15-MA’RUZA (4 soat)
SANOAT BINOLARINING TOMLARI.
REJA :
Progonli va progonsiz tomlar.
Tomlarning Yuk ko‘taruvchi va ximoyalovchi qismlari.
Temir beton konstruksiyali tom yopma konstruksiyalari.
Po‘lat konstruksiyali tom yopma konstruksiyalari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: progon, chordoq, nishab, tekis tom, uyushtirilgan va uYushtirilmagan suv oqizish, tomning Yuk ko‘taruvchi va ximoyalovchi qismlari, tom qoplamasi, issiqlik saqlovchi (uteplennыe) va issiqlik saqlamovchi (neuteplennыe) tomlar, tekis plita, qovurg‘ali plita, taboq-nastil.
Sanoat binolarining konstruktiv echimlarini amalga oshirishda binoning tashqi arxitekturaviy ko‘rinishi va uning ichki issiqlik-namlik rejimiga yuqori darajada tasir ko‘rsatib, binoni yuqoridan turli tashqi tasirlardan ximoya qiluvchi, binoning asosiy konstruktiv qismlaridan biri bo‘lgan tomlarning turini tanlab olish va loyixalash ishlariga katta etibor bilan qaraladi.
Sanoat binolarining tomlari konstruktiv loyixalanishi bo‘yicha progonli (to‘sinli) va progonsiz(to‘sinsiz) tarzda, chordoqli va chordoqsiz xamda nishabli (skatnыy) va tekis (ploskie) tomlarga, tomdan suvning oqizilishiga qarab esa suvning oqishi uYushtirilgan va uYushtirilmagan tomlarga ajratiladi.
Progonli (to‘sinli) echimga ega bo‘lgan sanoat binolarida tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari ustidan progon (to‘sin)lar yuritiladi va tomning yuk ko‘taruvchi yopma elementlari progonlarga o‘rnatiladi.
Sanoat binolarining tomlarini loyixalashda progonsiz (to‘sinsiz) echimga ega bo‘lgan konstruksiyalar ancha qulay sanaladi. Progonli (to‘sinli) echimlardan progonsiz (to‘sin) echimlarga o‘tish, yani qurilish montaj ishlari uchun yirik o‘lchamli elementlarini qo‘llash, montaj elementlarining sonini kamaytirishga, qurilish-montaj ishlarining muddatini kamaytirishga, mexnat unumdorligini oshirishga va iqtisodiy samaradorlikkka olib keladi.
Progonlar temirbeton yoki metall elmentlardan tayyorlanib tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalariga o‘rnatiladi. Metall progonlar prokat yoki qayirilgan profillar (shveller, tavr, qo‘shtavr va x.k.)lardan, temir beton progonlar esa shveller yoki tavr kesimlarda tayyorlanadi. (23.6 a,b) Progonlarning uzunligi odatda binoning qadamiga mos ravishda 6 yoki 12 m uzunlikda qabul qilinadi. 6 m uzunlikka ega bo‘lgan progonlar tekis, 12 m uzunlikka ega bo‘lgan progonlar panjarali (reshetchatыe) kesimda tayyorlanadi.
Progonlarga plita, blok yoki taboq (list) lar sifatida ishlangan tom yopmalari to‘shaladi. Yuqorida keltirilgan tom yopma konstruksiyalari sifatida uzunligi 1,5 va 3 m., kengligi 495 mm bo‘lgan V25 klassli betondan tayyorlangan armotsement, V2,5 ....V10 gacha klassli engil betonlardan tayyorlangan qalinligi 120....160 mm. bo‘lgan tekis plitalardan va 1750x1100 mm. li o‘lchamga ega bo‘lgan to‘lqinli asbestsementli taboq (list) lardan foydalaniladi.
Bir qavatli sanoat binolarida chordoqlar asosiy xollarda tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalarining pastki va yuqori toqalari (mejfermennoe prostranstvo) orasida loyixalanadi va xosil qilingan maydonlardan yoritish, shamollatish, turli xil kommunikatsion yoki boshqa turdagi vositalarni joylashtirish maqsadida foydalaniladi.
Ko‘p qavatli sanoat binolarida esa chordoqlar binoning tomi va so‘nggi qavati orasida aloxida qavat sifatida maxsus maqsadlarda foydalanish uchun loyixalanib qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Sanoat binolarining tomlari ikki qismdan tashkil topadi: yuk ko‘taruvchi va ximoyalovchi.
Tomning yuk ko‘taruvchi qismi tomning yuk ko‘taruv va yuk ko‘taruv osti konstruksiyalaridan tashkil topadi.
Tomning yuqoridan ximoyalovchi qismi esa ximoya qatlami, tom qoplamasi, tekislovchi, issiqlik saqlovchi va par saqlovchi qatlamlari xamda binoning Yuk ko‘taruvchi tom yopma elementlaridan tashkil topadi.
Tomning Yuqoridan ximoyalovchi ximoya qatlami 25 mm qalinlikda ishlanib, uni bajarishda diametri 5-15 mm bo‘lgan bitum qorishmasiga botirilgan mayda o‘lchamli (melkozernistiy) graviy yoki yirik o‘lchamli (krupnozernistiy) donador qumdan foydalaniladi. Ximoya qatlamining asosiy kamchiligi shundan iboratki, tomda bazi bir ishlarni bajarish yoki tomdan qorni kurashga to‘g‘ri kelganda ximoya qatlamining bazi joylarining ko‘chib ketish xolatlari sodir bo‘ladi.
Tom qoplamasi (krovlya) sifatida 160-190 S da bitumli yoki degtli mastikada qizdirib tayyorlangan suv o‘tkazmovchi 3-4 qavatli tol, ruberoid, pergamin, gidroizol, stekloruberoid turidagi gilamlardan, nishabli tomlar uchun to‘lqinsimon asbestsementli, asbestplastmassali, alyuminiyplastmassali yoki metall elementlardan tayyorlangan qoplama taboq (list) lardan tashkil topgan tom qoplamalaridan, bazi xollarda vaqtinchalik bino va inshootlar qurilishida tol, ruberoid, pergamin va boshqa suv o‘tkazmovchi gilamlardan xam foydalaniladi.
Tekislovchi qatlam uchun asfalt yoki sement-qumli qorishmadan, issiqlik saqlovchi qatlam uchun penobeton, penopoleuretan, penopolistirol va mineral paxtali plitalardan, keramzitbetonli yoki boshqa turdagi issiqlik saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan to‘kma va boshqa turdagi issiqlik saqlovchi mahsulotlardan, issiqlik saqlovchi qatlamni turli xil namlanish va suvdan ximoya etish maqsadida par saqlovchi qatlam sifatida ruberoid, polietilen, bitum surkamasi (bitumnaya okraska ili okleyka) va boshqa turdagi mahsulotlardan foydalaniladi
Rasm. Tom qoplamalari turlari.
a-g) –o‘ramli; d)-mastikali; e)-suv to‘ldirilgan; 1-devor; 2-tayanch; ruxli metall qoplama; 4-mastika; 5 -40x3 mm li po‘lat tasma; 6-dYubel; 7-qorishma; 8-suv qabul qiluvchi voronka; 9-ximoya qatlami; 10-tom qoplamasining qo‘shimcha qatlami; 11-asosiy qoplama; 12-tekislovchi qatlam; 13-issiqlik saqlovchi qatlam; 14-plita; 15-parapet plita; 16-nam saqlovchi qatlam; 17-mastika qatlami; 18-suv qatlami;
Tom yopmasining yuk ko‘taruvchi elementlari sifatida og‘ir yoki engil betonlardan tayyorlangan temirbeton tom yopma plitalari, metall elementlardan tayyorlangan to‘lqinli turli xil kesimlarga ega bo‘lgan taboq (list) lardan foydalaniladi.
Sanoat binolari tomlarining ximoya konstruksiyalari issiqlik saqlovchi (uteplennыe) va issiqlik saqlamovchi (neuteplennыe) turlarga ajratiladi. Isitilmaydigan binolar va katta miqdorda issiqlik energiyasi ajralib chiquvchi sexlar (temirchilak, prokatlar ishlab chiqaruvchi sexlar va x.k.larda) da issiqlik saqlamovchi ximoya konstruksiyalaridan, isitiladigan binolarda esa sex ichidagi issiqlik-namlik rejimini xisobga olgan xolda issiqlik saqlovchi qatlamlarga ega bo‘lgan ximoya konstruksiyalaridan loyixalanib qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Qurilish ishlari amalga oshiriladigan tumanning klimatik sharoitlari, loyixalanadigan binoga qo‘yiladigan ishlab chiqarish rejimi va binoni ekspluatatsiya qilish talablaridan kelib chiqib tom konstruksiyalariga issiqlik-texnik talablari xam qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |