7-MA’RUZA (4 soat)
Sanoat korxonalarining bosh rejalari.
REJA :
Sanoat tumani va sanoat tugunlarini loyixalash.
Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyixalash.
Sanoat korxonalarini loyixalashda texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar
Tayanch so’zlar va iboralar: sanoat tumani, mamuriy tuman, xududiy-xo’jalik tuzilish, sanoat tumanini rejalashtirish, rejaviy struktura, kompleks loyixalash, sanoat tuguni, ko’kalamzorlashtirilgan xudud, klimatik faktorlar, xavo xarorati, shamolning tasir yo’nalishi, tasmali va chuqurlashgan loyixalash, panel, kvartal-panel, bloklar, kvartal-bloklar.
Sanoat korxonalari – zamonaviy shaxarlarning ajralmas qismi bo‘lib, shaxarning kelajagi va rivojlanishini aniqlovchi faktorlardan biridir. Sanoat qurilishida asosiy qo‘yiladigan talablardan biri –bu sanoat obektlari va komplekslarining optimal echimlariga ega bo‘lishdir. Sanoat korxonalarini loyixalash va qurilish ishlari uzoq yillarga mo‘ljallangan rejalar asosida belgilab olingan sxemalar va tumanni rejalashtirish (rayonnaya planirovka) loyixalari asosida amalga oshiriladi. Tumanni rejalashtirish - bu iqtisodiy yoki mamuriy tumanni xududiy-xo‘jalik tuzilishi va rejaviy strukturasini shakllantirishning kompleks loyixasidir.
Asosiy ishlab chiqarishning mos sharoitlarida umumiy kommunikatsiyalarga, muxandislik inshootlariga, yordamchi ishlab chiqarish va xo‘jaligining birlashgan sanoat korxonalari guruxiga ega bo‘lgan xududlarga sanoat tumani yoki sanoat tuguni (uzel) deb ataladi. Sanoat tumanlari va tugunlari ishlab chiqarish turidan va sanoat korxonasidan chiqadigan zararli faktorlarning darajasidan kelib chiqib shaxar va sanoat korxonalari o‘rtasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan xudud (selitibnaya zona) dan uzoq tashqarida, ko‘kalamzorlashtirilgan xudud yaqinida va ko‘kalamzorlashtirilgan xududda yani, shaxar ichida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Sanoat tugunlarini loyixalashda qurilish ishlari olib boriladigan tumanning klimatik faktorlari, xavo xarorati, shamolning tasir yo‘nalishi, abadiy muzlikka ega bo‘lgan xududlarning mavjudligi, qorning turib qolishi, daryo va suv xavzalarining mavjudligi, yuqori baxodagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining etishtirilishi va boshqalar xisobga olinmog‘i lozim.
Foydali qazilmalar qazib olinadigan xududlarda, turli ko‘mir, slanets va boshqa rudali mahsulotlar shaxtalari va ular boyitiladigan fabrikalar mavjud xududlarda, tuproq va qor ko‘chkilari bo‘lib turadigan xududlarda, turli arxitektura yodgorliklari mavjud xududlarda sanoat korxonalari, tugunlari va tumanlarini loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Loyixalanishi bo‘yicha shaxarda bir yoki bir necha sanoat tugunlari yoki tumanlari loyixalanishi mumkin.
Sanoat tumanlarini loyixalashtirish tasmali yoki chuqurlashgan tarzda amalga oshiriladi. Tasmali loyixalashtirish usulidan sanitariyaviy klassifikatsiyasi bo‘yicha bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sanoat korxonalarini birgalikda joylashtirishda, chuqurlashgan loyixalashtirish usulidan esa sanitariyaviy klassifikatsiyasi turlicha bo‘lgan sanoat korxonalarini joylashtirishda foydalaniladi. Sanoat tumanlari yoki sanoat korxonalarini bir-biridan magistrallar yoki o‘tish yo‘llari orqali ajratiladi. Uzun bo‘ylama yo‘llar orqali birlashtirilgan bir necha sanoat kvartallari panel deb, qurilish ishlari olib borilgan xudud esa kvartal-panel deb ataladi. Tugallangan tehnologik qismlarga ega bo‘lgan va bir blokka birlashtirilgan kvartallar yig‘indisidan tashkil topgan xududlarda blokli yoki kvartal-blokli zonalar tashkil etiladi. Kvartallar, panellar, bloklar va kvartal-bloklarningsh gabaritlari ishlab chiqarish turlaridan, ularning quvvatlaridan va sanitariyaviy xarakteristikalaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Sanoat tumanlari yoki tugunlarini joylashtirish va loyixalash ishlari maxsus QMQlari talablari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalarining bosh rejalari sanoat tumanining bosh rejasiga asoslangan xolda amalga oshiriladi va sanoat korxonasining xududidagi bino va inshootlar, transport, muxandislik kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish xududini obodonlashtirish va boshqalarni o‘z ichiga olgan loyixadan tashkil topadi.
Loyihalanadigan sanoat korxonasining bosh rejasi, ishlab chiqarish jarayonlarini, tumandagi shamolning tasir yunalishini (roza vetrov), ishlab chiqarish jarayoniga bog‘lik xolda korxonaning bosh rejasida loyixalanishi mo‘ljallangan boshqa mamuriy-maishiy, transport-omborxona, energetika binolari, yong‘inga qarshi qo‘llaniladigan chora-tadbirlar orqali qabul qilinadigan xamda boshqa bino va inshootlarni hisobga olgan holda amaldagi QMQlari asosida loyixalanadi. Sanoat korxonasining bosh rejasini loyixalashda butun ishlab chiqarish xududini quyida keltiriladigan to‘rt zonaga bo‘lish maksadga muvofiq keladi.
1). Zavod oldi zonasi: - ushbu zonaga mamuriy-maishiy, tibbiy, jamoat tashkilotlari joylashgan binolar, o‘tkazish byurolari, avtomobillar turish joyi va x.k.lar joylashtiriladi.
2). Ishlab chiqarish zonasi: - ushbu zonada ishlab chiqarish uchun asosiy rol o‘ynaydigan asosiy va yordamchi binolar joylashtiriladi.
3). Yordamchi zona: - ushbu zonada yoqilgi-energetka binolari, er usti va er osti muxandislik inshootlari joylashtiriladi.
4). Transport va omborxonalar zonasi: - ushbu zonada korxonaga tegishli bo’lgan transport vositalarini saqlash va xizmat ko‘rsatish xamda xom-ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar omborlari joylashtiriladi.
Sanoat korxonasining xududini zonalarga ajratishda asosiy etiborni odamlar va transport vositalari oqimining xarakatlanishiga qaratmoq lozim bo‘ladiki, butun korxona xududida ularning xarakatlanishi uchun yo‘llarni belgilangan talablar asosida loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
YUqoridagilardan tashqari sanoat korxonasining bosh rejalarini loyixalashda korxonalarning zararlilik va ishlab chiqarishning yong‘inga qarshilik darajasi bo‘yicha xam zonalashtirish talab etiladi. Ushbu xolatda sanoat binolari va sexlarini ajralib chiqadigan zararlar miqdori, shovqinlar, yong‘in xavfliligi va portlash darajasiga qarab guruxlarga ajratiladi.
Sanoat korxonasi tarkibidagi bino va inshootlarga temir yullarni kiritish va loyixalash tehnologik jarayonning loyixa talablaridan kelib chiqkan xolda amalga oshiriladi va bunda konstruktiv xamda yonginga karshi kurash choralari barcha talablarga javob bermog‘i lozim. Temir yullarni loyixalashda temir yo‘l o‘qlaridan trotuarlargacha bo’lgan masofa 5 m.dan kam bulmasligi lozim. Umumiy xududi 5 ga.dan ziyod bo’lgan sanoat binolari kamida ikkita avtomobil kirish-chiqish yullariga ega bulib ular orasidagi masofa 1500 m.dan oshib ketmasligi lozim. Avtomobil yullarining kengligi ishlab chiqarish zonasi ichida 3,5-9,5 m. kenglikda albatta kattik koplamalar bilan loyixalanmogi lozim. Avtomobillarning kirish-chiqish joylaridagi darvozalarning kengligini kirib chiquvchi avtomobillarning kengliklarini etiborga olgan xolda ularning kengliklaridan kamida 1,5 metr katta xolatda, lekin 4,5 m.dan kam bulmagan xolatda loyixalamok lozim. Temir yul transporti uchun muljallangan darvozalarning kengligi 4,9 m.dan kam bulmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |