Temir beton konstruksiyali tom yopma konstruksiyalari. Ishlab chiqarishning isitiladigan va isitilmaydigan sanoat binolarida asosiy xollarda tom yopma (orayopma) konstruksiya elementlari sifatida og‘ir va engil betonlardan tayyorlangan temirbeton tom yopma plitalaridan keng miqdorda foydalaniladi. Ushbu turdagi tom yopma plitalari oldindan kuchlantirilgan tekis yoki qovurg‘ali xolda 6 va 12 m. uzunlikda ishlab chiqariladi. Tekis turdagi plitalar 0,6; 0,9; 1,0; 1,2; 1,5 va 1,8 m kenglikda, 200 va 240 mm qalinlikda, qovurg‘ali plitalar esa 3 va 1,5 m. kenglikda, 300-500 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda montaj ishlari xajmini, material sarfini va mexnat xajmini kamaytiruvchi 3,0 m kenglikka ega bo‘lgan plitalardan keng miqdorda foydalaniladi.
a) - o‘lchamlari 3x6 xamda 1,5x6 m li qovurg‘ali plitalar;
b) - o‘lchamlari 3x12 xamda 1,5x12 m li qovurg‘ali plitalar;
v) - korobkasimon temir beton svod ko‘rinishli (KJS-korobchatыy
jelezobetonnыe svodchatыy) panel;
g) - ikki T shaklli kesimga ega qovurg‘ali plita.
Temir beton konstruksiyali tom yopma plitalari asosiy xollarda og‘ir betonlardan tayyorlanadi, bazi xollarda isitiladigan sanoat binolarida binoning yuk ko‘taruv konstruksiyalarining qadami 6 m. bo‘lganda engil, g‘ovakli va boshqa turdagi betonlardan tayyorlangan qovurg‘ali plitalardan xam foydalaniladi.
Keyingi yillarda temirbeton tom yopmalarining o‘lchamlarini oshirish va ularning vaznini engillapshtirish borasida birmuncha ishlar amalga oshirilmoqda. Tom yopma plitalarining engil vaznli turlariga ularga faqat fazoviy shakllar berish orqali erishish mumkin. Xozirgi kunda engil vaznli fazoviy tom yopma plitasining turlari sifatida korobkasimon temir beton svod ko‘rinishli (KJS-korobchatыy jelezobetonnыe svodchatыy), ikki T kesimli, «Vozduxovod», «Dinakor» va boshqa turdagi plita konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Ushbu turdagi plita konstruksiyalari 18 x12 va 24x12m. li ustunlar to‘ri uchun, 3x12, 3x18 va 3x24 m. o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Plitalar binolarda bo‘ylama yo‘nalishda ustunlarga o‘rnatilgan tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari vazifasini bajaruvchi to‘sin (balka)larga o‘rnatiladi.
Tomning yirik o‘lchamli blok-nastillaridan foydalanish bino va inshootlarda elementlarning namunaviy o‘lchamlarini o‘rtacha 7% ga, payvand choklari sonini 40%ga, choklar uzunligini esa 20% ga kamaytirishga imkon beradi.
Xozirgi kunda qurilish maydonchalarida qo‘l mexnatini va bajariladigan ishlar sonini kamaytirish maqsadida kompleks tarzda ishlab chiqariladigan plita nastillardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu plita-nastillarning afzalligi shundan iboratki plitalar par, issiqlik saqlovchi, tekislovchi qatlamlari va suv o‘tkazmovchi gilamlari bilan tayyor xolda yuqori darajadagi tayyor xolda ishlab chiqariladi. Qurilish maydonchalarida plita o‘rnatilgandan so‘ng, plitalar o‘rtasidagi choklar to‘ldirilib tom qoplamasi qoplanadi va boshqa kam mexnat talab etiladigan ishlar bajariladi.
Barcha turdagi temir beton konstruksiyali tom yopma plitalari tomning Yuk ko‘taruv konstruksiyalariga qattiq turda maxkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |