Rasm. Sterjenli-panjarali konstruksiya.
Sanoat binolarida qo‘llaniladigan fazoviy konstruksiyalarining yana bir turi bu osma konstruksiyalardir (vantovыe konstruksii). Osma konstruksiyalarda tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari asosiy xolatda troslar va osma to‘g‘ri chiziqli elementlardan (metall armatura, polsa va x.k.lar ) tashkil topib faqat cho‘zilishga ishlaydi va ushbu elementlarning ko‘ndalang kesimlarini mustaxkamlikni taminlash maqsadida katta aniqlikda tanlab olish imkoniyati osma konstruksiyaga ega bo‘lgan binolarni loyixalashning asosiy yutuqlaridan biri xisoblanadi.
Osma konstruksiyali binolar to‘g‘ri burchakli, kvadrat, aylana, ellips va boshqa shakllarida loyixalanadi va qurilishi amalga oshiriladi. Osma (vant) konstruksiyalar montaj ishlarida juda xam oddiy, ko‘p balandlikka ega bo‘lmaydi, konstruksiyalarni tashishda qulay va ularni istalgan shakldagi binolarda qo‘llash mumkindir.
Osma konstruksiyalarning asosiy kamchiligi bo‘ylama yo‘nalishda xosil bo‘ladigan bosim kuchi (raspor) ni qabul qiluvchi tayanch mustaxkam konstruksiyalarini yaratish va binoning umumiy fazoviy mustaxkamlik tizimini taminlashning murakabbligidadir.
Osma konstruksiyaga ega bo‘lgan tomlar ikki turda: ochiq konturli va yopiq konturli tarzda loyixalanadi. Yopiq konturli loyixalash usulida bosim kuchi (raspor) tayanch konturiga beriladi va bunda faqat siquvchi kuchlanish xosil bo‘ladi. Ushbu turdaga osma konstruksiyaga ega bo‘lgan tomlar tarxda aylana, ellips yoki oval ko‘rinishidagi binolar uchun xos sanaladi.
Yopiq konturli tarzda loyixalanadigan sanoat binolari asosiy xollarda to‘g‘ri burchakli va kvadrat tarzda loyixalanadi. Ushbu xolatda bosim kuchi (raspor) pastki tomondan tayanchlarga maxkamlanib ularni tortib turuvchi tuproqqa ko‘milgan metall tortqi yoki tayanchlarning orqa tomonidan o‘rnatilgan yoki qurilgan kontrfors elementlari orqali qabul qilinadi.
Yuqoridagi turdagi fazoviy konstruksiyalar bilan bir qatorda turli xil ustaxonalar, elektrostansiyalar, ishlab chiqarish sexlari va boshqa turdagi binolarni loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda yumshoq qobiqlar sifatida loyixalangan pnevmatik konstruksiyalardan foydalanilmoqda. Ushbu turdagi konstruksiyalarini yaratish uchun material sifatida ortiqcha bosimlar (izbыtochnoe davlenie)ga chidamli bo‘lgan turli xil plenka va xavo o‘tkazmovchi matolardan foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan konstruksiyalarning ikki xil turi mavjud bo‘lib ular xavo tayanchli (vozduxoopornыe) va pnevmokarkasli (pnevmokarkasnыe) tarzda loyixalanadi.
Xavo tayanchli konstruksiyalar yumshoq qobiqlar sifatida tayyorlanib uncha katta bo‘lmagan ortiqcha bosimlarga tayanadi va o‘rab turuvchi to‘siqlar vazifasini bajaradi.
Pnevmo karkasli konstruksiyaga ega bo‘lgan yumshoq qobiqlarda binoning mustaxkamligi germetik yopiq bo‘shliqlarga berilgan ortiqcha bosimlar xisobiga saqlanadi. Bunday turdagi binolarda yuk ko‘taruvchi elementlar sifatida karkas sifatida xosil qilinib xavo bilan to‘ldirilgan quvurlar xizmat qiladi. (8.28)
Do'stlaringiz bilan baham: |