Sanoat binolari


Rasm. Pollarni devorlar va ustunlarga tutashtirish



Download 8,71 Mb.
bet64/92
Sana18.04.2022
Hajmi8,71 Mb.
#560699
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
Sanoat binolari

Rasm. Pollarni devorlar va ustunlarga tutashtirish.
a)-taxta plintus yoki galtellar yordamida; b)-taxta galtellar yordamida; v)-polimer mahsulotli plintuslar yordamida; g)-sement-qum qorishmali plintuslar yordamida d)-keramik mahsulotli plintuslar yordamida; e)-klinker yoki kislotaga chidamli g‘ishtlar yordamida; 1-yog‘och plintus; 2-yog‘och maxkamlagich; 3-taxta galtel; 4-yog‘och tiqin (probka); 5-polimer mahsulotli plintus; 6-mastika; 7-sement-qum qorishmali plintus; 8-tayanch konstruksiyasi; 9-keramik mahsulotli plintus; 10- klinker yoki kislotaga chidamli g‘ishtli plintus; 11-to‘shama; 12-suv o‘tkazmovchi qatlam; 13-po‘lat tasma; 14-mix; 20-pol qoplamasi; 21-to‘shama qatlami; 22-orayopma plitasi;

Qoldirilgan masofalar pollar va devorlarni biri-biri bilan tutashtiruvchi va pollarga badiiy tomondan zeb beruvchi plintus yoki galtellardan foydalanib to‘ldiriladi. Plintuslar polning tayyorlanish mahsulotiga qarab taxtadan, turli polimer mahsulotlardan, keramik plitkalardan, sement-qumli qorishmadan, g‘ishtdan va x.k.lardan tayyorlanishi mumkin.


Sanoat binolarining uchinchi guruxiga mansub bo‘lgan o‘ramli mahsulotlardan ishlangan pollarni (linoleum, relin, turli xil sintetik gilamlar va x.k) yoki ularning aloxida uchastka yoki xududlarini bir-biri bilan tutashtirishda o‘rab oluvchi (okaymlyaYushie) yog‘och reykalardan foydalaniladi. O‘rab oluvchi (okaymlyaYushie) yog‘och reykalar xar 0,5-0,6 m masofada bitumga shimdirilgan va qoqish yo‘li bilan to‘shama qatlamlari yoki pastda yotuvchi grunt qatlamiga maxkamlangan yog‘och qoziqlarga mix yordamida maxkamlanadi. Viniplast, yog‘och tolali plita (DVP), yog‘och qirindili plita (DSP) va x.k. mahsulotlardan ishlangan pollarni devorlarga tutashtirishda yog‘och plintuslardan foydalaniladi.
Deformatsion choklar. Sanoat binolarida pollarning choklari, cho‘kish va xarorat choklari sifatida loyixalanadi.



Rasm. Deformatsion choklar tuzilishi.
a,v)- o‘rab oluvchi (okaymlyaYushie) uchburchak metall prokatli elementlar bilan; b,g)-metall taboqli kompensatorlar bilan; d)- o‘rab oluvchi (okaymlyaYushie) uchburchak metall prokatli elementlar va kompensatorlar turlari; 1- o‘rab oluvchi (okaymlyaYushie) uchburchak metall prokatli element; 2- po‘lat tasmali anker; 3- ruxlangan metall taboqli kompensator; 4-zanglamaydigan metall taboqli kompensator; 5-deformatsion chokning to‘ldirilishi; 6-pol qoplamasi; 7-betonli to‘shama qatlami yoki orayopma plitasi; 8-suv o‘tkazmovchi qatlam;

Pollarning choklari binoning asosiy choklari bilan birgalikda yoki bazi xollarda polga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib maxalliy xolda xam loyixalanishi mumkin. Salbiy xaroratli xavo tasirlarga ega bo‘lgan sanoat binolarida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri gruntlar ustida betonli to‘shama qatlamiga ega bo‘lgan pol konstruksiyasiga ega bo‘lgan binolarda xar 10-12 m da xam bo‘ylama xam ko‘ndalang yo‘nalishlarda choklarni loyixalash talab etiladi. Orayopma panellari ustida pollar qurilishi amalga oshirilganda pollar choklari faqat binoning deformatsion choklari loyixalangan xududlarda quriladi. Deformatsion choklar bitum yoki degtli mastikaga qum, tosh uni bazi xollarda to‘qimali moddalar (asbest, qirindi) qo‘shilgan mahsulotlar bilan to‘ldiriladi. Agar pollarda tehnologik jarayonlar natijasida yuqori xaroratlar xosil bo‘lsa choklar qum va asbest mahsulotlar bilan to‘ldiriladi. Choklarni talab darajasida va sifatli to‘ldirish shovqindan, suYuqlik va gazlarning sizib o‘tishidan va boshqa xolatlardan saqlaydi.



Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish