O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________
Sana ___ ______”_________-yil Geofrafiya fani Sinf: 9_______
4- Mavzu: Jahon tabiiy resurslari.
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga dunyo tabiiy resurslari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
|
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash 1. Yozuvsiz kartaga idora Qilishning monarxiya shakliga oid mamlakatlarn..ig nomlari va chegaralarini aniqlab tushiring.
2. Mutlaq, konstitutsion va federal monarxiya mavjud mamlakatlar ro‘yxatini tuzing.
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: Insoniyat tabiat qo’ynida paydo bo’ldi, ulg’aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini oldi, uni chuqur o’zlashtirishga erishdi va o’z navbatida, unga o’z ta’sirini o’tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o’tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga o’zaro ta’siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin, taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan o’zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu uzluksiz, tobora kuchayib borgan o’zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatning hozirgi holatiga olib keldi.Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo’lgan Ona Yer, Ona Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to hozirgacha o’z boshidan katta o’zgarishlarni o’tkazdi. Jamiyat va tabiatning o’zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, asosan, tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan shug’ullangan, o’simlik ildizlarini yig’ib kun kechirgan. Tabiiyki, u davrlarda kishilar o’simlik va hayvonlarga boy bo’lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa bo’lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy jamoa davri deb ataladi.
Insoniyat hayotining 2-bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy o’zgarishlarga erishgan hududga aylandi.Yillar, asrlar o’tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o’zaro ta’siri ham sekin-asta kengayib bordi. Avvalo insonning tabiatga ta’siri kuchaya bordi (2-jadvalga qarang). Bular o’z navbatida jamiyat hayotida tobora katta o’zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Asta-sekin aholi soni ortib bora boshladi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining 3-bosqichi hisoblanmish o’rta asrlar davrida yer, mineral va o’rmon rcsurslarini kengroq o’zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon yo’llari (Buyukipakyo’li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi.Aholining ko’paya borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlarni o’zlashtirishga undadi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Tabiiy resurslar kelib chiqishi xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo linadi?
2. Tabiiy resurslar ishlatilishi xususiyatiga ko ra qanday turlarga taqsimlanac.?
3. Tugamaydigan resurs deganda iz nimani tushunasiz?
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish Yozuvsiz xaritaga tushurib
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: Geografiya 9-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |