Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Zardushtiylikning ilk targ’ibotchisi kim?
o’rta Osiyo hududida zardushtiylik tarqalgan davrni ayting.
Zardushtiylar sig'inadigan oliy xudo nomini ayting
Zardushtiylarning qaysi marosimlarini bilasiz?
Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"ning ahamiyati ni-mada?
Miloddan avvalgi I mingyillikda O`rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduzlarga sig`inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. "Zardushtiylik" so`zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. Keyinroq Yunonistonda payg`ambar Zardushtning ismi "Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron" - "yulduz"so`zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand yulduzshunos munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta'limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi. Tarqalishi. Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda ibodatxonalar ham, odamlar duo matnlarini o`rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo`lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o`choq olovi atrofida o`tkazilgan. Zardushtning so`nggi va'zlari din xizmatchilari bo`lmish kohinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o`qib berar edilar. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o`tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo`lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi "Avesto" bo`lib, "qat`iy belgilangan qonun-qoidalar" degan ma'noni anglatadi. Xudolari. Zardushtiylikning zo`r ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug` va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra - Quyosh va yorug`lik xudosi, dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag`ishlovchi homiysidir. Mitra Ahuramazda va odamlar o`rtasida bosh vositachi bo`lgan. Mitra o`spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan. o`tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o`lim xudosi bo`lmish Ahriman bilan jang qiladi. Yomg`irdan keyin hosil bo`ladigan kamalak Mitraning o`q uzayotgan yoyidek egilgandir. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta'limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi dualistik qarashlari takomiliga katta ta'sir ko`tsatdi. "AVESTO" va zardushtiylik marosimlari. Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" matn lari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldik. Fransuz olimi A.Dyuperron ilk marotaba "Avesto"ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo`lgan. Zardushtiylik dunyoga kelishi haqida shunday bir afsona bor. Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo`yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko`rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo`l ko`rsatibdi. Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko`p o`tmay oliy iloh qarshisiga borib qolibdi. Ahuramazda unga Zardushtni xudo Ahuramaz da va uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun tanlab olinganini ma'lum qilibdi. Shu alfozda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta'limot payg`ambariga aylangan. "Payg`ambar" so`zining o`zi esa "ezgu amallar haqida mujda beruvchi" ma'nosini anglatadi. Zardusht va'zlari matnlarining hammasi miloddan avvalgi III asrda 21 ta kitobga jamlangan, bu kitoblar "Avesto" asosini tashkil etgan edi. "Avesto" matnlariga sharh esa "Zand" deb yuritiladi. Zardushtiylik ta'limotiga ko`ra, butun Borliq va bizni qurshab turgan hamma narsa ikki ibtido dan, ya'ni Ezgulik va Yovuzlikdsm tashkil topgan. Ezgulik va Yovuz lik o`rtasida doimiy kurash boradi. Masalan, yorug`lik zulmat bilan, hayot o`lim bilan, yaxshilik yomonlik bilan, haq-huquq esa haqsizlik bilan kurashadi. Zardushtiylar umrining tub ma'nosi ezgu amal, ezgu so`z va ezgu fikrdan iborat bo`lishi lozim. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Yovuzlik bilan kurashda Ezgulikka yordam berish lozim: yolg`on so`zlamaslik, aldamaslik, va'daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish. Zardushtiylik ta'limotiga ko`ra, inson o`z yo`lini o`zi tanlaydi, kimning yonini olish, kimni himoya qilishni ham o`zi hal qiladi. Olov, tuproq, suv va havoni zardushtiylar muqaddas hisoblashgan. Ularni Yovuzlikni ifoda etuvchi buyumlar bilan qorishtirib yubormaslik kerak. Yer yuzidagi eng qo`rqinchli Yovuzlik o`limdir. Biz Mitraga sig`inamiz... Uni hech kim aldayolmaydi. Hech kim yo`ldan chalg`itolmaydi. Kulbasiga eltolmaydi uy sohibi, oilaga kiritolmas urug` boshi, qabilaga qabilaning oqsoqoli, mamlakatga mamlakatning hukmdori... Biz Mitraga sig`inamiz, ul kim ulug` qasrlarning ustunlarin ko`taradir, mustahkamlar qopqalarini, ul uylarga hadya qilar podalarni". Bahor va Navro`z bayramidan afzali bormi? Bu tabiatning Ezgulik kuchlari tug`iladigan kun. Tong bilan Baqtriya podshosi Okslart saroyi tomida gulxan yoqiladi, shu zahotiyoq Baqtra shahri, mamlakat poytaxtining har bir xonadonida shamlar, nurlar porlay boshlaydi. Kulol va savdogarlar, tikuvchi va quruvchi o`z uylarining tomida muqaddas gulxan yoqadilar. Odamlar eski, ko`plar tushunishi qiyin bo`lgan duolarni o`qib, yaxshilik va yorug`lik Tangrisini barcha yomonliklarni yo`qotib, olov, suv, ekinzorlar va bog`larga yangi hayot baxsh etmoqqa chorlaydilar. Yer kurrasi - bu qadimiy qasidalarni eshitib, yashil libosini kiyadi. U oq tog` qishloqlaridan sovuq chekinadi, qorlar erib, chuchmomalar unib chiqadi. Daryolar toshib, to`lib oqa boshlaydi, yaylovlar gulga burkanadi. Uylarda shamlar yog`du sochib, quritilgan, xushbo`y giyohlar tutay boshlaydi. Dasturxonlarda bayramona kiyingan xonadon sohiblari quritilgan mevadan, uzum, shirinlik va undan tayyorlangan yetti xil ovqatdan tanovul qila boshlaydilar.
V.Mustahkamlash:
Zardushtiylikning ilk targ’ibotchisi kim?
o’rta Osiyo hududida zardushtiylik tarqalgan davrni ayting.
Zardushtiylar sig'inadigan oliy xudo nomini ayting
Zardushtiylarning qaysi marosimlarini bilasiz?
Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"ning ahamiyati ni-mada?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |