Alohida tayanchlar – sanoat binolarida yuk qabul qiluvchi tik yo‘nalishdagi konstruksiyalar bo‘lib, to‘sinlar orqali qavatlararo orayopmalar, tom yopmalari, tom va boshqa elementlardan yuk va yuklanishlarni qabul qilib poydevorlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Konstruktiv echimiga qarab alohida tayanchlar, mayda o‘lchamli mahsulotli, temir betonli yoki metall mahsulotlardan bo‘lishi mumkin.
Orayopmalar – sanoat binolarda xonalarni tik yo‘nalishda bir biridan ajratuvchi konstruksiyalar bo‘lib, doimiy va vaqtinchalik yo’qlarni qabul qilib yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga uzatadi. Mo‘ljallanishiga qarab orayopmalar binolarda pastki (texpodpole va 1 qavat orasida), erto‘la usti (erto‘la va 1 qavat orasida), qavatlararo (1 va yuqori qavatlar orasida) va chordoq (so‘nggi qavat va chordoq) tarzda loyihalanadi.
Rasm 5.1. Bir qavatli sanoat binosining konstruktiv elementlari.
1 - poydevor; 2 - ustun; 3 – tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi osti to‘sini (podstropilnaya ferma); 4 - tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi (stropilnaya ferma); 5 – Yuqoridan yoritish va shamollatish konstruksiyasi (yorug‘lik va aeratsiya fonari); 6- tomning temir-beton yopma paneli; 7- par saqlovchi qatlam (paroizolyasiya); 8- issiqlik saqlovchi qatlam (teploizolyasiya); 9- sement-qum qorishmali tekislovchi qatlam; 10 – tom qoplamasi (suv o‘tkazmovchi qatlam); 11 - yomg‘ir va qor suvlarini qabul qilish ichki suv tarnovining og‘zi (vodopriyomnaya voronka); 12- o‘rta qator tarnovlariga oqib keluvchi suv yo‘li; 13- chetki qator tarnovlariga oqib keluvchi suv yo‘li; 14 - devor paneli; 15 -deraza paneli; 16 - kran osti to‘sini; 17 – ko‘prikli kran harakatlanadigan rels; 18 - ustunlar orasidagi tik bog‘lam; 19 - poydevor to‘sini; 20 - asfalt qoplama (otmostka).
Tomlar - binolarni yuqori tomondan tashqi atmosfera tasirlardan himoya qilib tomning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, tom yopmasi va qoplama qismlaridan tashkil topadi. Loyihalanishiga qarab tomlar chordoqli va tekis (sovmeщennыe) tarzda loyihalanadi.
Tom yopmalari – sanoat binolarida tomning asosiy konstruksiyasi xisoblanib chordoq va texnik qavatlar ustida o‘rnatiladi, chordoqsiz va texnik qavatlarsiz loyihalashda esa so‘nggi qavat orayopma konstruksiyasi tom yopmasi sifatida qabul qilinadi va qoplovchi elementlar bilan tom sifatida loyihalanadi. Sifatli bajarilgan tekis tomlar, chordoqli tomlarga nisbatan qurilishda va ekspluatatsiyada ancha arzonroq baholanadi, bundan tashqari tekis tomlardan bazi hollarda maydonlar sifatida ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |