Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf



Download 429 Kb.
bet36/39
Sana29.04.2022
Hajmi429 Kb.
#593886
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
7 sinf migfanidan konspekt

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
DTS talablari: Bolalarga MIG` va MA fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 7 sinf “MIG` va MA” darsligi
2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1. Shaxs tarbiyasi
2. Kishi odobining shakllanishida u yashaydigan muhitning qanday ta'siri
3. Xalqimizning «Odobni odobsizdan o'rgan» degan iborasini
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash
1.Sa’nat tushunchasi?
2.San’atning turlari ,
3.Xaykaltaroshlik qay tariqa shakllanadi?
4.O’zbekistonda shakllanayotgan sa’natlar haqida?
5. O’zbekistonda san’atning shakllanishida o’zbek xalqining madaniyati haqida?
III. Yangi mavzuning bayoni.
Hurmatli o‘quvchi, insonning shakllanishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo‘lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Chunki oilani bekorga jamiyatning kichik ko‘rinishi demaydilar. Xuddi jamiyatda bo‘lgani singari unda ham o‘zining boshlig‘i, shuningdek, uning izmi va ko‘rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a’zolari bo‘ladi. Dono, tadbirkor, uzoqni ko‘ra biladigan rahbardan jamiyat taraqqiyotini boshqarish talab etilsa, oila kattalari ham o‘z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoliga shunchalik mas’uldirlar.Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi.U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Prezidentimiz «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida barkamol avlod tarbiyasida oila muhiti nihoyatda katta o‘rin tutishini inobatga olib, mazkur masalaga yurtdoshlarimiz diqqatini alohida jalb etadi: «Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni muddao bo‘lur edi».O‘quvchilar, biz Yurtboshimiz asaridagi «oiladagi ma’naviy iqlim» degan iboraga alohida diqqatingizni tortmoqchimiz. Chunki bu ibora inson ruhiyatining, qalbining to‘g‘ri shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydigan muhitni anglatadi. Ayni iqlimning qanday bo‘lishi yosh nasllarning, demakki, ertangi kun egalarining qanday odamlar bo‘lib yetishishini belgilaydi. Agar tabiatdagi iqlimga qiyosan aytadigan bo‘lsak, oila iqlimidagi sovuqlik uning bag‘rida yosh nihollarning unib-o‘sishiga yo‘l qo‘ymasa, chang-to‘zonlar oila a’zolari ko‘zini ochirmaydi, emin-erkin nafas olishini cheklaydi. Va aksincha, ayni iqlimdagi iliqlik, yorug‘lik, xush havo bu oilada kechagina dunyoga kelgan go‘dakdan tortib keksalargacha – barchasining bahri dili yayrab hayot kechirishiga garov bo‘ladi.Endi oila iqlimini o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish masalasiga to‘xtalaylik. Bilamizki, oilaning sog‘lom asosi turmush quradigan yigit va qizning bir-biriga munosib ekani bilan qo‘yiladi. Bo‘lajak ota-onaning sog‘ligi, nasl-nasabi, dunyoqarashi, axloqiy tushunchalarining o‘zaro mosligi, ularning turmush qurishga har tomonlama tayyorligi oilaning mustahkamligi, tinch-farovon hayoti, farzand tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.Sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘g‘il uylantirishda kelin tanlashdan tortib farzandlarni tarbiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlarga shaxsan o‘zi jiddiy e’tibor bergani bejiz emas, albatta. Chunki har qanday davlatning qudrati – sog‘lom fikrli, bilimli, xalq va Vatan taqdiri uchun jonini tikishga tayyor farzandlarning ko‘pligi bilan o‘lchanadi. Qolaversa, biz mansub bo‘lgan Sharq xalqlarida oila sha’ni va obro‘sini saqlash, uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish oilaning har bir a’zosi uchun ham farz, ham qarz sanaladi. Oila – muqaddas dargoh degani quruq gap bo‘lmay, balki uning zamirida mana shu muqaddaslikni ta’minlash, oila sha’niga gard yuqtirmaslikdek ma’nolar yotadi.Siz ham hozirdan bilib olmog‘ingiz kerakki, turmush qurishga chog‘langan yigit va qizning o‘zaro roziligi, hurmati va muhabbati zaminiga qurilgan oila mustahkam bo‘ladi. Shunday nikoh asosida dunyoga kelgan farzandning baxti ham barqarordir. Farzand – oilaning orzu-umidi, er-xotin o‘rtasidagi mehr rishtalarini qattiqroq bog‘lovchi ulug‘ ne’mat. Hayotning mazmuni, achchiq yoxud chuchuk bo‘lishi farzand bilan. Xalqimizning «Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor», «Bolalilar bosh bo‘lar, bolasizlar yosh bo‘lar», «Bola – er-xotin tilmochi», «Odobli o‘g‘il – ko‘kdagi yulduz, odobli qiz – yoqadagi qunduz» kabi ko‘plab maqollarini ming yillik hayotiy tajribalar mevasi desak, aslo xato bo‘lmaydi.Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy muhit, xushmuomalalik bolaning bexavotir, sog‘lom tug‘ilishiga garovdir. Mutaxassis-shifokorlarning fikricha, homilador ayolning kayfiyati yaxshi, asablari tinch, iste’mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo‘lishi kerak. Bu gaplarning sizga ham bevosita aloqasi borligini sezib turgandirsiz. Chunki siz yashaydigan oilada ham kamida bitta kelinoyi bor, to‘g‘rimi? Uning oilangizning yangi a’zosi sifatida bu yerdagi muhitga o‘rganib ketishi oson kechmasligini ham yaxshi his qilsangiz kerak. Shunday ekan, kelinoyingizga har tomonlama ko‘maklashish, uning kundalik yumushlarida dalda bo‘lish sizning ham qo‘lingizdan keladi. Ayniqsa, u tug‘ilajak jiyaningizga homilador bo‘lib, yurishga, yumush bajarishga qiynalib qolganida, sizning yordamingiz juda asqatadi. Masalan, kir yuvmoqchi bo‘lganida chelakda suv tashib bersangiz, hovlining u ulgurmagan qismini supurib qo‘ysangiz, xullas, ozgina bo‘lsa ham qo‘lidan ishini olsangiz, uning ko‘ngli qanchalar ko‘tariladi!Bilsangiz, homilador ayollar tansiq narsalar yegisi kelib qoladi. Balki u o‘rik shoxidagi dovuchchadir, biror tuzlamadir yoki karsillagan olmadir.

Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish