Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o`quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo`lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish.O`quvchilar dars davomida o`rganishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, va malakalar
Bilim: O`quvchilar Registon maydoni qayerda joylashganligini, Uni yana qanday nom bilan atalishi,Ulug`bek madrasasi kim tomonidan qurilganligini, Bu madrasada kimlar dars berganligini,Alisher Navoiy qayerda tahsil olganligini, Sherdor madrasasi nima uchun shunday atalganligini,Tillakori madrasasi nima uchun shunday atalishi,Sherdor va Tillakori madrasalarini kim qurdirganligini,Ushbu rasmlardan Ulug`bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini qaysi tarafida joylashganiga qarab ko`rsatib bera olishinibilishi
Ko`nikma: O`quvchilar Vatan , mahalla , shahar haqida tushuncha hosil qilish
Malaka: O`quvchilar darslik matni bo`yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish
Do'stlaringiz bilan baham: |