Sana_____________________
Mavzu: Sonning bo‘luvchi va karralilarini aniqlash 1 - 7 – misol va masalalar
Darsning maqsadi:ta`limiy: Sonning bo‘luvchi va karralilarini aniqlashning sodda hollari haqida bilim berish. T.k.1 so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; F.k.1.o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;Tarbiyaviy:Yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik tushunchalarining mazmunini tushuntirish. T.k.3. o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;.Rivojlantiruvchi:Yangi dars texnologiyalari orqali o’quvchilardagi fikriy bog’liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish. F.k.2. matematik mulohazalarni og‘zaki va yozma tarzda ifodalay oladi;
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi:
Darsning metodi: Suhbat, mustaqil ishlash, bahs - munozara.
Darsning jihozi: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish; b) navbatchining axboroti; s) sinf tozaligini nazorat qilish.
II. O`tgan darsda berilgan topshiriqni so`rab , o`quvchilar bilimini baholash.
Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish. Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o'quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni:
a) 1 ∙ 2 ∙ 3 = 6 bo‘lgani uchun 6 soni 1 ga, 2 ga, 3 ga bo‘linadi. 1, 2 va 3 sonlari 6 sonining bo‘luvchilari deyiladi.
b) 36 : 4 = 9. 36 soni 4 ga qoldiqsiz bo‘linadi. Demak, 36 soni 4 sonining karralisi.
d) 36 sonining barcha bo‘luvchilarini yozib chiqing: 1, 2, 3, 4, 6, 9, 12, 18, 36. 36 soni o‘zining barcha bo‘luvchilari uchun karralidir.
e) 3 soniga to‘rtta karrali sonlarni topish uchun uni 1, 2, 3, 4 ... sonlariga ko‘paytiring: 3, 6, 9, 12, ... Bu sonlar 3 ga karrali sonlardir.
|
1-misol. a) 12 sonining bo‘luvchilarini sonlar o‘qida belgilang:
b) 2; 4; 7; 8 sonlarining har biriga 4 tadan karrali son toping. Namuna: 2 soniga karrali sonlar: 2, 4, 6, 8.
2-misol. a) 48 soni nechta songa qoldiqsiz bo‘linadi? 48 : 8 = 6 48 : 6 = 8
b) 54 soni nechta songa qoldiqsiz bo‘linadi? 54 : 6 = 9 54 : 9 = 6
Tahlil qiling, ulardan qaysi biri ko‘proq songa bo‘linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |