O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________
Sana ___ ______”_________-yil Geofrafiya fani Sinf: 9_______
3- Mavzu: Jahon mamlakatlarining davlat tizimi va boshqaruvi shakillari
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga davlat tizimi va boshqaruvi shakillari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
|
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
1. Yozuvsiz kartaga jahon mamlakatla} ini tushiring.
2. Iqtisodiy rivojiangan davlatlar ro'yxatlni tuzing.
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: Har qanday mamlakatning davlat tuzumi uni idora qilish shakli bilan ajralib turadi. Idora qilishning ikki asosiy - respublika va monarxiya shakllari keng tarqalgan. Respublika shakli qadimdan ma’lum (Qadimgi Rim) bo’lsa ham, uning keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.2013-yilning dastlabki davrida jahonda 149 ta respublika mavjud edi. Respublika tuzumida qonun chiqaruvchi organ odatda parlamentga, ijro etuvchi organ esa hukumatga qaraydi. Shu vaqtning o’zida, prezidentlik respublikasini parlamentlik respublikasidan farq qilish lozim. Prezidentlik respublikalarida prezident hukumat boshlig’i lavozimidan tashqari juda katta vakolatlar bilan ta’minlangan bo’ladi (AQSh, Rossiya, Lotin Amerikasidagi qator davlatlar), parlamentar respublikalarida prezident katta vakolatlarga ega bo’lmaydi, bosh vazir hukumat boshlig’i hisoblanadi (GFR, Italiya, Avstriya, Hindiston). Idora qilishning monarxiya shakli ham qadimda vujudga kelgan. (Qadimgi Rim, imperiya davri.)Monarxiyalarning ko’pchiligi konstitutsiyalik monarxiyalardir, ularda qonun chiqaruvchi organ parlamentga, ijro etuvchi organ esa hukumatga qaraydi. Bunday mamlakatda monarx, I.A.Vitver ta’kidlashicha, «podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi». Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya, Yaponiya ana shunday davlatlar jumlasidandir.
O’zbekiston o’zining mustaqil davlat sifatida rivojlanishidagi o’tgan qisqa tarixiy davrida eng obroli va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga a’zo bo’ldi, barcha qit’alardagi bir necha o’nlab mamlakatlar bilan do’stona aloqalar o’rnatdi, eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.«Yangi mustaqil davlat bo’lgan O’zbekiston uchun,eng avvalo, tashqi siyosatning oqilona maqbullikka hamda davlatimiz, jamiyat va insonning uzoqni ko’zlovchi manfaatlariga asoslanadigan eng muhim tamoyillariga qat’iy rioya etish ulkan ahamiyat kasb etmoqda».O’zbekiston 1992-yil 2-martda BMTga a’zo bo’ldi. O’zbekistonning tashabbusi bilan BMT rahnamoligida 1995-yili Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag’ishlangan xalqaro seminar muvaffaqiyatli o’tdi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Davlat tuzumi avvalambor nima bilan bog‘liq?
2. Idora qilishning respublika va monarxiya shakllarini bir-biridan ajratib turuvchi
belgilar to‘g‘risida so‘zlab bering.
3. Jahon siyosiy xaritasida respublika va monarxiya shakllari mavjud mamlakatlar
soni qancha?
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish Yozuvsiz xaritaga tushurib
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: Geografiya 9-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |