Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,35 Mb.
bet17/67
Sana05.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#861107
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
KOOS korxonalari iqtisodiyoti UMK 2022

Nazorat uchun savollar:



  1. Asosiy kapital –asosiy fondlar ta’rifi va moxiyati nimadan iborat?

  2. Asosiy fondlar qanday tarkib va strukturaga ega?

  3. Asosiy fodnlarning emirilishi qanday turlarga bo‘linadi?

  4. Asosiy fondlarning baxolanish usullarini ta’riflang.

  5. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi va amortizatsiya normasi deganda nimani tushunasiz?

  6. Asosiy fondlar amortizatsiyalashning qanday usullari mavjud?

  7. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarining ta’rifi va xisobi qanday?



5-Mavzu. Sanoat korxonalarning oborot kapital (aylanma mablag‘lar)i



    1. Aylanma mablag‘lar (oborot kapital ning moxiyati va strukturasi;

    2. Aylanma fondlar va muomala fondlarning tarkibi;

    3. Aylanma mablag‘larning normalanishi;

    4. Aylanma mablag‘larning xosil bo‘lish manbaalari;

    5. Aylanma mablag‘larning aylanishi;

    6. Aylanma mablag‘lardan unumli foydalanish ko‘rsatkichlari.



Aylanma mablag‘lar – bu korxona va xo‘jalik birlashma (uyushma) larning mexnat buyumlari bo‘lib, bevosita ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi (ishlab chiqarish aylanma fondlari) xamda maxsulotni sotish va ta’minot jarayonlarida xizmat ko‘rsatuvchi mablag‘lardan (muomala fondlar) iborat.
Korxona balansida etarli aylanma mablag‘lar miqdori. Bozor sharoitida uning faoliyati amalga oshirilishining zarur zamini xisoblanadi.
Aylanma mablag‘lar pul ko‘rinishida ifodalanib, korxonalarda moddiy boyliklar va fondlarning zarur zaxiralarini tashkil etadi, ishlab chiqarish jarayoni va maxsulot sotilishini uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Aylanma mablag‘lar tasnifini elementlari, xosil bo‘lish manbaalari va normalashishi bo‘yicha ko‘rib chiqish mumkin.
Aylanma mablag‘larning miqdori turli tarmoqlarda joriy etilgan texnologiya, ishlab chiqarish siklning davri, mexnat buyumlarining qiymati va xokazolarga bog‘liq.
Aylanma mablag‘larning elementlar bo‘yicha tasnifi:

  1. ishlab chiqarish aylanma fondlar;

  2. muomala fondlardan iborat.

1. ishlab chiqarish aylanma fondlar – ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishlab chiqarish fondlardan ishtiroq etish xarakteri bilan farq etadilar. Ular xar bir ishlab chiqarish siklida bir marotaba ishtiroq etib, o‘z natural xolatini o‘zgartiradilar yoki yo‘qotadilar va o‘z qiymatlarini tayyor maxsulotga butunlay o‘tkazadilar.


Ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan funksiyalariga qarab ishlab chiqarish aylanma fondlari 3 guruxga bo‘linadilar;

  1. ishlab chiqarish zaxiralari;

  2. gala tayyor maxsulot;

V) kelajak davr xarajatlari.



  1. ishlab chiqarish zaxiralari: xom ashyo va asosiy materiallar; sotib olingan yarim fabrikat; yordamchi materiallar;

yoqilg‘i;
tara, ta’mirlash uchun zapas qismlari;
qiymati kam buyumlar (baxosi so‘mdan kam bo‘lgan xo‘jalik instrument va inventar);
ishdan tez chiquvchi buyumlar (qiymatidan qa’tiy nazar xizmatt davri 1 yilgacha bo‘lgan mexnat vositalari va buyumlari – maxsus kiyim bosh oeq kiyimlari (poyafzal va boshqalar) dan iborat;
xom ashyo va asosiy materiallar – bu ishlab chiqariladigan maxsulot tarkibiga butunlay kiruvchi yoki uning zarur komponenti sifatida asosini tashkil qiluvchi turli xil materiallar;
yordamchi materiallar – bu ishlab chiqarish texnologik jarayonida ishtiroq etib, reaksiya tezligi, maxsulot sifati va ko‘rinishiga ta’sir etuvchi, ammo maxsulot tarkibiga kirmaydigan materiallar (katalizator, kimyoviy reagent, reaktiv, yog‘lash va artish materiallar va x.k.).



  1. chala tayyor maxsulot: to’g’allanmagan ishlab chiqarish;

shaxsiy, o‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlardan iborat.


To’g’allanmagan ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish sexlar va uchastkalarda tayyor maxsulot bo‘lishiga qadur qisman ishlov berilib, ammo sotilishimumkin bo‘lmagan mexnat buyumlari.
O‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikat – bu sexlar va uchastkalarda ishlov berilgan, ammo xali tayyor maxsulot ko‘rinishiga kirmagan, lekin sotilishi mumkin bo‘lgan (chunki mustaqail qiymatga ega) mexnat buyumlari.

v) Bo‘lajak davr xarajatlari – bu kelajak davrda maxsulot tannarxi (ishlab sarflari) ga kiritiladigan, ammo rejalashtirilgan yilda sarf bo‘ladigan xarajatlar (yangi tur maxsulot), yangi texnologiyalarni loyixalashtirish, o‘zlashtirish, gazeta va jurnallarga obuna qilish, ijaraga olingan xonalar uchun avans to‘lovlari, ratsionalizatorlik takliflarni joriy etish, telefon bilan bog‘liq va shunga o‘xshash boshqa sarflar.




Aylanma mablag‘lar xam natural ko‘rsatkislar xam pul ifodasida xisobga olinadilar.
Aylanma (oborot) fondlar va aylanma mablag‘lar strukturasi Aylanma (oborot) mablag‘lar strukturasi deb aloxida element, guruxlari aro
nisbati, xamda shu guruxlarning va aylanma mablag‘lar umumiy xajmiga (nisbatiga) bo‘lgan va %-da ifodalangan nisbatiga aytiladi.
Kimyo va oziq-ovqat tarmoqlarga qarashli aylanma fondlar strukturasidagi farqlar quyidagi omillar bilan belgilanadi:
ishlab chiqarish xarakteri va uni tashkil qilish formalarining xususiyatlari;
texnologik siklning davomi, tayyor maxsulot xosslari, ishlab chiqarish xarajatlar strukturasi;
xom ashyo va yonilg‘i resurslar, ya’ni moddiy-texnik ta’minot, tayyor maxsulotni sotish, iste’molchi va ta’minlovchilar bilan xisob tizimning shartlari, ishlab chiqarishni sezonlik xususiyatlari va x.k.


Aylanma fondlar strukturasini o‘rganish ulardan samarali foydalanish yo‘llarni aniqlash imkonini beradi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyati faqatgina maxsulot ishlab chiqarish bilan cheklanmay, uni sotishdan xam iborat. SHu sababli korxonalarda muomala doirasiga mansub aylanma mablag‘lar mavjud.
Muomala fondlariga tayyor maxsulot (ombordagi), iste’molchilarga ortilgan (xaki tulangan bo‘lmasa xam) maxsulot, pul mablag‘lari (xisob raqamdagi, kassada va xokazo, iste’molchilar bilan xisob-kitobdagi mablag‘lar) shu jumladan debitorlik qarzlar.

YA’ni korxonadagi aylanma fondlar va muomala fondlarni xosil qilish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larning ja’mi ushbu korxonaning aylanma mablag‘larini tashkil qiladilar (1 rasm).
1-rasm. Korxona aylanma mablag‘malar tarkibi. Muomala fondlar 4 guruxga bo‘linadilar:

  1. tayyor maxsulot – bu korxonaning omborlarida saqlanuvchi xamma ishlov bosqichlardan o‘tgan, texnik nazorati bo‘limi tomonidan qabul etilgan, sotilishi mumkin bo‘lgan maxsulot va yarim fabrikat.

  2. yo‘ldagi maxsulot – bu iste’molchilarga ortilgan, ammo vaqtincha xaki to‘lashmagan maxsulot (xaki kelguncha qadar bu maxsulot korxona balansida xisoblanadi).

V) pul mablag‘lari – bu moddiy resurslra bilan ta’minlovchilar bilan xisob- kitoblarni amalga oshirish, ish xaklarni to‘lash, davlat, maxaliy byudjet to‘lovlari, boshqa korxona va muassasalarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar.
G) xisobdagi mablag‘lar – debitorlik karz – korxonaga o‘zga korxonalar, muassasalar, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan xaklar.


Aylanma mablag‘larning taxminiy strukturasi:

Sanoat tarmoqlarida aylanma mablag‘larning taxminiy strukturasi (%-da) quyidagi ma’lumotlar bilan izoxlanadi:

sanoat

Sozlik
tarmog‘i

Kimyo
tarmog‘i

OOT

Aylanma mablag‘la, shu jumladan:

100

100

100

100

  1. ishlab chiqarish aylanma mablag‘lari:

    • ishlab chiqarish zaxiralari


    • to’g’allanmagan ishlab chiqarish


    • kelajak davr xarajatlari


    • extiyot qismlar va qiymati past inventar




79,8


58,2


18,6

3


3

67,2±68,1


62,4±63,5


4,4±3,7


0,4


11,8±12,3

83,7


69,7


11,5


1,8


19,2

74,7


51,2


16,8


0,4


2,1

  1. muomala fondlari:

    • tayyor maxsulot




    • qolgan boshqa normalashtirilgan (tiklangan) mablag‘lar

20,2
18,8


1,4

31,9±32,8
10,3±9,7


0,9±1,0

17
16,5


0,5

25,3
24,1


0,2

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aylanma mablag‘larning ko‘p miqdorini aylanma fondlar tashkil qilar ekan.
Bozor sharoitiga o‘tish davrida asosiy masalalardn biri – bu doimiy resurslar tejamkorligi omiliga rioya qilish asosida ishlab chiqarishni intensifikatsiyalashtirish.
Tejash rejalashni ta’minlash tizimda mexnat bumlarini tejash asosiy o‘rinni egallaydi. Bu degani – xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i sarflarini (1 o‘lcham maxsulotga) kamaytirish, lekin shu bilan barcha buyum sifati, xizmat davri va ishonchiligiga zararsiz xolda.
Aylanma mablag‘lar talabini aniqlash va ularni normalashtirish Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘p jixatdan ularga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashdadir.
Maxsulot sotilishidan tushgan tushum korxona xisobiga kelguncha qadar aylanma mablag‘lar uni ishlab chiqarish xarajatlarini ta’minlaydilar.
Ishlab chiqarish zaxiralarni iste’molidan boshlab, ular tayyor maxsulotga o‘tib, uni sotishiga bo‘lgan davr ancha uzoq bo‘lishi. Sotilgan maxsulot xaki kelishi moddiy resurslar iste’mol vaqtiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bu esa aylanma mablag‘larni belgilangan miqdorda tashkil qilishni talab qiladi.
Aylanma mablag‘larning optimal extiyojini to‘g‘ri aniqlash korxona uchun minimal sarf xarajatlar evaziga belgilangan foyda olinishi uchun imkon yaratadi.
Korxonani normal faoliyatini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni iqtisodiy asoslangan miqdorini aniqlash jarayoni aylanma mablag‘larni normalashtirish deb ataladi.
Bu moddiy boyliklarning bir vaqtni xam doimiy minimal xam etarli zaxiralarini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘ jamlarini aniqlashdir.
Aylanma mablarni normalashtirish ichki rezervlarni aniqlash, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, tayyor maxsulotni tezroq sotishga imkon beradi.
Aylanma fondlarning xamma elementlari va muomala fondlardan esa faqat korxona omboridagi tayyor maxsulot qoldiklari normalashgan (iklangan) aylanma mablag‘larni tashkil qiladilar. Aylanma mablag‘larning qolgan elementlari esa normalashmagan (iklanmagan) aylanma mablag‘lar deb ataladilar, chunki ular ishlab chiqarish jarayoniga unchalik ta’sir etmaydilar, ularning xajmi tez-tez o‘zgarib turadi, shuning uchun ularga ka’tiy normativlarni belgilash qiyin.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish jarayonida ularning norma va normativlari aniqlanadi.
Aylanma mablag‘lar normalari korxonadagi tovar-moddiy boyliklarining minimal zaxiralarini ifodalab, zaxira kunlari, detallar zaxirasini normalari bo‘yicha xisoblanadilar.
Aylanma mablag‘lar normativlari – bu pul mablari, ular aylanma mablaglar normalari va berilgan material turining o‘rtacha sutkalik xarajatlari ko‘paytmasidan iborat. Normativlar miqdori ilab chiqarish xajmi, moddiy ta’minot va maxsulotni sotish sharoiti, ishlab chiqarish siklining davomi va boshqa faktorlarga bog‘liq.
Aylanma mablag‘larning ko‘pgina elementlari bo‘yicha normativ quyidagicha xisoblanadi:
N= x*D
Bu erda:
N – konkret element bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi;
x – bir kunlik sarf xarajat, u tegishli ishlab chiqarishga, ketgan kvartal xarajatlarning 90 kunga bo‘linmasidan iborat;
D – aylanma mablag‘larning berilgan elementi uchun zaxira normasi (kunlar).

Aylanma mablag‘laning xosil bo‘lish manbaalari


xosil bo‘lish manbaalari bo‘yicha aylanma mablag‘lar, shaxsiy va zayom aylanma mablag‘larga bo‘linadilar.


SHaxsiy aylanma mablag‘lar – bu xususiy resurslar xisobidan tashkil topgan va korxona xisobida doimiy bo‘lgan mablag‘dir (masalan, foyda va boshqa).


Unga tenglashtirilgan mablag‘lar – korxona xodimlariga to‘lash lozim bo‘lgan ish xaklar va ijtimoiy sug‘urta ajratmalarning karzlari, moddiy resurslar bilan ta’minlovchilar uchun mo‘ljallangan to‘lovlar va boshqa.
Zayom mablag‘lar – banklar kreditlari, kreditorlik karzlar (tijorat krediti) va boshqa turli maxsus fondlar mablag‘lari. Kredit – ma’lum davrga ma’lum maqsadlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, uning uchun korxona belgilangan miqdorda %-da xak to‘laydi.
Korxonada tashkil topgan maxsus fondlar mablag‘laridan sarflaguncha qadar korxona oboritida foydalanish mumkin va ular ichki moliya resurs manbaa xisoblanadilar.
Korxonaning samarali ish faoliyati - bu minimal xarajatlar asosida maksimal natijalarga erishish. Sarflar minimizatsiyasi esa – bu avvalo aylanma mablag‘larning xosil bo‘lish manbaalari va strukturasini optimizatsiyasi demakdir, ya’ni shaxsiy va kredit resursdarning oqilona muofiqligi.

Aylanma mablag‘larning aylanishi


Aylanma mablag‘lar doimo xolatini o‘zgartirib turadilar. Bir ishlab chiqarish sikli davomida ular 3 bosqichdan o‘tadilar.

  1. bosqichda korxoan pul mablag‘larini mexnat buyumlari (aylanma fondlarga), ish xakiga sarflaydi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar pul formasidan tovar ko‘rinishiga, pul mablag‘lari esa muomala doirasidan ishlab chiasiga o‘tadi.

  2. bosqichda sotib olingan aylanma (oborot) fondlar bevosita ishlab chiqarish jarayoniga o‘tib, avval ishlab chiqarish zaxiralari va yarim fabrikat aylanadilar; ishlab chiayoni to’g’allangandan so‘ng esa tayyor maxsulotga aylanib tovar formasiga o‘tadilar.

  3. bosqichda tayyor maxsulot sotiladi, natijada aylanma fondlar ishlab chiasidan muomala doirasiga o‘tib, qayta pul formasini qabul qiladilar. Bu mablag‘lar qaytadan yangi mexnat buyumlar xarid qilishga sarflanib, yangilanish doira boshlanadi, ya’ni: (P-T-F-T-P-F-T-P)

yoki P -I/CH –T-P1… P 1 P dan (foyda evaziga)
Bu erda:
P va P1- pul mablaglari I/CH zax.- i/ch zaxiralari
I/CH – to’g’allanmagan ishlab chiqarish yoki chala maxsulot.
T- tayyor maxsulot.
Ammo bu aylanma mablag‘lar ketma-ket bir bosqichdan boshqasiga o‘tadi degan ma’noni bildirmaydi. Ular bir vaqtni o‘zida doiraviy aylanishning 3 bosqichida bo‘ladilar. xar bir daqiqada nimadir sotib olinadi, ishlab chiqariladi, sotiladi va yana xarid qilinadi. Ana xuddi shu esa uzluksiz ishlab chiqarish va beto‘xtov maxsulot sotilishini ta’minlaydi.
Aylanma mablag‘larning to‘la doiraviy aylanish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish davri va muomala davridan o‘tishlari, aylanma mablag‘larning aylanish davri deb ataladi. Bu ko‘rsatkich tarmoq yoki korxonalarda aylanma mablag‘larning o‘rtacha xarakat tezligini ifodalaydi, lekin u aniq maxsulot turining xaqiqiy ishlab chiqarish va sotish davriga to‘g‘ri kelmaydi. Aylanma bo‘lgan vaqti maxsulotning iste’mol va texnologik xossalariga, uni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlarga xos sezonlik xususiyatlar aylanma mablag‘larni 1 bosqichda ancha ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
Vino, pivo, konyak ishlab chiqarish tarmoqlarida esa ishlab chiqarish siklining uzoq davom etishi va to’g’allanmagan ishlab chiqarish xajmiga nisbatan katta xajmi aylanma mablag‘larni 2 bosqichda (ishlab chiqarish bosqichi) ancha vaqt qolishini talab qiladi.
Sabzavot-meva tarmog‘ida esa tayyor maxsulotni sotilishining aylanma mablag‘larni 3 bosqich (tovar bosqich) ga ko‘proq jalb etilishiga olib keladi.
Kimyo sanoatida esa ishlab chiqarish siklining qisqaligi to’g’allanmagan ishlab chiqarish ulushining kamayishini ta’minlaydi. Asosiy kimyo soxalarida eng yuqori ulush – bu tayyor maxsulot. SHina ishlab chiqarish tarmog‘ida ishlab chiqarish zaxiralar ulushi eng katta va x.k.
SHunday qilib, aylanma mablag‘lar aylanma doirasining umumiy, bu ushbu mablag‘larni aylanish bosqichlarida turgan vaqtining funksiyasi.
Amalda, aylnma mablag‘lar aylanish doirasini utish vaqtining uzayishi xususiy aylanma mablag‘larni bog‘lab ko‘yishdan tashkari, yana qo‘shimcha mablag‘ni jalb etishga olib keladi, aks xolda ishlab chiayonining uzluksizligini ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor munosabatlari sharoitida bunday vaziyat korxona raqobatbardoshligini susaytirib, uni iqtisodiy axvolini og‘irlashtiradi. SHuning uchun bozor sharoitida korxonani aylanma mablag‘lar bilan ratsional ta’minlash juda katta axamiyatga ega.

Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari




Aylanma mablag‘lar aylanishini izoxlash uchun quyidagi qator ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:

  1. Aylanma mablag‘laning aylanish koeffitsienti – Ka, sotilgan maxsulotni ulgurji narxida o‘lchangan xajmining aylanma mablag‘larning o‘rta-yilik qolidig‘i bo‘linmasiga teng, ya’ni:




Ka=Ms/O‘q (so‘m);
Bu erda:
Ms – ishlab chiqarish yoki sotilgan maxsulot xajmi (ulgurji narxi bo‘yicha,


O‘q – aylanma mablag‘larning o‘rtacha-yilik qoldig‘i (bir aylanish davri
uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar miqdori, so‘m).


Ka kvartal yoki yil mobaynida aylanma mablag‘lar to‘la doiraviy aylanish sonini yoki 1 so‘m aylanma mablag‘larga to‘g‘ri keladigan sotilgan maxsulot xajmini ko‘satadi.
Masalan, sotilgan maxsulot xajmi 2000 mln so‘m, o‘rtacha-yillik qoldiq 400 mln so‘m. Unda Ka=2000/400=5, ya’ni yil mobaynida aylanma mablag‘laning 1 so‘m, 5 marotaba aylangan.
Bir aylanish davr uzunligi D quyidagicha aniqlanadi:
Bu erda:
D=T/ Ka demak Ka=T/D
T – davr vaqti (oy=30 kun, kvartal=90, yil=360);
Ka – aylanish koeffitsienti, yoki


D=(T*O‘q)/Ms


Keltirgan misolda D=360/5=72 kun. yoki (360*400)/2000=72kun
Aylanma mablag‘larning aylanish davri (D) qancha qisqa yoki aylanish soni (Ka) qancha ko‘p bo‘lsa (maxsulot xajmi o‘zgarmagan xolda), shunchalik aylanma mablag‘lar sarfi kamayadi, yoki bir aylanish doirasiga zarur bo‘lgan mablag‘lar xarakat tezligi oshsa, shunchalik aylanma mabaalardan samarali foydalangan xisoblanadi.
YOki aylanish soni oshgan sari bir aylanish davriga zarur aylanma mablag‘lar miqdori o‘zgarmasa, unda yilik maxsulot xajmi ko‘payadi.
Maxsulot xajmining ko‘payishi va aylanma mablag‘larning 1 aylanish davriga zarur bo‘lgan miqdorini tejalishi ishlab chiqarishning samaradorligini o‘sganidan dalolat beradi.
Keltirilgan misolni ko‘raylik:
D=72 kun, O‘k=400 mln so‘m, My=2000 mln so‘m, Ka=5.


Aylanma mablag‘lar xarakat tezligini o‘sishi natijasida (tegishli chora- tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng) bir doiraviy aylanish davri 60 kunga teng bo‘ldi.
U xolda Ka=360/60=6 marotaba bo‘ldi.

  1. Agar maulot xajmi o‘zgarmasa (My=const), bir aylanish davriga zarur aylanma mablag‘lar miqdori FO‘s:

O‘s=M/Ka=2000/6=333,3 mln so‘m bo‘lib, ya’ni aylanma mablag‘lar tejalgan xajmi () - O‘k=400-333,3=64,67 mln so‘mni tashkil qiladi.



  1. O‘k=const xolda Ka=6 bo‘lsa, u xolda My=Ka*O‘k=6*400=2400 mln so‘m, ya’ni yilning maxsulot xajmi ().

My=2400-2000=400 mln so‘mga qupaygan.


Aylanma mablag‘lar aylanish tezligini oshirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Ishlab chiqarish zaxiralarini xosil qilish bosqichida – iqtisodiy asoslangan zaxiralar normalarini joriy etish; xom ashyo, komlektli buyumlar, yarim fabrikatlar bilan ta’minlovchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
To’g’allanmagan ishlab chiqarish bosqichida – ITT (progressiv, ilg‘or texnologiya, texnikani joriy etish, ishlab chiqarish kimyolashtirish, chiqindisiz yoki chiqindi texnologiyalarni o‘zlashtirish va x.k.); sanoat ishlab chiqarishni tashkil qilish formalarini takomillashtirish; iqtisodiy raqobatlantirish tizimini takomillashtirish; moddiy resurslardan tejamli foydalanish; xaridorgar maxsulot ulushini ko‘paytirish va x.k.
Muomala bosqichida – iste’molchilarni ta’minlovchilarga yaqinlashtirish; xisob tizimini takomillashtirish; to‘g‘ri aloqalar bo‘iycha zakazlarni bajarish natijasida sotilgan maxsulot xajmini ko‘paytirish; maxsulotni muddatidan ilg‘ori ishlab chiqarish; tejalgan materiallardan maxsulot ishlab chiqarish; maxsulotni to’zilgan shartnomalarga binoan ortilishiga qat’iy rioya qilish va x.k.


Nazorat savollari.
1.Aylanma mablag‘larning mohiyati va tarkibi nimadan iborat?
2.Aylanma fondlar va muomala fondlar tarkibi.
3.Aylanma mablag‘larning normalanishi va hosil bo‘lish manbalari.
4.Aylanma mablag‘larning aylanishi.

  1. Aylanma mablag‘larning aylanish tezligi koeffitsienti.

  2. Aylanish tezligi koeffitsienti o‘sishining iqtisodiy samaradorligi.


Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish