Kamayibborayotganqoldiqusuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi. 5 yil xizmat etish muddatida me’yor 20% (100 : 5 = 20)ni tashkil etadi. Kamayib borayotgan qoldiq usulida me’yor 40% (20 x 2 = 40)ga barobar olinadi. Ushbu belgilangan 40% li stavka har yilning oxirida asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga nisbatan olinadi.
Kamayib borish qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha hisoblanadi, (so‘mlarda):
Hisoblash sanasi
Yil boshiga balans qiymati
Amortizatsiyani hisoblash
Amortizatsiyaning yillik summasi
Jamlangan amortizatsiya
Yil oxiriga balans qiymati
1-yil oxirida
500 000
500000x40%
200 000
200 000
300 000
2-yil oxirida
300 000
300000x40%
120 000
320 000
180000
3-yil oxirida
180 000
180 000x40%
72000
392 000
108 000
4-yil oxirida
108 000
108 000x40%
43200
435 200
64800
5-yil oxirida
64800
34800
470 000
30000
YUqorida keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, birinchi yilda amortizatsiya ajratmalari to’g’atish qiymati ayirilmagan to‘liq dastlabki qiymat, ya’ni 500000 so‘m asosida aniklandi. Foydalanish muddatining oxirgi yilida amortizatsiyani hisoblash uchun qo‘llanadigan hisob-kitob shakli o‘zgartiriladi, chunki oldindan baholangan va mo‘ljallangan asosiy vositalarni to’g’atish qiymatini hisobdan chiqarishga olib keladigan miqdorda amortizatsiyani hisoblash mumkin emas. SHuning uchun oxirgi yilda belgilangan sxema bo‘yicha hisoblangan 25920 so‘m (64800 x 40%) o‘rniga amortizatsiya 34800 so‘m qiymatida belgilanadi. Binobarin, oxirgi yilning yakunida asosiy vositalarning qiymati 30000 so‘mga kamaytirilib, ularning to’g’atish qiy-matiga teng bo‘lib qoladi.
Yillar yig‘indisi usulida (kumulyativ usul) har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining to’g’agunigacha qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi.
5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar ob’ekti uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyidagini tashkil etadi:
5 - 4 - 3 - 2 - 1 = 15 yil
Masalan, amortizatsiyalanayotgan qiymat 470000 so‘m (500000 -- 30000) bo‘lgan holda har yilgi amortizatsiya ajratmalarini hisoblash quyidagi jadvalda keltirilgan (so‘mlarda):
Yil
Amortizatsiyani hisoblash
Amortizatsiya ajratmalari qiymati
Yil oxiriga balans qiymati
1-yilga
470000x5/15
156 667
343 333
2-yilga
470000x4/15
125333
218000
3-yilga
470000x3/15
94000
124000
4-yilga
470000x2/15
62666
61 334
5-yilga
470000x1/15
31 334
30000
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikkita usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ob’ekt xizmat muddatining oxirida xisoblangan amortizatsiya qiymagidan ortiq bo‘ladi. Ushbu usullar ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraliroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi.
Har xil turdagi asosiy vositalarda amortizatsiya hisoblashning turli usullaridan foydalanish mumkin.
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davrigacha izchil qo‘llanishi lozim va yil davomida uning o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar korxona to‘g‘ri chiziqli usuldan tashqari amortizatsiya hisoblashning boshqa usullarini qo‘llasa, hisoblangan amortizatsiya summasini O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq yozila-digan summa bilan taqqoslash zarur. Haqiqatda hisoblab yozilgan amortizatsiya summasi me’yorlar bo‘yicha hisoblanishi kerak bo‘lgan amortizatsiya summasidan oshib ketganda farqni xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga doir 1 -ilovaga ko‘ra foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga kiritish zarur.
Jismoniy emirilish asosiy fondlar xizmat davrlariga binoan quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Е Тх*100%