Oltin
E…Qo’yinglar, nima qilasiz,
Siz bularni …axir bilasiz.
Alyuminiy
Metallarda janjal chiqsa metallmasmiz,
Metallmaslar janjallashsa metallarmiz.
Tinchliksevar avlodlari – amfotermiz,
Qo’shilmaslik odatimiz, shunday dermiz:
Betarafmiz, bizlar betaraf
Betarafga bo’sin shon-sharaf!
Uglerod
Kelishaylik do’stlar unda,
Kimlar botir, kimlar nochor.
Bir qarashda bilolmasmiz.
Kimning qanday xislati bor!
Elementlar
(Shosha - pisha baravariga)
Xo’sh, taklifing,
Tez aytaqol.
Vodorod_Men_boshlayman,_Qilolmam,_toqat!_Elementlar'>Uglerod
Taklif shuki har bir element,
Xossalarin shu yerda aytsin.
O’quvchilar eshitsin barin.
Aytaylik so’ng kimlar zo’rligin
Norozilar bo’lmasa kerak?
(Sukunat)
(So’zida davom etadi)
Juda ham soz!
Demak, bunday
Metall, metallmas
Bo’lib safga tuzilib oling.
(Elementlar Uglerod aytgandek safga tizilib turishadi. Bir chetda turga amfoter elementlar bularga qo’shilmaydi)
Uglerod
(Ularni yana bir karra ko’zdan kechirib olgach)
Kim boshlaydi, bormi azamat?
Vodorod
Men boshlayman,
Qilolmam, toqat!
Elementlar
(Hayron bo’lib)
Nega endi sen?
Bizlar nechun turibmiz bunda?
Vodorod
(Beparvo)
Eh, nodonlar
Aytishim shartmi?
Men jadvalda axir birinchi,
Turishimni nahot bilmaysiz?!
Vodorod
( o’quvchilarga qarab)
Mening nomim nimadi do’stlar?
( Qo’lidagi formulasini ko’rsatadi)
(O‘quvchilar tamonidan “Vodorod”, “Vodorod” degan ovozlar eshitiladi)
Vodorod
(Quvonib)
Juda to’g’ri,
Rahmat sizlarga.
Xo’sh, aytingchi
Kimdir meni kashf etga olim?
( o’quvchilar vodorodni kashf etga olimni aytishadi).
Vodorod
(Hayron bo’lib)
-Voajab, bu o’quvchilar bilag’on ekan-ku. Mayli, shunday bo’lsa ham mana bu elementlar ham bilib qo’yishsin. Sizlar ham eshitinglar.
Men barchadan kuchliman axir,
Nomim doim birinchi turar.
Hatto ulkan bitta guruppa,
Bilasngizlar izmimda yurar.
Ikki akam bordir mening ham,
Izotopim boshqacha aytsam.
Men havodan yengilman ancha,
Xossalarim…o qancha – qancha…
Kislorodla biriksam agar,
Portlash sodir bo’lishi muqarrar!
Tajribada ehtiyot bo’ling,
Hohlasangiz bir sinab ko’ring!
Quyosh mening asl vatanim,
Yulduzlarchi, oh jonu tanim.
Yerda kamroq uchrayman ammo,
Ko’pdir mening birikmalarim!
Gazda, neftda ham toshko’mirda
Borligimni yaxshi bilasiz.
Azotli birikmamdan-chi
Hushingizga darrov kelasiz.
Kislorodla yonib gohida,
Metallarni eritgan ham men.
Metallmaslar bilan birikib,
Turli modda hosil etganman.
Kislotalar menla boshlanar,
Sanoatda kerakdir ular.
Ha, aytganday sedan chiqibdi
Oksidim bor ataladi SUV.
Yerning 2/3 qismini
Bosib olgan bilasizlar u!
Oltin
(Vodorodni mensimay turib)
Hoy, hoy, oshna juda maqtanding.
To’xta endi, navbat ber menga
Bilasanmi men axir kimman?!
(Vodorod jo’rttaga indamaydi)
Indamaysan. Demak bilmaysan.
Do'stlaringiz bilan baham: |