Rasm. Bir qavatli binolarining devor qirqimlari turlari.
a) – lentali oyna o’rnatilganda, b) – shuning o‘zi, yoppasiga (sploshnoy), v-d) – parda devorli (s prostenkami) echmilar ; 1 – o‘lchami 1,2 x 6 m li yogoch deraza panellari, 2-1, 8 x 6 m kuvurdan qilingan deraza panellari, 3 – shuni o‘zi, egiladigan profillardan, 4 – 1,2 (1,8) x 4,5 m li yogoch tavakali bloklar, 5 – 1,2 (1,8) x 3 m yogoch deraza panellari
Ushbu qirqim-sxemalar 6 m uzunlikdagi osma panellarni bo‘ylama yo‘nalishda parda panelli va parda panellarsiz (gorizontalnaya ryadovaya razrezka s prostenkami i bez prostenok) va o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi devorlarni tik yo‘nalishda (vertikalnaya razrezka), 1,5 va 3,0 m kenglikdagi parda devorlar va deraza o‘rinlari bilan joylashuvi bo‘yicha qo‘llaniladi.
Temir beton devor panellarini ustunlarga yoki yuk ko‘taruv konstruksiyalariga maxkamlash asosiy konstruktiv echimlardan biri xisoblanadi. Asosiy xollarda temir beton devor panellarini ustunlarga yoki yuk ko‘taruv konstruksiyalariga maxkamlashning ikki usulidan foydalaniladi:
osma yoki o‘zining og‘irligini uzatuvchi, yani ushbu xolatda devor panellari ikki tomonlama ustunlarga maxsus o‘rnatilgan metall o‘tirgichlarga (stolik) tayanadi yoki osib qo‘yladi;
o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi, yani ushbu xolatda devor panellari poydevor to‘sinlari yoki sokol elementlari orqali o‘zining og‘irligini poydevorlarga uzatadi;
Rasm. Devor panellarini Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga maxkamlash.
a) – buylama devor qirqimi, b) – burchak panelini faxverk ustunlarga maxkamlash v) – parapet panelini bino yon devoriga maxkamlash; 1 – poydevor to‘sini, 2 – tayanch stolchasi, 3 – engil betonli panel, 4 – maxkamlovchi element, 5 – tomning Yuk ko‘taruvchi elementi, 6 – kranosti to‘sini, 7 – ustun, 8 – ximoya qatlami, 9 – qum, 10 – yordamchi blok, 11 – o‘rta qatlam (70 x 6 mm), 12 – faxverk ustuni, 13 - temir taglik.
Temirbeton panellardan loyixalangan va qurilishi amalga oshirilgan binolar devorlarining ekspluatatsion sifati ularning bo‘ylama va tik va bo‘ylama yo‘nalishdagi choklarining konstruktiv echimlariga bog‘liqdir. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki sement-qumli qorishmalar bilan to‘ldirilgan panel choklarida vaqt o‘tishi bilan cho‘kish va tempiraturaviy tasirlar yoki dinamik kuchlar tasirida yoriqlar paydo bo‘ladi va bu yoriqlar binoning issiqlik-namlik sharoitiga o‘zining tasirini ko‘rsatadi.
CHoklarning sifatini oshirish maqsadida xozirgi kunda ularni turli elastik materiallar bilan to‘ldirish keng qo‘llanilmoqda. Tik yo‘nalishdagi choklarni konstruktiv echishda ustunlarning panellar maxkamlanadigan va choklar xosil bo‘ladigan tomoniga mastika yordamida elastik ashyolardan tayyorlangan maxsus tasmalar yopishtiriladi. Bo‘ylama choklarda xam devor paneli o‘z joyiga o‘rnatilgunga qadar uning Yuqorigi qirrasiga mastika yordamida elastik tasma maxkamlab yopishtirib qo‘yiladi. Devor panellari montaj qilingandan so‘ng ulari ustki tomondan sement-qumli qorishma bilan to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |