Ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishlab chiqarish fondlar emirladilar.
Emirilishning ikki turi mavjud – jismoniy (tabiiy) va ma’naviy.
Jismoniyemirilish– bu asosiy fondlarning asta-sekin o‘z foydali, eksplutatsion xossalarini yo‘qotishidir. Bu tur emirilish ularning aktiv ishlashi natijasida yoki ishlamagan xolda ham atmosfera sharoitlar ta’siri ostida vujudga keladi (metall korroziya, yog‘och chirishi va x.k.).
Asosiy fondalrni yangilash bo‘yicha sarflarni qoplash bozor iqtisodiyoti va korxonalar o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash sharoitida korxonaning xususiy mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi. Bu mablag‘lar asosiy fondlarning butun xizmat davri mobaynida amortizatsiya ajratmalar ko‘rinishida jamg‘arilib boradilar.
Amortizatsiya– bu asosiy fondlar qiymatlaridan bir qismini maxsulot ishlab chiqarish sarflariga qo‘shib, emirilishini pul ifodada koplashdir. Amortizatsiya asosiy fondlarni eskirgan va ishlab chiqarishdan chiqargandan so‘ng ularni butunlay almashtirish yangilash maqsadida amalga oshiriladi.
Mahsulot sotilganda uning tannarxiga kiritilgan amortizatsion ajratmalar ham pul shakliga o‘tadi. Ular ishlab chiqarishni kengaytirish fondi jamg‘armasida yig‘ilib asosiy fondlarni qisman yoki butunlay tiklashga sarflanadilar.
Amortizatsiyanormasiasosiy fondlarning boshlang‘ich qiymatlariga nisbatan
%-dan o‘rtacha yillik eskirish miqdori yoki darajasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich asosan asosiy fondlar xizmat davriga hamda ularning likvid baxolariga (ishlab chiqarish doirasidan chiqarilgandagi qiymatlari) bog‘liq. SHuning uchun amortizatsiya normalar xisobida asosan asosiy fondlarning xizmat davrlarini aniqlanishi lozim.
Xar bir tur asosiy fondlar uchun o‘z normativ xizmat davri mavjud va u ushbu turning mahsulot ishlab chiqarishidagi ishtiroq darajasiga qarab belgilanadi.
SHuning uchun amortizatsiya normasi xar qaysi gurux yoki xatto aloxida tur uchun belgilanadi. Asosiy fondlarning jismoniy emirilishlariga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardir:
materiallarning ko‘rinishi va sifati;
konstruksiyalarning texnologik jarayonlar xususiyatlari; qurilmalar sifati;
foydalanish darajasi (stepen nagruzki – yil mobaynida ishlangan kun, sutkadagi smena soni, bir smenada ishlangan soatlar miqdori);
boshqarish sifait (o‘z vaqtida tozalash, moylash, ta’mirlash);
tashqi sharoit ta’siridan asosiy fondlarning muxofaza darajasi (issiq, sovuq, namlik, qor-yomg‘orlardan);
ishchilar malakasi va ularning asosiy fondlarga bo‘lgan munosabatlari.
YUkorida qayd etilgandek, asosiy vositalar ob’ektlarining eskirishi — ular jismiy sifatlari yoki xossalari, buning oqibatida qiymati yo‘qolishi, eskirishining qiymat ko‘rsatkichidir. SHuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag‘larni jamg‘arishni ta’minlashi kerak. Bunday jamg‘arishga xarajatlarga ajratmalarni, ular amortizatsiya ajratmalari deb ataladi, kiritish hisobiga erishiladi.
Amortizatsiyani xisoblash va soliq solish bazasini belgilash jarayonini soddalashtirish maqsadida asosiy fondlar quyidagi miqdorlarda amortizatsiyaning yillik me’yori bilan ushbu besh guruhga birlashtiriladi:
1 guruh. Binolar, inshootlar va imoratlar — 5%.
II guruh. Engil avtomobillar, taksi, yo‘llarda foydalanish uchun avtotraktor texnikasi, maxsus asboblar, inventar va anjomlar; kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari — 20%.
III guruh. Avtomobil transportining harakatlanuvchi tarkibi; yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkamalar; sanoatning barcha tarmoqlari, quyuv ishlab chiqarishi uchun mashina va uskunalar; temirchilik presslash uskunalari; qurilish uskunalari; qishloq xo‘jalik mashina va uskunalari; ofis uchun mebel — 15%.
IVguruh.Boshqa guruxlarga kiritilmagan amortizatsiyalanadigan aktivlar — 10. Vguruh.Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari; kuchlanish mashina va uskunalari; issiqlik texnika uskunalari; turbina uskunalari, elektrodvigatel va dizel-generatorlar. Elektr uzatish va aloqa qurilmalari; quvurlar — 8%. Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga foizlarda belgilanadi.
Korxona tasdiqlangan me’yorlarga nisbatan kamaytirilgan amortizatsiya me’yorlarini, shuningdek tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash huquqiga egadir.
Tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llanganda qonun xujjatlarida tasdiqlangan, 2,0 dan oshmaydigan koeffitsient qo‘llanilishi, tasdiqlangan me’yorlardan oshib ketgandagi farq foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga kiritilishi kerak.
Amortizatsiya quyidaga fondlar bo‘yicha hisoblanmaydi: kutubxona fondlari, arxitektura va san’at yodgorliklari; er;
mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar;
hokimiyatlarga bo‘ysunadigan shahar obodonchiligi inshootlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlar;
to‘liq amortizatsiyalangan asosiy fondlar. Qurilayotgan korxonaning xarid qilingan asosiy fondlari, shuningdek to’g’allanmagan qurilish bosqichida bo‘lgan, qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq qurilish- montaj ishlarini bajarish uchun ishlatiladigan ob’ektlar bo‘yicha amortizatsiyani quruvchi asosiy fondlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida belgilangan me’yorlar bo‘yicha xisoblab yozadi.
Har bir ob’ektga eskirishni hisoblab yozish har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya kiymati korxona xarajatlariga to‘liq o‘tkazilganda asosiy vositalarning bundan keyin foydalanishda bo‘lish davri uchun eskirish xisoblanmaydi (eskirish dastlabki qiymatning 100%idan oshishi mumkin emas).
YAngi kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish foydalanish boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab xisoblanadi, chiqib ketgan ob’ektlar bo‘yicha eskirish esa chiqib ketish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy andozalarining (BHMA) 5- sonli "Asosiy vositalar" andozasi 23-moddasida amortizatsiya hisoblashniig bir necha usuli tavsiya etilgan:
bir maromli (to‘g‘ri chiziqli);
bajarilgan ish hajmiga nisbatan (ishlab chiqarish usuli);
kamayib borayotgan qoldiq usuli;
yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).