Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti 304-guruh talabasi Xolmurodova Maxliyoningning Turkiy tillar qiyosiy tarixiy grammatikasi fanidan <> mavzusida yozgan kurs ishisi.
Toshkent 2021
MUNDARIJA
Kirish
Kurs ishining umumiy tavsifi………………………………………………………………
I BOB.Turkiy til leksikasi tarixidan.
1.1 Turk tilining lug’at tarkibidagi arxaizmlar………………………………..
1.2 Turk tiliga o’zlashgan arxaik leksika…………………………………………………..
II BOB.Hozirgi turk tili leksikasi.
2.1 Turk tili leksikasi…………………………………………………………..
2.2Turk tilining . lug’at tarkibi…………………………………………………………
Xulosa.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH. Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o`z maqsad – muddaolari, shu bilan birrga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma`naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya`ni tarixiy xotira tuyg`usi to`laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi. Biz bu masalaga ana shunday ilmiy asosda yondashib, qadimiy tariximizni o`rganish va baho berishda unung biror–bir davri yoki jabhasini e`tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qildik. Jumladan, mustamlakachilik va sovet davridagi ommaviy qatag`onlar paytida zulm va zo`ravonlik qurboni bo`lgan, istiqlol yo`lida jon fido etgan ajdodlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qo`yish, ularning el-yurt ozodligi yo`lidagi ishlari, qoldirgan merosini izlash va o`rganishni aynan ana shunday ma`naviy negizda yo`lga qo`yganimizni qayd etish zarur. El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo`lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o`tmishidagi yopiq sahifalarni to`la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo`lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi. Buyuk sivilizatsiya va madaniyat beshigi bo`lgan, ko`hna va hayratomuz tarixni o`zida mujassam etgan Vatanimizdagi bebaho yodgorliklar, osori atiqalar haqida so`z yuritar ekanmiz, shu zaminda yashayotgan barcha insonlar ularni avvalo xalqimiz dahosining yorqin na`munasi, ta`bir joiz bo`lsa, unung yuksak ma`naviyatiga qo`yilgan muazzam haykallar deb qabul qiladi.
Tilshunoslikda leksik qatlamlar va ularning til lug‘at tarkibida tutgan o‘rni, leksik birliklar semantikasi bilan bog‘liq masalalarning tadqiq etilishi murakkab yo‘nalishlardan sanaladi. Mazkur bitiruv-malakaviy ishi turk tilidagi arxaik leksikaning ilmiy o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda hozirgi zamon turk tilidagi lug‘atlardan joy olgan arxaizmlar semantik nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, hozirgi zamon turk tilini o‘rganishda arxaik so‘zlarni bilish va ushbu leksik qatlamni o‘xshash birliklardan farqlay olish ba’zi qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Turk tilining leksikologiyasi kursida arhaik leksikani tarixiy leksikadan farqlash va o‘xshash jihatlarini aniqlash qator qiyinchchiliklar tug‘dirmoqda. Undan tashqari, turk tilining izohli lug‘ati va o‘zbekcha-turkcha, turkcha-o‘zbekcha lug‘atlarda berilgan so‘zlarning ba’zi ma’nolari eskirganligi yoki tarixiy leksikaga aylanganligi chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Ana shu muammolarga qisman javob berish maqsadida boshlagan bitiruv malakaviy ishimiz hozirgi kunda turk tili leksikologiyasini o‘rganishda dolzarb mavzu sifatida baholanishi mumkin deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |