V. Baholash Faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __6 ABV __
Mavzu: «Navro`z sayli» mavzusidagi amaliy
mashg`ulot
Darsning maqsadi: O`quvchilarga Qadriyat deb nimaga aytilishi, Milliy qadriyat deganda nimani tushunishi, Milliy qadriyatlar qanday sharoitda rivojlanishi, Siz ko`proq qaysi milliy qadriyatlarimizni yoqtirasiz?Ushbu rasmlarning qaysi birida Navro`z manzaralari aks ettirilgan? Qaysi o`zlarimizni boshqa tillarga tarjima qilish qiyin ekanligini tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta`limiy ravishda yoritib berish: O`quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne`mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug` maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo`shliq bo`lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog`lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O`z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to`g`ri yo`l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g`oyalarning hayotbaxsh kuchini to`g`ri anglab, vayronkor g`oyalarga vaqtida zarba berishga o`rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko`rsatish bilan o`quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o`rgatish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o`quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo`lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish.O`quvchilar dars davomida o`rganishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, va malakalar
Bilim: O`quvchilar Qadriyat deb nimaga aytilishi, Milliy qadriyat deganda nimani tushunishi, Milliy qadriyatlar qanday sharoitda rivojlanishi, Siz ko`proq qaysi milliy qadriyatlarimizni yoqtirasiz?Ushbu rasmlarning qaysi birida Navro`z manzaralari aks ettirilgan? Qaysi o`zlarimizni boshqa tillarga tarjima qilish qiyin ekanligini bilishi
Ko`nikma: O`quvchilar Vatan , mahalla , shahar haqida tushuncha hosil qilish
Malaka: O`quvchilar darslik matni bo`yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 6 sinf “Vatan tuyg`usi ” darsligi
2.Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo`r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1. : «Navro`z sayli»
2. Milliy qadriyat deganda nimani tushunishi
3. O`zbekiston vatanim manim
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O`tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O`quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II .O`tilgan mavzuni takrorlash
davlatchilik deganda nimani tushunasiz?
O`zbek milliy davlatchiligining qadimiyligini qanday bilishimiz mumkin?
Milliy davlatchiligimiz necha ming yillik tarixga ega?
Tarixda yurtimiz hududida qanday davlatlar bo`lgan?
Sohibqiron Amir Temur qanday davlatga asos solgan?
Mustaqillikdan keyin tiklangan milliy davlatchiligimizning asosiy xususiyatlari haqida gapirib bering.
Ushbu rasmlarda qaysi buyuk sarkardalarning siymosi aks ettirilgan?
III. Yangi mavzuning bayoni
«Navro`z sayli» mavzusidagi amaliy mashg`ulot uchun adabiyotlar
1. Islom Karimov. Yuksak ma`naviyat — yengilmas kuch. Toshkent,
«Ma`naviyat» nashriyoti, 2008-yil, 35-bet.
2. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 6-jild. Toshkent, «O`zbekiston milliy
ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2003-yil, 237-238-betlar.
IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
Qadriyat deb nimaga aytiladi?
Milliy qadriyat deganda nimani tushunasiz?
Milliy qadriyatlar qanday sharoitda rivojlanadi?
Siz ko`proq qaysi milliy qadriyatlarimizni yoqtirasiz?
Ushbu rasmlarning qaysi birida Navro`z manzaralari aks ettirilgan?
6. Qaysi so`zlarimizni boshqa tillarga tarjima qilish qiyin?
V. Baholash Faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __6 ABV __
Mavzu: “Biz o`zbekiston fuqarosimiz”
Darsning maqsadi: O`quvchilarga O`z Vatanining fuqarosi bo`lish nima uchun insonga g`urur-iftixor bag`ishlanishi, Fuqarolik hissi deganda nimani tushunishini, Fuqarolik hissini tuyib, qahramonlik ko`rsatgan insonlardan kimlarni bilishi, Biz qurayotgan jamiyat nima uchun ongli fuqarolarga tayanishini ,Ongli fuqaro bo`lish uchun nima qilish zarur ekanligini tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta`limiy ravishda yoritib berish: O`quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne`mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug` maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo`shliq bo`lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog`lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O`z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to`g`ri yo`l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g`oyalarning hayotbaxsh kuchini to`g`ri anglab, vayronkor g`oyalarga vaqtida zarba berishga o`rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko`rsatish bilan o`quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o`rgatish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o`quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo`lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish.O`quvchilar dars davomida o`rganishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, va malakalar
Bilim: O`quvchilar O`z Vatanining fuqarosi bo`lish nima uchun insonga g`urur-iftixor bag`ishlanishi, Fuqarolik hissi deganda nimani tushunishini, Fuqarolik hissini tuyib, qahramonlik ko`rsatgan insonlardan kimlarni bilishi, Biz qurayotgan jamiyat nima uchun ongli fuqarolarga tayanishini ,Ongli fuqaro bo`lish uchun nima qilish zarur ekanligini bilishi
Ko`nikma: O`quvchilar Vatan , mahalla , shahar haqida tushuncha hosil qilish
Malaka: O`quvchilar darslik matni bo`yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 6 sinf “Vatan tuyg`usi ” darsligi
2.Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo`r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1. “Biz o`zbekiston fuqarosimiz”
2. O`z Vatanining fuqarosi bo`lish nima uchun insonga g`urur-iftixor bag`ishlanishi
3. O`zbekiston vatanim manim
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O`tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O`quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II .O`tilgan mavzuni takrorlash
Qadriyat deb nimaga aytiladi?
Milliy qadriyat deganda nimani tushunasiz?
Milliy qadriyatlar qanday sharoitda rivojlanadi?
Siz ko`proq qaysi milliy qadriyatlarimizni yoqtirasiz?
Ushbu rasmlarning qaysi birida Navro`z manzaralari aks ettirilgan?
Qaysi so`zlarimizni boshqa tillarga tarjima qilish qiyin?
III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o`quvchi, e`tibor berganmisiz, ota-onangiz yoki qarindoshlaringiz biror-bir chet davlatga bormoqchi bo`lsa, o`zi bilan albatta pasportini oladi. Chunki pasport msonning fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjatdir. Odamning fuqaroligi esa qaysi davlat yoki xalqqa mansubligini, uning o`sha davlat himoyasida ekanini, o`z yurtiga munosib bo`lish majburiyatini bildiradi. Shuning uchun o`z davlatining fuqarosi bo`lish kishiga katta g`urur va iftixor baxsh etadi. | Bularni bilib oling. Fuqaro so`zi grajdanlik ma`nosini ang* latadi. Grajdanin lotincha so`z bo`lib, huquqiy jihatdan birorbir davlatga mansublikni bildiradi.Qadimda fuqaro so`zi o`rnida tabaa, raiyat kabi so`zlar ham ishlatilgan. Ota-bobolarimiz o`zlari haqida gap ketganda, kamtarlik bilan «faqir-u haqir», «faqiringizni afV etgaysiz», «faqirlikda, bilmay qolibmi/»kabi iboralarni ishlatganlar. Bu iboralarda o`zini boshqalar oldida burchdor deb bihsh ma`nosi ham bor. Fuqaro so`zi bugungi kunda ko`proq biror-bir davlatga mansub bo`lgan, uning hududida o`sib-ulg`aygan,qonuniy huquq va burchga, davlat va jamiyat oldidagi mas`uliyatga ega bo`lgan insonni bildiradi.Biz — O`zbekiston davlatiga mansubmiz va buni e`tirof etar ekanmiz,liar safar qalbimiz quvonchga to`ladi. Chunki, awalgi suhbatlarimizda aytilganidek, O`zbekiston dunyoda qiyosi yo`q go`zal va betakror mamlakatdir. Bunday Vatanda tug`ilish, uning tabarruk ne`matlaridan bahramand bo`lish hammaga ham nasib qilavermaydigan ulkan saodatdir.O`zbekiston mqaroligining huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasida, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab berilgan.Fuqarolik hissi Vatan farzandlarini birlashtiradi, ahil va inoq qiladi.Bunday hamjihatlikning ahamiyatini Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta`kidlagan. «Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o`zini eng awalo O`zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan bir hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg`ona vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. Tabiiyki, bu holat har birimiz mansub bo`lgan «mo`jaz vatan»ning, tug`ilib o`sgan shahar yoki qishloqning qadri va ahamiyatini aslo kamaytirmaydi. Biroq shuni esda tutish kerakki, haddan tashqari bo`rttirib yuborilgan mahalliy vatanparvarlik millatning, xalqning jipslashuviga xalaqit beradi. Biz Vatan tuyg`usini mana shunday yaxlit holda, ya`ni dunyoda yagona o`zbek millati bor, xorazmlik, farg`onalik, surxondaryolik o`rtasida hech qanday milliy farq yo`q, ularning barchasi o`zbek xalqining farzandi deb anglashimiz, yosh avlodimizni aynan shu
ruhda tarbiyalashimiz zarur»1. O`zining fuqarolik burchini chuqur his qilgan odam mamlakat qoHinlariga qat`iy amal qiladi, qonunlarning har bandida xalqning iroda sini ko`radi. Shu bois haqiqiy fuqarolik hissi bilan yashagan odam o`z xalqi va Vataniga nisbatan qiiingan nohaqlikka aslo chidab turolmaydi. Fuqaro so`zi Vatanning chin farzandi, fidoyi inson ma`nolarini ham anglatadi. Insoniyat tarixida o`z fuqarolik burchini o`z hayotining
ma`no-mazmuni deb bilgan^ om Vataniga munosib bo`lish yo`lida qahramonlik ko`rsatgan zotlar ko`p bo`lgan. Buni jasur ajdodlarimiz
hayoti misolida yaqqol ko`rish mumkin. Masalan, 1865-yilning aprel oyida Toshkent shahri uchun bo`lgan janglarda qahramon ota-bobo-
larimiz har bir ko`cha, har bir xonadon uchun jang qiladilar. Lekin, shunga qaramay, general Chernyayev boshliq chor qo`shinlari katta
kuch, qolaversa, hiyia-nayrang bilan Toshkentni ishg`ol etadi. Bunday bosqinchilik dunyo hamjamiyatida turli noroziliklar uyg`otadi. Chernya-
yev Rossiyaga nisbatan ana shunday munosabatlarni yumshatish uchun Toshkentning nufuzH oqsoqollarini to`plab, ular bilan nomiga sulh
tuzmoqchi bo`ladi. Chernyayev tomonidan takhf qiiingan «sulh» majburiy va adolatsiz sulh edi. Shuning uchun ham Toshkentning ko`zga ko`ringan obro`li kishilaridan bo`lgan Solihbek dodho1 hech o`ylanib o`tirmay, bu «sulh»ga qo`l qo`yishdan bosh tortadi. Shunda Chernyayev g`azabga to`lib,
«Yana kim bu hujjatga qo`l qo`yishni istamasa, bu tomonga o`tsin», deb Solihbek dodho turgair tarafni ko`rsatadi. Bir necha kishi o`sha
tomonga o`tadi. Chernyayev darhol ularni hibsga olishga buyruq beradi. Solihbek dodho va uning tarafdorlari Sibirga surgun qilinadi. Lekin
ularning qalbidagi Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`usini bunday qattiq jazolar so`ndirolmaydi. Siz jasur fransuz qizi Janna d`Ark haqidagi kitoblarni o`qigan, filmlarni ko`rgan bo`lishingiz mumkin. Uni orleanlik qiz deb ham ataydilar. U yosh bo`lishiga qaramay, Orlean shahrini inglizlardan ozod qilishga,
taxtdan chetlashtirilgan fransuz qirolini o`z o`rniga tiklashga qaror qiladi.Uning qalbida jo`sh urgan fuqarolik hissi, vatanparvarlik tuyg`usi shunga
da`vat etadi. U akalari bilan birga yurtga sodiq insonlarga bosh bo`lib,dushmanga qarshi mardona jang qiladi va Orlean shahrini ozod etadi.
Bu jasoratli qizning xalq ichida obro`-e`tibori ortib borayotganidan sarosimaga tushgan yov lashkarboshilari va mutaassib din peshvolari
uni jodugarlikda ayblab, cherkov nomidan sud qШb, o`tda yondirishadi.Janna d`Arkning buyuk jasorati siz yaxshi biladigan To`maris momo-
mizning qahramonligiga o`xshab ketadi. Bu misoUar, millati, till va dinidan qat`i nazar, dunyodagi barcha imo^arning muqaddas tuyg`ulari o`zaro o`xshash ekanini ko`rsatadi.Fuqarolik hissi bilan yashash hamisha ongli va faol harakat qilishni,shaxsiy manfaatlarni Vatan va xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Fuqarolik hissiga ega bo`lgan odam o`z mahallasi, shaharqishlog`i, mamlakatining taqdiriga befarq bo`lolmaydi. Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, hamisha elim deb, yurtim deb yashaydi.Fuqarolik davlat, jamiyat va inson o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ham katta ahamiyatga ega. Davlat o`z zimmasiga fuqarolarning haq-huquqlari, hayotining daxlsizligini ta`minlash bo`yicha muayyan majburiyatlarni oladi. Shuningdek, fuqarolar ham davlatga xizmat qilish, uning mustaqilligi, moddiy va ma`naviy boyliklarini himoya qilish Ibo`yicha tegishli majburiyatlarga ega bo`ladi. Bizning yurtimiz farzandlarini O`zbekiston fuqarosi bo`lishdek sharafli va mas`uliyatli tuyg`u birlashtirib turadi. Biz O`zbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o`zgarishlarda o`zimizning hissamiz borligini doimo his qilamiz. Bu esa bizni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga, Vatanimizning fidoyi farzandi, ongli fuqarosi bo`lishga da`vat etadi.Buni bilib oling. Ongli fuqaro nafaqat o`z manfaati yoki o`zi
mansub boigan guruh, toifa manfaatini, balki xalq va Vatan manfaatini ko`zlab yashaydigan fuqarodir.Bugungi kunda biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati awalo ongli fuqarolarga tayanadi. Ongli fuqaro o`z kuchi va imkoniyatlariga ishonib harakat qiladi. Ongli fuqaro bo`lish uchun inson yoshlikdan ko`p o`qishi, irodasini tarbiyalab borishi lozim. Masalan, katta bo`lib, yurtimizda o`tadigan saylovlarda faol ishtirok etsangiz, jamoat ishlarida faol qatnashsangiz, qonun talablarim` qat`iy ado etsangiz, ongli fuqarolik fazilatlarini namoyon etgan bo`lasiz.
IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
O`z Vatanining fuqarosi bo`lish nima uchun insonga g`urur-iftixor bag`ishlaydi?
Fuqarolik hissi deganda nimani tushunasiz?
Fuqarolik hissini tuyib, qahramonlik ko`rsatgan insonlardan kimlarni bilasiz?
Biz qurayotgan jamiyat nima uchun ongli fuqarolarga tayanadi?
Ongli fuqaro bo`lish uchun nima qilish zarur?
Ushbu rasmlarda tasvirlangan qaysi insonlarni ongli fuqaro dcyisli mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |