III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o`quvchi, tarix — kelajak ko`zgusi, degan iborani eshitgan bo`lsangiz kerak. Buning ma`nosi shuki, tarix insonning ko`zini ochadi,o`tmishdan saboq chiqargan holda, kelajakyo`lini to`g`ri belgilab olishga
da`vat etadi. Mustabid sovet hokimiyati davrida xalqimizning tarixi soxtalashtirilib, bizni yolg`on va bo`hton gaplarga ishontirishga harakat qilishar edi. Jasur va ma`rifatparvar ajdodlarimiz, har qancha tazyiq
va ta`qiblarga qaramasdan, xalqimizning haqiqiy tarixini o`rganishi harakat qilar edilar. Chunki ularning qalbidagi tarixiy xotira tuyg`U butunlay so`nmagan edi. Bu tuyg`u dunyoga ne-ne buyuk zotlarni
bergan o`zbek xalqi ham ozod va mustaqil yashashga, o`zining asriy qadriyat va an`analariga munosib hayot kechirishga haqli ekanini ularga eslatib, ana shu maqsad yo`lida shijoatga, jasoratga undar edi. Aynan
ana shunday intilish tufayli ajdodlarimiz qalbida istiqlolga erishish orzusi eng buyuk orzu bo`lib kelgan. Bosqinchilik borasida g`oyatda makkor siyosat olib borgan chor Rossiyasi, uning o`rniga kelib, mustamlakachilik siyosatini davom ettirgan sho`ro hukumati bu haqiqatni bilgani uchun bizning tariximizni
buzib ko`rsatishga, uni o`rganishni taqiqlashga va shu tariqa xalqni mizni tarixiy xotirasidan butunlay mahrum etib, uni ota-bobolarini ham, millatini ham tanimaydigan manqurtga aylantirishga urinar edi.
Chunki mustamlakachilar bizning ozod bo`lishimizni, o`z boyligi mizga, o`z taqdirimizga o`zimiz egalik qilib, erkin va farovon hayot kechirishimizni aslo istamas edi. Bum* o`lkamizda amalga oshirilgan
dahshatli bosqinlarga rahbarlik qilgan chor generallaridan biri bo`lmish Skobelevning Rossiya imperatoriga yozgan xatidagi mana bu fikrlar ham tasdiqlaydi: «Mahalliy xalq biz o`ylagandan ko`ra madaniyatli
ekan. Ularni bo`ysundira olmayapmiz... Bu xalqning o`tmishdi yaratilgan barcha osori atiqalarini, masjid-u madrasalarini, diniy mansubllgi, kimlarning avlodi ckanini eslatib turadi. Insonni xalqni o`z sha`ni va g`ururi, or-nomusini asrab yashashga qodir bo`lishga undaydi.Tarixiy xotira tuyg`usi dunyodagi barcha xalqlarga xos, Ularga aynan shu tuyg`u tufayli ajdodlarining ruhini, ularning a`nana qadriyatlarini his qilib yashaydi. Siz uzoq Yaponiyadan kelib, Surxondaryodagi ko`hna Dalvarzintepa va Qoratepada arxeologik qazuv ishlarini olib borayotgan Afrosiyob xarobalaridan topilgan ishlarini olib borayotgan Kyudzo Kato haqida eshitgan bo`lsangiz kerak. Yoshi 80 dan oshgan keksa olimni o`z uyi, yaqinlarini tashlab yurtimizga kelishga, uzoq yillar davomida loy, tuproq kechib, jazirama issiq demay, qahraton
sovuq demay, qadimiy tepalar bag`rini qadam-baqadam kovlab, ilmiy izlanishlar olib borishga majbur etgan narsa nima? Tarixiy xotira tuyg`usi .Ma`lumki, bir zamonlar Kushonlar davlati paytida Surxon zaminida buddaviylik dim gullab-yashnagan. Buddaviylik esa Yaponiyada ajdodlaming qadimiy ta`limoti sifatida qadrlanadi. Kato domla ana shu ta`limotga doir qadimiy yodgorliklami topib, o`z ajdodlarining tarixiy xotirasidagi uzilib qolgan rishtalarni tiklamoqchi. Bu — haqiqiy fidoiylikdir. Bu ilm jonkuyari xalqimizning boy tarixi, qadimiy yodgor liklari hamda madaniy merosini chuqur o`rganish va xorijiy ellatlarini targ`ib qilishdagi katta xizmatlari, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasitlngl ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qo`shgan samarali hissasi ucliiin mamlakatimiz Prezidentining farmoniga binoan «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlangan.Yana bir misol. Yurtimizdan turli sabablar biian chetga olib ketilgun bctakror milliy madaniyatimiz namunalari ко`p. Mustaqillikning da.stlabki davridayoq Prezidentimiz tomonidan ularni mamlakatimizga qaytarib olib kelish masalasi qat`iy vazifa qilib qo`yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |