzka koeffitsienti Kint vaqt birligida dastgox quvvati bo‘yicha qanday ishlatilganishi bildiradi va asosiy texnologik dastgoxning xaqiqiy quvvatini uni normativ quvvatiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni
Kint=Mx/Mn
Bu erda:
Mx – dastgoxning vaqt birligida ishlab chiqargan xaqiqiy mahsulot hajmi (unumdorligi);
Mn – vaqt birligida dastgohning normativ unumdorligi (texpasport ma’lumotiga asosan).
Misol: stanokning sutkalik unumdorligi (pasport bo‘yicha), ya’ni ishlab chiqargan mahsuloti 500 o‘lcham, xaqiqiy unumdorligi esa 400 o‘lcham mahsulotni tashkil qilgan, unda:
Kint=400/500=0,8
Bu dastgox quvvat (unumdorlig)i bo‘yicha faqat 80% da ishlatiladi.
Dastgoxdan foydalanishning integral koeffitsienti ekstensiv va intensiv koeffitsientlar ko‘paytmasiga teng bo‘lib, uni vaqt va quvvati (unumdorligi) bo‘yicha ekspluatatsiyasini kompleks ravishda izoxlaydi:
Kintegr=Keks*Kint
b) Ishlab chiqarish satxlardan foydalanish tavsiflarini aniqlashda bir kvadrat (1m2) ishlab chiqarish satxidan olinadigan maxsulot miqdori hisoblanadi. Ma’lum ishlab chiqarish jarayonlarida sexdagi dastgoxlar ham gorizontal, ham vertikal xolatda joylashtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich satxdan tashkari, yana binolarning hajmiga ham bog‘liq bo‘ladi, (masalan plastmassa, rezina ishlab chiqarishda). Bu gurux ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
dastgoxlar o‘rnatilgan ishlab chiqarish satxidan foydalanish koeffitsienti – dastgoxlar o‘rnatilgan satxning umumiy ishlab chiqarish satxiga bo‘lgan nisbati bilan belgilanadi;
ishlab chiqarish satxidan umumlashgan foydalanish koeffitsienti yoki 1 m2 ishlab chiqarish satxidan olinadigan mahsulot hajmi. Bu ko‘rsatkich natural yoki qiymat ifodadagi mahsulot hajmining ishlab chiqarish satxiga bo‘lgan nisbati orqali xisoblanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari quyidagilardir:
Fond samaradorligi (qaytimi) – 1 so‘mlik asosiy fondlarga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi bilan belgilanadi va keltirilgan tenglama bo‘yicha xisoblanadi:
Fs=My/Afur.y. so‘m/so‘m
Bu erda:
My – tovar yoki sotilgan mahsulot hajmi, so‘m;
Afur.y – asosiy ishlab chiqarish fondlarning o‘rtacha-yillik qiymati, so‘m.
Fond samaradorligini oshirish xar bir sanoat korxonaning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi:
ishlab chiqarish fondlarni texnik jixatdan takomillash (yangi texnika asosida rekonstruksiyalash, ilg‘or, progressiv texnologiyalardan foydalanish, dastgoxlarni modernizatsiyalash va h.k.).
ishlab chiqarish satxlar va texnikani optimal yuqlash (zagruzka qilish). Buning uchun texnikaning loyixa quvvatiga erishishini
tezlashtirish, alohida uchastkalar quvvatlarini muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish satxlardan ratsional foydalanish, ishda tezkor usullarni va mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish zarur;
dastgoxlar, uskuna va mashinalar ish vaqtini ko‘paytirish (o‘rnatilmagan dastgoxlarni jorish qilish, smenalik koeffitsienti ko‘tarish, ta’mir vaqtlarni qisqartirish va x.k.).
Fond sig‘imi - Fsg‘, fond samaradorligiga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, 1 so‘m mahsulotga to‘g‘ri keladigan fondalr qiymatini ko‘rsatadi va asosiy ishlab chiqarish fondalr o‘rtacha-yillik qiymatini yillik maulot xajmiga bo‘lgan nisbati asosida hisoblanadi, ya’ni:
Fsg = Afur.y./Mi so‘m/so‘m
Fond ta’mini darajasi – asosiy fondlar qiymatining sanoat ishlab chiqarish xodimlar soniga bo‘lgan nisbatidir:
Ft = Afur.y./Np so‘m/kishi
1. Ishlab chiqarish (asosiy va aylanma) fondlardan unumli foydalanish ko‘rsatkichlardan yana biri -–umumiy rentabillik ko‘rsatkichdir (Ru) va u balans foydaning (Fb) ishlab chiqarish fondlar (asosiy fondlarning o‘rtacha-yillik qiymati Afur.y. hamda normalashgan aylanma mablag‘lar Om qiymati) nisbatiga teng, ya’ni:
Ru=Fb/(Afur.y.-Oi.m.)*100%
Asosiy fondlar tarkibi va strukturasini izoxlovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
fondlarni yangilash koeffitsienti:
Kya=Afj(k)/Afy.o.
Bu erda:
Afj(k) – ma’lum davr mobaynida joriy qilingan, kiritilgan asosiy fondlar qiymati;
Afy.o. – shu davr oxirida asosiy qiymati.
asosiy fondlarni chiqish koeffitsienti:
Kchiq=Afchiq/Afbosh
Bu erda:
Afchiq – ma’lum davr mobaynida chiqarilgan asosiy fondlar qiymati; Afbosh – shu davr boshidagi asosiy fondlar qiymati.
V) asosiy fondlarning o‘sish koeffitsienti:
Ko‘=(Afj(k)-Afchiq)/Afbosh
Asosiy fondlar samaradorligini o‘stirish ularni yuqlash darajasi (ayniqsa aktiv qismi) ni oshirish, fondlarni yangilash, ilg‘or, progressiv dastgox, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va malakali xodimlar mexnatidan foydalanish kabi chora- tadbirlar asosida oshirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |